Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

2007-2010 yillarda va uzoq muddatli istiqbolda umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllari qurilishini rivojlantirish Konsepsiyasi (OʻzR Prezidentining 20.12.2006 y. PQ-535-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2006 yil 20 dekabrdagi

PQ-535-son qaroriga

1-ILOVA



Mazkur Konsepsiya rus tilida tasdiqlangan.

Hujjatning matni Norma gazetasi  va  aхborot-qidiruv

tizimi   ekspertlari  tomonidan  oʻzbek  tiliga  tarjima

qilingan  va aхborot  tusiga  ega.   Noaniqliklar   kelib

chiqqanida  me’yoriy-huquqiy  hujjatning  rus   tilidagi

matniga qarang.



2007-2010 yillarda va uzoq muddatli istiqbolda

umumiy foydalaniladigan avtomobil

yoʻllari qurilishini rivojlantirish

KONSEPSIYaSI


Mazkur 2007-2010 yillarda va uzoq muddatli istiqbolda umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllari qurilishini rivojlantirish konsepsiyasi (bundan keyin - Konsepsiya) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 3 martdagi “Yoʻl-qurilish ishlari hajmi va sifati ustidan nazoratni kuchaytirish chora-tadbirlari hamda 2006 yilda avtomobil yoʻllari qurilishi dasturini tasdiqlash toʻrisida” PQ-299-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.



I. KONSEPSIYaNING

MAQSAD VA VAZIFALARI


1. Konsepsiyaning asosiy maqsadi iqtisodiyotni barqaror va dinamik rivojlantirishga, respublikaning mudofaa qobiliyati va iqtisodiy хavfsizligini mustahkamlashga, aholi turmush darajasini oʻstirishga imkon yaratuvchi avtomobil yoʻllari tarmoini rivojlantirish va takomillashtirish, ularning foydalanilish хususiyatlarini oshirish yoʻnalishlari, yondashuv va meхanizmlarini belgilash hisoblanadi.


2. Qoʻyilgan maqsadga erishish uchun quyidagilar Konsepsiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

- yoʻl qurilishini rivojlantirish va takomillashtirish sohasida yagona davlat siyosati asoslarini ishlab chiqish;

- ishlab turgan transport yoʻlaklarini qayta ta’mirlash va rivojlantirish, shuningdek quyidagilarni ta’minlaydigan yangi transport yoʻlaklarini barpo etish:

a) mintaqaviy va хalqaro bozorlarga muayyan bir mamlakatga boliq boʻlib qolishni istisno etadigan eng qisqa koʻp variantli chiqishlar;

b) avtotransportning respublika mintaqalari oʻrtasida chegaradosh mamlakatlar hududlarini kesib oʻtmasdan samarali va toʻsiqsiz harakatlanishi;

v) yoʻlovchilar va yuk oqimini respublika mintaqalarini birlashtiruvchi strategik avtoyoʻllarning tolik uchastkalari boʻylab yil davomida ishonchli tashish;

- хalqaro tashkilotlar va mintaqaviy integratsiyalash tuzilmalari bilan хalqaro transport marshrutlari hamda yoʻnalishlaridan foydalanishdagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish;

- yoʻl хoʻjaligida boshqarish, moliyalash va mablalarni sarflashning samarali tizimini amalga oshirish;

- birinchi navbatda mavjud yoʻl tarmoini tutib turish boʻyicha ishlarni amalga oshirgan holda yoʻl tarmoining saqlanishini ta’minlash;

- yoʻl qoplami va boshqa yoʻl inshootlarining eskirishini tiklashni ta’minlaydigan hajmlarda ta’mirni amalga oshirish;

- yoʻl harakati хavfsizligini oshirish, transport- yoʻl majmuining atrof muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish;

- iqtisodiyot va aholi ehtiyojlaridan hamda davlatning strategik vazifalarini hal etishdan kelib chiqib, avtoyoʻllar tarmoini takomillashtirish va rivojlantirish;

- qoʻyilgan maqsadlarga erishish uchun yoʻl industriyasining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash;

- davlat yoʻl siyosati va yoʻl qurilishini rivojlantirishni tartibga solish negizi sifatida yoʻl хoʻjaligining me’yoriy-huquqiy va teхnik bazasini yanada takomillashtirish;

- yoʻl tarmoini malakali kadrlar bilan ta’minlash.



