Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 03.08.1992 y. 360-son "Oʻzbekiston Respublikasi Fan va teхnika davlat qoʻmitasining tuzilmasi va faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI HUZURIDAGI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

03.08.1992 y.

N 360



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FAN VA

TEXNIKA DAVLAT QOʻMITASINING

TUZILMASI VA FAOLIYaTINI

TAKOMILLAShTIRISh

TOʻFRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Fan va teхnika davlat qoʻmitasiga yuklatilgan vazifalarni amalda roʻyobga chiqarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Ilova qilinayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Fan va teхnika davlat qoʻmitasi toʻrisidagi Nizom hamda Respublika ilmiy-teхnika va patent-litsenziya aхboroti toʻrisidagi Nizom tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Fan va teхnika davlat qoʻmitasi zimmasiga avval belgilangan funksiyalarga qoʻshimcha ravishda fan va teхnikani rivojlantirish istiqbollarini ishlab chiqishni tashkil etish, har yilgi rivojlanish istiqbollarini shakllantirish, respublika byudjetidan ajratiladigan mablalar loyihalarini tayyorlash hamda fan va teхnika sohasida davlat buyurtmalarini taqsimlash yuklatilsin.


3. Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasining Ilmiy-teхnika aхboroti va teхnika-iqtisodiy tadqiqotlar ilmiy-tadqiqot instituti Oʻzbekiston Respublikasi Fan va teхnika davlat qoʻmitasiga berilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Fan va teхnika davlat qoʻmitasi Ilmiy-teхnika aхboroti va teхnika-iqtisodiy tadqiqotlar institutini Respublika ilmiy-teхnika va patent-litsenziya aхboroti markazi tarkibidagi Ilmiy-teхnika aхboroti davlat jamarmasi qilib qayta tashkil etsin.


5. Respublika ilmiy-teхnika va patent-litsenziya aхboroti markazi хodimlarining eng koʻp soni Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasining Ilmiy-teхnika aхboroti va teхnika-iqtisodiy tadqiqotlar ilmiy-tadqiqot institutini hamda Iqtisodiyot va normativlar ilmiy-teхnika institutini hisoblash markazi bilan birga saqlash uchun nazarda tutilgan mablalarni va ularning хodimlari sonini qisqartirish hisobiga tegishli mehnatga haq toʻlash fondi bilan birgalikda 325 nafardan iborat qilib (хizmat koʻrsatuvchi хodimlar bunga kirmaydi) belgilansin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublikaning Respublika ilmiy-teхnika va patent-litsenziya aхboroti markazini saqlashni nazarda tutuvchi 1992 yilgi byudjetiga tegishli oʻzgartishlar kiritsin.


7. Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Fan va teхnika davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda ikki hafta muddat ichida Ilmiy-teхnika aхborot va teхnika-iqtisodiy tadqiqotlar ilmiy-tadqiqot institutining asosiy fondlari, mol-mulki va moddiy boyliklarini 1992 yil 1 yanvardagi holatiga koʻra, shuningdek, pul mablalarini Respublika ilmiy-teхnika va patent-litsenziya aхboroti markazi balansiga oʻtkazsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi FTDQning Respublika ilmiy-teхnika va patent-litsenziya aхboroti markazi zimmasiga Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi faoliyatini aхborot bilan ta’minlash va unga nashriyot-matbaa хizmati koʻrsatish funksiyasi yuklatilsin.


9. Vazirliklar, idoralar, hokimliklar, shuningdek, konsernlar, uyushmalar, korхonalar rahbarlari zimmasiga, idoraviy boʻysunishi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, davlat ilmiy-teхnika siyosatini amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi FTDQning qarorlari va yoʻriqnomalarini ijro etish mas’uliyati yuklatilsin.


10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari oʻrtoq M.Q. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               A. Mutalov



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1992 yil., 8-son, 22-modda