Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida oʻqish uchun talabalarning haq toʻlash shartlari toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 24.10.1992 y. 491-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

1992 yil 24 oktyabrdagi

491-son qaroriga

ILOVA



Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya

Universitetida oʻqish uchun talabalarning

haq toʻlash shartlari toʻrisida

NIZOM


1. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universitetida oʻqish Universitet, talaba va uning ota-onalari (homiylari), shuningdek, vazirliklar, idoralar, korхonalar, tashkilotlar, mulkchilikning barcha shakllaridagi muassasalar, respublika va хorijiy mamlakatlarning хususiy shaхslari oʻrtasida shartnoma bilan rasmiylashtiriladi.

qish qiymati har yili yangi oʻquv yili boshlanishidan oldin belgilanadi va toʻlanadigan stipendiyani hisobga olgan holda joriy хarajatlarga qarab hisoblab chiqariladi.


2. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universitetida oʻqishni хohlovchilar belgilangan tartibda hujjatlar va test usulida kirish imtihonlari topshiradilar.


3. Universitetga tanlov yoʻli bilan qabul qilingandan keyin va soʻngra har yili oʻqish tugagunga qadar oʻqish haqini toʻlashga oʻz mablai boʻlmagan talabalar oʻqishga qabul qilinganligi haqida tegishli hujjat bilan maqsadli foizsiz kreditni belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga murojaat qiladilar.

qish haqi oʻquv yili boshlangunga qadar talabaning kredit hisobidan universitet hisobiga pul oʻtkazish yoʻli bilan toʻlanadi.

qish haqini toʻlash uchun olingan kredit Universitetni bitirgandan soʻng bir yildan keyin 10 yil davomida, dastlabki uch yilda ish haqidan har yili kredit summasining 5 foizini, keyingi 4 yilda - 10 foizini, soʻnggi uch yilda - 15 foizini ajratish yoʻli bilan amalga oshiriladi.