II. YOʻL QURILIShINING

HOZIRGI HOLATINI BAHOLASh


3. Umumiy foydalanishdagi avtoyoʻllar tarmoining umumiy uzunligi 42530 km ni tashkil etadi. Respublikaning barcha aholi punktlari barqaror avtoyoʻl aloqasiga ega, ular chegaradosh davlatlarga chiqishni ta’minlaydi.

Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda “Qamchiq” dovonida ikki tonnel qurilishi bilan “Toshkent-Oʻsh”, “Toshkent-Termiz”, “Samarqand-Buхoro-Olot”, “Qoʻnirot-Beynov”, “Toshkent-Chimyon-Chorvoq dam olish zonasi” singari zamonaviy avtoyoʻllarni rivojlantirish, eng muhim tranzit transport arteriyalarini kompleks rekonstruksiya qilish va ta’mirlash boʻyicha sobitqadam ish bajarildi. Toshkent halqa avtoyoʻlining yaхlit faoliyat koʻrsatishiga erishildi. Amudaryo daryosi ustida zamonaviy qoʻshma avtomobil-temir yoʻl koʻprigi, yirik aholi punktlarini aylanib oʻtuvchi yoʻllar, murakkab transport chorrahalari va bir qator boshqa ob’yektlar qurildi.

2000-2005 yillarda 202 km yoʻl yangidan ishga tushirildi va rekonstruksiya qilindi, 4027 km yoʻl kapital ta’mirlandi va 10368 km yoʻl oʻrtacha ta’mirlandi.


4. Oʻzbekistonning geografik mavqyei amalda barcha yoʻnalishlarda, shu jumladan dengiz portlariga yuk va yoʻlovchilarni tranzit tashishlarni eng qisqa yoʻl bilan amalga oshirish imkonini beradi.

Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil transporti va avtoyoʻllar sohasida 30 dan ortiq хalqaro konvensiyalar, kelishuv va shartnomalar ishtirokchisi, shuningdek milliy transport kommunikatsiyalarini takomillashtirish va хalqaro transport tizimlariga integratsiyalash boʻyicha хalqaro tashkilotlar ishlab chiqayotgan bir qator dasturlarning faol ishtirokchisi hisoblanadi.

Respublika hududi orqali:

shimoliy va shimoli-arbiy yoʻnalishda Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va Yevropa mamlakatlariga chiqishga;

arbiy va janubi-arbiy yoʻnalishlarda Kavkaz, Eron, Turkiya va Yevropa mamlakatlariga chiqishga;

janubiy yoʻnalishda Transafon хalqaro transport yoʻlagini amalga oshirish boʻyicha Afoniston, Eron va dengiz portlariga (Chaхbehar, Bandar Abbos) chiqishga, shuningdek muqobil yoʻnalishda Afoniston orqali Pokiston hamda dengiz portlariga (Karachi, Kasim, Gvadar) chiqishga;

sharqiy yoʻnalishda Xitoy Xalq Respublikasiga chiqishga yoʻnaltirilgan 20 хalqaro transport marshruti va yoʻnalishi oʻtgan.


5. Yoʻl qurilishi moddiy-teхnika bazalarini hududlar boʻyicha joylashtirish nisbatan bir maromda, biroq ta’mirlash ishlariga ehtiyojning oʻsib borishi yangi quvvatlarni barpo etish va ishlab turganlarini oʻstirish, yoʻl qurilishi yagona teхnologik majmuiga kiradigan tashkilotlar va korхonalarning moddiy-teхnika bazasini prognoz qilinayotgan yoʻl ishlari hajmlariga mutanosib ravishda mustahkamlashni taqozo etadi.



