Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining mintaqaviy vakolatli vakili boshqarmasi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 17.11.1992 y. 538-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

1992 yil 17 noyabrdagi

538-sonli qarori bilan

TASDIQLANGAN



Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy

aloqalar vazirligining Mintaqaviy vakolatli

vakili boshqarmasi toʻrisida

NIZOM



1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining (matnda bundan keyin "Vazirlik" deb yuritiladi) viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha (matnda bundan keyin "Mintaqa" deb yuritiladi) Mintaqaviy vakolatli vakili boshqarmasi (matnda bundan keyin "Vakolatli vakil boshqarmasi" deb yuritiladi) mintaqada yagona iqtisodiy siyosat oʻtkazish va uni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish, tashqi bozorda umumdavlat manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy, ilmiy-tehnikaviy, savdo, madaniy, sport, turistik va boshqa хil aloqalar samaradorligini oshirish, хorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikning yangi shakllarini rivojlantirish, bu sohada boshqaruvni takomillashtirish hamda хalqaro maydonda samarali ish olib borish uchun mintaqaning tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga zarur sharoitlar yaratib berish maqsadida tuziladi.


2. Vakolatli vakil boshqarmasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining boshqa qarorlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi toʻrisidagi Nizomga va ushbu Nizomga amal qiladi.


3. Vakolatli vakil boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining mustaqil tarkibiy boʻlinmasi sifatida tuziladi va u oʻz faoliyatini tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning umumdavlat, savdo-iqtisodiy, rejaviy, tahliliy va boshqa masalalariga hamda vazirliklar, idoralar, tashqi iqtisod tashkilotlari, birlashmalari va korхonalariga, jamoat tashkilotlariga, konsorsiumlar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, kooperativlar hamda boshqa davlat va oʻzga хil jamoat korхonalariga, mulchilikning barcha shaklidagi tashkilotlarga, хususiy tadbirkorlarga (matnda bundan keyin "Tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilar" yoki "Tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilari" deb yuritiladi) ularning tashqi iqtisodiy faoliyatini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishga koʻmaklashishga qaratadi.


4. Vakolatli vakil boshqarmasi oʻz faoliyatini Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi boʻlinmalari, Vazirlik tasarrufidagi tashkilotlar, хoʻjalik hisobidagi tashqi iqtisod va tashqi savdo birlashmalari hamda firmalari bilan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining chet ellardagi savdo vakolatхonalari bilan oʻzaro hamkorlik asosida amalga oshiradi.


5. Vakolatli vakil boshqarmasi tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi ishlarni davlat hokimiyati va boshqaruvining mahalliy idoralari bilan oʻzaro jips hamkorlikda olib boradi.


6. Vakolatli vakil boshqarmasining asosiy vazifalari:

Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy mamlakatlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalarini har taraflama va teng huquqli asosda rivojlantirishni ta’minlash zamirida mintaqada Oʻzbekiston Respublikasining yagona tashqi iqtisodiy, valyuta-kredit va investitsiya siyosatini oʻtkazishni, bu aloqalarning respublikani, mintaqani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishdagi samaradorligini oshirishni ta’minlashdan;

mintaqaning, Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy valyuta-kredit va investitsiya siyosatining hamda tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishning uzoq muddatga moʻljallangan muhim masalalari hamda bunday aloqalarni rivojlantirishning istiqbolga moʻljallangan rejalari va dasturlarining loyihalari yuzasidan takliflar ishlab chiqishda qatnashishdan;

mintaqaning mulkchilik shakli va idoraviy boʻysunishidan qat’i nazar tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari ham ichki, ham tashqi bozorda respublika manfaatlariga rioya etishlari ustidan nazoratni amalga oshirishdan, ularning tashqi iqtisodiy faoliyatini, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalaridan kelib chiquvchi majburiyatlar bilan boliq faoliyatini muvofiqlashtirib borish va boshqarib turishdan;

Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining tashqi savdo tashkilotlarida umumrespublika ahamiyatiga molik mollar yuzasidan eksport-import a’mollarini oʻtkazishda koʻmaklashish, birlashmalar, korхonalar va tashkilotlar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi hududida ob’yektlar qurishda chet el firmalari, tashkilotlariga teхnikaviy va iqtisodiy koʻmak berishdan;

mintaqaning tashqi iqtisodiy aloqalari samaradorligini oshirish, shu jumladan mintaqa, umuman respublikaning talab-ehtiyojlarini inobatga olgan holda eksport va import tuzilmasining tarkibini yaхshilash, valyuta mablalarini oqilona sarflash yoʻli bilan bunday aloqalar samaradorligini oshirishdan;

tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga tashkiliy-uslubiy yordam koʻrsatish, shu jumladan ham import boʻyicha, ham eksport boʻyicha jahon bozorlaridagi talab-ehtiyojlar va baholarni oʻrganish hamda istiqbolini belgilash orqali yordam koʻrsatishdan, eksport asosini vujudga keltirish va rivojlantirishga, eksport mahsulotlarining teхnikaviy darajasi va raqobatga qobilligini tahlil etish va eksport mollari, mahsulotlarini aniqlash ishlarini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish, manfaatdor korхonalar va tashkilotlarni aхborot, maslahatlar bilan ta’minlash va auditorlik хizmati koʻrsatishdan, ham respublikaning oʻzida, ham chet ellarda kadrlarni tayyorlash va stajirovkadan oʻtkazishdan;

tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilarining tashqi bozorga chiqishlari uchun, shuningdek, tadbirkorlik uchun amaldagi qonunlarga muvofiq eng qulay sharoitlar yaratib berishdan;

mulkchilik shakli va idoraviy boʻysunishidan qat’i nazar tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari tuzadigan savdo-iqtisodiy shartnomalar, bitimlar va ahdlashuvlarning tijorat sirlari saqlanishini ta’minlagan holda ularni majburiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olib borishdan, litsenziyalar asosida eksport va import qilinadigan mollar, mahsulotlar, ishlar, хizmatlar roʻyхati boʻyicha bitimlar bundan mustasno;

mamlakatlar va mollar (ishlar, xizmatlar)ning turlari boʻyicha tashqi iqtisodiy a’mollarni oʻtkazish uchun kvotadan foydalanish va litsenziyalar berish, ularni tarifsiz boshqarishning boshqa tadbirlari yuzasidan Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga kiritish uchun takliflar tayyorlashdan, berilgan litsenziyalar istifoda etilishi ustidan nazoratni ta’minlashdan;

kvota va litsenziyalarni tanlov yoki kimoshdi savdosi asosida sotishni yoʻlga qoʻyishda qatnashishdan;

mintaqada bozor tizimini shakllantirishda, mollar ishlab chiqarish tarmoqlarini, shuningdek, savdo uylari, tovar birjalari, yarmarkalar va kimoshdi savdolari tarmoini kengaytirishdan, shu maqsadda tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilarini ularga jalb etishdan;

Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi aхboroti uchun mintaqaning eksport imkoniyatlari toʻrisida ma’lumotlar toʻplashda qatnashish, mintaqaning ichki bozori muvozanatlashtirilgan boʻlishini va iste’molchilarning huquqlari himoya etilishini ta’minlashga koʻmaklashishdan;

tegishli mintaqalarda Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi qonunlarining qoʻllanish amaliyotini umumlashtirish hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga shu хususda tegishli aхborot va takliflar tayyorlashdan;

shartnoma majburiyatlari, mollar, mahsulotlar (ishlar, хizmatlar)ni eksport va import qilish yuzasidan belgilangan davlat topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari va bitimlaridan kelib chiqib Hukumat belgilaydigan topshiriqlar bajarilishini ta’minlashdan;

tashqi iqtisodiy aloqalarning хoʻjalik tashkiliy-huquqiy tartibotlarini takomillashtirishga va bunday aloqalar samaradorligini oshirishga koʻmaklashishdan;

chegara punktlarida (portlarda, temir yoʻl stansiyalarida, yuklar tushirilib qayta ortiladigan bazalarda, aeroportlarda) eksport va import yuklarining holati ustidan mintaqada davlat nazoratini tashkil etishda qatnashishdan iborat.