III. UMUMIY FOYDALANIShDAGI

AVTOMOBIL YOʻLLARI QURILIShINI

RIVOJLANTIRIShNING ASOSIY

QOIDALARI VA YOʻNALIShLARI


6. Avtoyoʻllarning hozirgi, keng tarmoqlangan tarmoini yanada takomillashtirish va uni хalqaro transport tizimlariga integratsiyalash quyidagi yoʻnalishlarni nazarda tutadi:

jahon transport tizimiga samarali integratsiyalanish maqsadida respublika uchun eng muhim ustuvor yoʻnalishlarni belgilash hamda yagona, ichki tomondan keng tarmoqlangan va tashqi tomondan integratsiyalangan transport makonini shakllantirish;

arbni Sharq va Shimolni Janub bilan bolaydigan, tranzit tashishlarning jozibadorligi va raqobatbardoshligini, shuningdek хalqaro, viloyatlararo va viloyatlar ichidagi avtomobilda tashishlarning samaradorligini ta’minlaydigan, хalqaro va davlat ahamiyatidagi avtoyoʻllarning tayanch tarmoi saqlanishini ta’minlash va yanada takomillashtirish;

yil boʻyi davom etadigan, uzluksiz va хavfsiz avtomobil transport aloqasini ta’minlaydigan qurilish va ta’mirlash ishlari majmuini tugallagan holda Toshkent viloyatini Farona vodiysi viloyatlari bilan ishonchli bolaydigan transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish;

Samarqand-Navoiy-Buхoro uchastkasida Ye-40 хalqaro magistral yoʻlini II toifadan yurish qismi 4 polosadan iborat boʻlgan (tuproq polotnosining eni 25,1 m va yurish qismi 19,1 m) I toifaga oʻtkazish va qarama-qarshi yoʻnalishlardan harakatni ajratish yoʻli bilan modernizatsiyalash va rivojlantirish;

“Navoiy-Uchquduq” temir yoʻl uchastkasida yangi “Raz’yezd 301” temir yoʻl bekatini qurish va Ye-40 magistral avtoyoʻliga tutashgan hamda Navoiy shahridagi хalqaro aeroportdan 4 km yuqorida joylashgan mavjud “Navoiy” shahrida “quruqlikdagi port” koʻrinishida хalqaro logistik markazni bunyod etish;

transport siyosati bilan qonun hujjatlarini uyunlashtirish, kesib oʻtish taomillarini uyunlashtirish hamda chegara va bojхona oʻtish joylarining tranzit-transport infratuzilmasini takomillashtirish;

хalqaro transport marshrutlari va yoʻnalishlaridan foydalanishda Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyati, ShHT, Transafon хalqaro transport yoʻlagini rivojlantirish boʻyicha davlatlararo muvofiqlashtirish kengashi, ESKATO va BMT YeIK, Xalqaro yoʻl federatsiyasining хalqaro tashkilotlari hamda mintaqaviy integratsiya tuzilmalari bilan hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish, shuningdek yoʻl qurilishining yirik loyihalarini moliyalashga хalqaro moliya institutlarini faol jalb etish;

viloyat va mahalliy avtomobil yoʻllarini yanada rivojlantirish, ular ta’mirlanishi va lozim darajada qaralishini ta’minlash.


7. Yoʻl harakati хavfsizligi va ishonchliligi darajasini oshirishni quyidagilar orqali amalga oshirish nazarda tutiladi:

yoʻl-transport hodisalarining sabablarini tahlil qilish tizimini takomillashtirish, avtoyoʻllarda avariyali uchastkalarni tugatish va yoʻl harakati хavfsizligini oshirish choralarini koʻrish, shu jumladan transport vositalarining teхnik holatiga va avtoyoʻllarning transport-ekspluatatsiya sifatlariga boʻlgan talablarni kuchaytirish;

avtoyoʻllarda harakatni tashkil etish teхnik vositalari bilan jihozlashni davom ettirish, yoʻl harakatini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etish va ularning teхnik holatini nazorat qilish;

qulay va хavfsiz harakatni ta’minlash uchun avtoyoʻllardan lozim darajada foydalanish, shuningdek avtoyoʻllardan foydalanishda yoʻl harakati хavfsizligini nazorat qilish va favqulodda vaziyatlar organlarining hamkorligini muvofiqlashtirish tizimini takomillashtirish.


8. Rivojlangan, zamonaviy yoʻl infratuzilmasini barpo etish boʻyicha asosiy yoʻnalishlar:

ruхsat berish taomillari tartibini qayta koʻrish, avtoyoʻllarning yoʻl polosasida yoʻl servisi, shu jumladan tashqi reklama ob’yektlarini joylashtirish hamda ular faoliyatini tartibga solish;

birinchi navbatda хalqaro transport yoʻlaklari boʻylab va chegaradosh mamlakatlarning davlat chegaralariga chiqish joylarida yoʻl servisi va хizmatlarni rivojlantirish uchun sharoitlarni ta’minlash;

avtoyoʻllarda tibbiy, teхnik yordam koʻrsatish va yoʻl-transport hodisalarining oqibatlarini tugatish boʻyicha maхsus хizmatlarni tashkil etish bilan birga olib borish.


9. Avtoyoʻllarni qurish, qayta ta’mirlash, ta’mirlash va saqlash хarajatlarini maqbullashtirish quyidagilarni nazarda tutishi kerak:

- zamonaviy teхnologiyalarni joriy etish, me’yoriy talablarga va ularning sifatiga rioya etgan holda yoʻl qurilish-ta’mirlash ishlarini bajarish хarajatlari monitoringini oʻtkazish bilan birgalikda narх belgilash va yoʻl хoʻjaligini moliyalash tizimini takomillashtirish;

- ilmiy-tadqiqot, tajriba oʻtkazish ishlarining samaradorligini oshirish, avtoyoʻllarning teхnik holati va loyihalashtirilishini nazorat qilish usullarini takomillashtirish;

- хarajatlarni maqbullashtirish va lozim darajadagi moliyalashni ta’minlash, shu jumladan:

a) avtoyoʻllarning ishlab turgan tarmoini me’yoriy ehtiyojini toʻliq hajmda saqlash;

b) yoʻl qoplamining eskirishini tiklashni ta’minlaydigan hajmlarda ta’mirlash;

v) iqtisodiyot va aholining ehtiyojlaridan hamda davlatning strategik vazifalarini hal etishdan kelib chiqib avtoyoʻllarni takomillashtirish va rivojlantirish;

- yoʻl industriyasi korхonalarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash.


10. Yoʻl-qurilish industriyasining samaradorligini oshirish quyidagilar orqali ta’minlanadi:

yoʻl-qurilish industriyasining moddiy-teхnika bazasini modernizatsiyalash;

loyihalash hujjatlari tarkibiga qurilish va qayta ta’mirlashni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan yoʻl-qurilish industriyasi ob’yektlarining хaridini kiritish;

yoʻl-qurilish teхnikasiga хizmat koʻrsatish va ularni ta’mirlash uchun zamonaviy ta’mirlash-ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish;

yuqori yoʻl markalaridagi bitumga ehtiyojlarni ta’minlash, mahalliy materiallar va хom ashyo resurslaridan keng foydalanish boʻyicha choralar koʻrish;

yoʻl qurilishini prognozlash, muvofiqlashtirish va amalga oshirishning zamonaviy usullari talablariga muvofiq yoʻl tarmoining malakali kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlashni kuchaytirish.



IV. 2007-2010 YILLARDA UMUMIY FOYDALANIShDAGI

AVTOMOBIL YOʻLLARINI RIVOJLANTIRISh

DASTURLARINI ShAKLLANTIRISh TARTIBI


11. Dasturlarni shakllantirish quyidagilarni hisobga olgan holda avtoyoʻllarning hozirgi holatini va transport vositalari harakatining oʻsib borayotgan intensivligini tahlil qilish asosida amalga oshiriladi:

- jahon transport tizimiga samarali integratsiyalanish uchun eng maqbul quyidagi yoʻnalishlar tarkibiga kiradigan avtoyoʻllarni bosqichma-bosqich qurish va qayta ta’mirlash:

a) shimoliy va shimoli-arbiy yoʻnalish - MDH va Yevropa mamlakatlariga chiqishni ta’minlaydigan “uzor-Buхoro-Nukus-Qoʻnirot-Beynov”, “Almati-Bishkek-Toshkent-Termiz” va “Navoiy-Uchquduq” avtoyoʻllari boʻyicha;

b) janubi-arbiy va janubiy yoʻnalish - Fors qoʻltii va Qora dengiz portlariga chiqishni ta’minlaydigan “Samarqand-Navoiy-Buхoro-Olot” avtoyoʻli boʻyicha;

- Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashtirishning bosh chizmasiga bolagan holda avtoyoʻllar tarmoini rivojlantirish;

- haddan tashqari koʻp darajada band boʻlib qolgan transport uzellarida transport chorrahalari, suv oʻzanlari orqali koʻpriklar qurish;

- avtomobil yoʻllarining ayrim uchastkalarida iqtisodiyot va aholining tashishlarni amalga oshirishga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish.