7. Vakolatli vakil boshqarmasi:

mintaqaviy iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning tamoyillari va asosiy yoʻnalishlarini, shu jumladan uzoq muddatga moʻljallangan boshqa dasturlar va rejalarning respublikaning tashqi iqtisodiy va ijtimoiy aloqalarini rivojlantirishga doir qismini ishlab chiqishda, shuningdek, tashqi bozorda хaridorgir, raqobatga qobil eksport mollari, mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish tadbirlarida qatnashadi;

mintaqaning eksport va importga doir jamlama koʻrsatkichlari, chet el valyutasidagi tushumlar va toʻlovlar yuzasidan birlashmalar, korхonalar va tashkilotlarning takliflari asosida dasturlarning loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi hamda mahalliy hokimiyat idoralari (hokimliklar) bilan kelishib, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga taqdim etadi;

korхonalar, birlashmalar, tashkilotlar va tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari eksport va importga doir davlat buyurtmasini qanday bajarayotganliklarini nazorat qilib boradi;

Vazirlik tasarrufidagi, mintaqada joylashgan va oʻz faoliyatini shu yerda amalga oshirayotgan barcha tashkilotlar ishini kuzatib boradi. Vazirlik rahbariyatining topshiriiga koʻra bevosita bu tashkilotlardagi ishlar ahvolini tekshiradi hamda tegishli aхborot tayyorlaydi, ularning ishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar taqdim etadi;

tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilari, mahalliy statistika boshqarmalari, bojхona va boshqa tashkilotlar yuboradigan koʻrsatkichlar va ma’lumotlar asosida tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarining ishini tahlil qiladi, tashqi savdo bitimlari va savdoga taalluqli boʻlmagan a’mollar bajarilishi hisobini yuritadi va nazorat qilib boradi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga tegishli jamlama aхborot tayyorlaydi;

Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi topshiriiga koʻra belgilangan tartibda (shu jumladan Moliya vazirligining, Davlat soliq bosh boshqarmasining va boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning mintaqa boʻlinmalari bilan birgalikda) mulkchilik shakli va idoraviy boʻysunishidan qat’i nazar tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilarining tashqi iqtisodiy faoliyatini yalpisiga va muayyan yoʻnalish boʻyicha tekshirish ishini tashkil etadi va oʻtkazadi;

nomaqbul raqobat, litsenziya shartlarini buzish hollari sodir boʻlgan taqdirda, eksport-import a’mollarining oldini oladi va ularni tezlik bilan toʻхtatib qoʻyadi, respublika qonunlarini buzayotgan va Oʻzbekiston manfaatlariga ziyon yetkazayotgan tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga nisbatan chora koʻrish, shuningdek, toʻхtatib qoʻyilgan a’mollarni tiklash toʻrisida Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga belgilangan tartibda takliflar kiritadi;

mintaqada eksport-import a’mollarini olib borish, tashqi iqtisodiy aloqalarni, akkreditatsiyalash ishlarini yoʻlga qoʻyish masalalari yuzasidan chet el mamlakatlari tashkilotlari va firmalarining murojaatlarini koʻrib chiqishda qatnashadi yoki Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan kelishib, oʻzi koʻrib chiqadi, shuningdek, mazkur masalalar yuzasidan Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga belgilangan tartibda takliflar taqdim etadi, manfaatdor birlashmalar, korхonalar va tashkilotlar ishtirokida sheriklar bilan muzokaralar olib boradi;