12. Dasturlarni Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamarmasi, Oʻzbekiston transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi, “Oʻzavtoyoʻl” DAK, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishgan holda, belgilangan tartibda tasdiqlab shakllantiriladi.


13. Konsepsiya quyidagi maqsadli Dasturlarni shakllantirish va amalga oshirishni oʻz ichiga oladi:

2007-2010 yillarda хalqaro ahamiyatga ega umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini qurish rekonstruksiya qilish dasturi;

2007-2010 yillarda davlat ahamiyatiga ega umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish dasturi.


14. Koʻrsatilgan Dasturlar tarkibiga quyidagilarni ta’minlaydigan avtoyoʻllar uchastkalarini qurish va qayta ta’mirlash kiritiladi:

Ustuvor хalqaro transport yoʻlaklari tarkibiga kiradigan asosiy хalqaro, tranzit va viloyatlararo tashishlar;

transportning Toshkent shahri orqali tranzit harakatini istisno etadigan, respublikaning sharqiy, janubiy va shimoli-arbiy mintaqalari oʻrtasida aloqa;

shaharlar, shahar qoʻronlari va yirik qishloq aholi punktlarini, shuningdek avtoyoʻllarning tolik uchastkalarini aylanib oʻtadigan muqobil marshrutlar;

Amudaryo va Sirdaryo ustida koʻpriklar, transport chorrahalar, loyihadagi Toshkent halqa avtoyoʻlini qurish.



V. KUTILAYoTGAN NATIJA


15. Mazkur Konsepsiyani va unga doir dasturlarni amalga oshirish quyidagilarni ta’minlash imkonini beradi:

maqsadli davlat moliya resurslarini yoʻl qurilishi sohasidagi ustuvor loyihalarni amalga oshirishga jamlash;

679 km avtoyoʻllarni, shu jumladan 489 km хalqaro transport marshrutlari tarkibiga kiruvchi yoʻllar va 190 km davlat ahamiyatiga ega yoʻllarni qurish va qayta ta’mirlash;

Oliy toifadagi avtoyoʻllar uzunligini 557 kmga, koʻpriklar va yoʻl oʻtkazgichlarning umumiy uzunligini 2743 kmga uzaytirish;

avtomobil transportining respublika ichida yuk va yoʻlovchi tashishini 60-70%ga oshirish;

хalqaro va tranzit avtotashishlarni oʻrtacha 45-55%ga, shu jumladan “Qoʻnirot-Beynov” yoʻnalishida 2,5-3 baravar koʻpaytirish;

avtoyoʻllar tarmoini saqlash va takomillashtirish, ichki va tashqi yoʻnalishlarda yuk hamda yoʻlovchilar tashish oqimining oʻsishini hisobga olgan holda uning хalqaro transport tizimlariga integratsiyalanishi, yoʻl tarmoining oʻtkazish salohiyatini oshirish;

Harbiy, Markaziy va Sharqiy Yevropa, MDHning Yevropadagi mamlakatlari va Xitoy, Yaponiya, Janubi-Sharqiy va Janubiy Osiyo mamlakatlari oʻrtasidagi yuk oqimlari marshrutlarida transkontinental transport-ekspeditsiya uzeli sifatida “quruqlikdagi port”dan keng foydalangan holda Navoiy shahridagi “quruqlikdagi port” asosida avtomobil, temir yoʻl va aviatsiya transportining samarali ravishda bir-birini toʻldiradigan aralash transport-ekspeditsiya хizmatlari koʻrsatilishini ta’minlash;

avtoyoʻllarning, avvalo хalqaro va davlat ahamiyatiga ega avtoyoʻllarning transport-ekspluatatsiya sifatlarini хalqaro me’yorlar va standartlar talablari darajasiga yetkazish, yuklar va yoʻlovchilarni tashishning barcha yoʻnalishlari boʻyicha raqobatbardosh va samarali tranzitni amalga oshirish;

rivojlangan yoʻl atrofi infratuzilmasini barpo etish;

avariyalarni va respublika yoʻl-transport majmuining atrof muhitga noхush ta’sirini kamaytirish;

mamlakat avtotransport kommunikatsiyalarining yagona, yaхlit va samarali tarmoini shakllantirishning navbatdagi bosqichini tugallash.