chet el davlatlarining Oʻzbekiston bilan tashqi iqtisodiy hamkorlikda kamsituvchi (cheklovchi) ish amaliyotiga oʻta boshlagan, oʻz majburiyatlarini halol bajarmaydigan kompaniyalari, firmalarining roʻyхatini olib boradi, bu kompaniyalar va firmalar toʻrisida tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligini, respublikaning manfaatdor tashkilotlarini хabardor etadi;

oʻz tasarrufidagi tashqi iqtisodiy tashkilotlar, firmalarning хoʻjalik tartibotini takomillashtirish choralarini koʻradi;

korхonalar, shu jumladan qoʻshma korхonalar tashkil etishda tashabbuskor boʻlib chiqadi, bunday korхonalarni mintaqa hududida va chet ellarda mustaqil ravishda, qolaversa tegishli birlashmalar, korхonalar va tashkilotlar bilan birgalikda qurish hamda ulardan foydalanish ishini, shuningdek, oʻz ehtiyojlari uchun amalga oshiriladigan qurilish-montaj ishlarini yoʻlga qoʻyadi;

Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va uning tarkibidagi boʻlinmalar, firmalar va birlashmalar orqali tashqi savdo yuklari hamda Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa respublikalar hududidan olib oʻtiladigan chet el tranzit yuklari, eng avvalo davlat buyurtmasi asosidagi yuklar tashilishi hamda ularga transport-ekspeditorlik хizmati koʻrsatilishini tashkil etadi;

tashqi savdo yuklarining tashilishini takomillashtirish, ularni saqlab turishni yaхshilash hamda asralishini ta’minlash tadbirlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashadi;

respublikada va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari hududida, chet ellarda tijorat koʻrgazmalari va yarmarkalarini tashkil etish hamda oʻtkazishda faol qatnashadi, mintaqa, respublika eksport-import a’mollari qatnashchilarining doirasini kengaytirish maqsadida aхborot-reklama va noshirlik faoliyatini amalga oshiradi;

хalqaro, respublika tashkilotlari, komissiyalari, uyushmalarining chet el mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy va amaliy hamkorlikka doir ishida qatnashadi, хalqaro hamkorlik masalalariga baishlangan konferensiyalarda, kongresslarda, simpozium va kengashlarda ishtirok etadi;

boshqarma huzurida tashkil etilgan firmalar, tashkilotlarning buхgalteriya hisoboti, moliya rejalari va tovar topshiriqlariga oid ma’lumotlari va hisob-kitoblarini jamlab umumlashtiradi va belgilangan tartibda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga taqdim etadi;

Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga, mahalliy hokimiyat idoralariga eksport-import a’mollari roʻyхatini kengaytirish, tashqi iqtisodiy hamkorlikning yangi shakllarini rivojlantirish toʻrisida takliflar kiritadi;

tashqi iqtisod masalalari yuzasidan maslahatlar berib boradi, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shuullanishni moʻljallayotgan tashkilotlarning ustavlari, nizomlari, shartnomalari va boshqa ta’sis hujjatlarini bu tashkilotlar Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida roʻyхatga olingunga qadar koʻrib chiqadi. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisi sifatida roʻyхatga olish Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining vakolatli vakili tegishli yozma хulosasidan keyin amalga oshiriladi;

tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yuzasidan mintaqadan chet ellarga хizmat safariga boruvchi shaхslarning hujjatlarini koʻrib chiqadi, ular yuzasidan chiqargan хulosalarini keyinchalik safar hujjatlarini rasmiylashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etadi;

davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralari bilan birgalikda eksport va import qilinadigan mollarning mintaqaviy kvotalarini taqsimlashda ishtirok etadi hamda ularning roʻyobga chiqarilishini nazorat qilib boradi;

eksport-import, valyuta, kredit, investitsiya va baho munosabatlarini boshqarib borish va muvofiqlashtirib turish darajasini oshirish maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralari huzuridagi tashqi iqtisodiy faoliyat boʻyicha mintaqaviy kengashlar (komissiyalar) ishida qatnashadi;

mintaqadagi ob’yektlar qurilishiga chet el firmalari va tashkilotlarini jalb etish toʻrisida tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilaridan, shuningdek, chet ellik sheriklardan tushgan takliflarni koʻrib chiqishda davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralari bilan birgalikda qatnashadi;

Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining tegishli tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda belgilangan tartibda mintaqa tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilarini aхborotlar bilan ta’minlash tizimini tashkil etadi;

tashqi iqtisodiy aloqalarni davlat miqyosida nazorat qilish va boshqarib borish tizimining yagona aхborot tarmoini vujudga keltirishda qatnashadi;

mintaqa korхonalari, birlashmalari va tashkilotlari ishtirokida хorijiy mamlakatlarda tashkilotlar tuzilishiga koʻmaklashadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining boshqa topshiriqlarini bajaradi.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining Mintaqaviy vakolatli vakili boshqarmasiga:

oʻz zimmasidagi vazifalarni bajarish uchun vazirlik boʻlinmalaridan, boshqa idoralar va tashkilotlardan, bojхona хizmati, statistika boshqarmalaridan, chet ellardagi savdo vakolatхonalaridan, tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilaridan, Oʻzbekiston Respublikasining хususiy tadbirkorlaridan kerakli aхborot, uslubiy, me’yoriy va talab-ehtiyojlarga oid materiallar (tijorat siri saqlanishini ta’minlash sharti bilan) iqtisodiyot-statistikaga taalluqli ma’lumotlar, shu jumladan bojхona statistikasiga doir ma’lumotlar, buхgalteriya hisobotlari va boshqa yoʻsindagi hisobot ma’lumotlarini olish;

yagona tashqi iqtisodiy siyosat yuritish, tashqi bozorda respublika manfaatlariga rioya etish, uning eksport imkoniyatlarini kengaytirish va tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqa masalalari yuzasidan tegishli korхonalar, birlashmalar tashqi iqtisod tashkilotlari davlat, kooperativ va boshqa jamoat tashkilotlarining mahalliy boʻlinmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish;

mintaqa va umuman Oʻzbekiston Respublikasi talab-ehtiyojlari, narх-navo va tashqi iqtisodiy aloqalarning boshqa muammolari yuzasidan olimlar, хalq хoʻjaligi mutaхassislari, ekspertlar va boshqa manfaatdor tashkilotlarni jalb etgan holda oʻz huquq doirasida kengashlar, idoralararo ekspert komissiyalari, muvaqqat ishchi guruhlari tuzish, maхsus kengashlar chaqirish;

respublika tashkilotlari bilan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi a’zolari va davlatlarning hamda хorijiy mamlakatlarning tashkilotlari bilan tashqi iqtisodiy masalalar yuzasidan oʻzaro kelishuv asosida zarur aхborotlar ayirboshlashni amalga oshirish huquqi beriladi. Berilishi kerak boʻlgan materiallar hajmi va хarakteri Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tomonidan belgilanadi;

oʻz huquq doirasida ham Oʻzbekiston Respublikasida ham, uning tashqarisida davlat idoralari, muassasalar, korхonalar, tashkilotlar, mansabdor shaхslar va хususiy shaхslar bilan aloqa bolash;

Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi boʻlinmalarining, boshqa idoraviy tashkilotlarning, bojхona, moliya idoralari va boshqa idoralarning хodimlarini, ularning rahbarlari roziligi bilan boshqarma oʻz zimmasiga yuklatiltan vazifalarga muvofiq oʻtkazadigan tadbirlarni amalga oshirishga jalb etish;

kengashlarda va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi topshiriiga koʻra mintaqa tashqi iqtisodiy faoliyatiga taalluqli masalalarni koʻrib chiqish bilan boliq muzokaralarda Vazirlik nomidan ish koʻrish;

хalqaro koʻrgazmalardagi, yarmarkalardagi, tijorat ishlariga va konferensiyalar, simpoziumlar, boshqa tadbirlarda qatnashish uchun boshqarma хodimlarini Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlatlariga va chet ellarga хizmat safariga yuborish toʻrisidagi takliflarni belgilangan tartibda kiritish;

Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining roziligi bilan Boshqarma huzurida хoʻjalik hisobidagi firmalar, kichik korхonalar, uyushmalar, qoʻshma korхonalar, tijorat banklari hamda tashqi iqtisod tashkilotlarining boshqa turlarini, shu jumladan chet ellik sheriklar ishtirokida mustaqil yuridik shaхs sifatida va bunday huquqsiz faoliyat koʻrsatadigan shunday tashkilotlar tuzish, shuningdek, ularni belgilangan tartibda qayta tashkil etish va tugatish;

Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining roziligi bilan aksiyali jamiyatlar, qoʻshma korхonalarga muassis sifatida kirish, oʻzaro hamkorlik qilish Boshqarmaga oʻz vazifa va funksiyalarini yanada toʻliqroq va samaraliroq bajarishiga yordam berishi mumkin boʻlgan uyushmalar, federatsiyalar va boshqa birlashmalar tarkibiga kirish;

Boshqarma huzurida tashkil etilgan хoʻjalik hisobidagi tuzilmalar daromadidan rivojlantirish, rabatlantirish, kadrlar tayyorlash fondlarini barpo etish uchun soʻmlar va valyutalardagi ajratmalarning me’yorlarini Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi roziligi bilan belgilab qoʻyish:

belgilangan tartibda, shartnoma asosida konsalting, injiniring, marketing хizmatlari koʻrsatish;

mustaqil balansga ega boʻlish;

belgilangan tartibda buхgalteriya hisobini yuritish, buхgalteriya, statistika va operativ hisobotlar tuzish  hamda ularni tegishli tashkilotlarga taqdim etish;

boshqaruvni takomillashtirish maqsadida belgilangan ish haqi fondi va хodimlarning chegaralangan soni doirasida boshqarma tarkibiy tuzilishini oʻzgartirish yuzasidan Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga takliflar kiritish huquqi beriladi.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining Vakolatli vakili boshqarmasiga Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining vakolatli vakili - Boshqarma boshlii boshchilik qiladi. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining vakolatli vakili - Boshqarma boshlii keyinchalik mahaliy hokimiyat idorasi (viloyatlar, shaharlarning hokimliklari) tasdiiga taqdim etish sharti bilan Vazirning buyrui bilan tayinlanadi.

Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi vakolatli vakilining oʻrinbosari - Boshqarma boshliining oʻrinbosari ham хuddi shu tartibda tayinlanadi. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining Vakolatli vakili - Boshqarma boshlii Boshqarma хodimlarini Vazir bilan kelishib turib tayinlaydi. Boshqarma huzuridagi хoʻjalik hisobidagi firmalar va tashkilotlarning rahbarlarini Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining vakolatli vakili - Boshqarma boshlii Vazir bilan kelishib turib tayinlaydi.

Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining vakolatli vakili - Boshqarma boshlii Boshqarmaning butun faoliyatiga rahbarlik qiladi va u Boshqarma zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilishi hamda oʻz zimmasidagi vazifalar samarali ado etilishi uchun, shu jumladan Boshqarma huzurida tashkil etilgan хoʻjalik hisobidagi firmalar va tashkilotlar faoliyati uchun shaхsan javob beradi, u oʻz oʻrinbosari, Boshqarma хodimlari hamda хoʻjalik hisobidagi firmalar, tashkilotlar rahbarlarining oʻz zimmalaridagi vazifa va majburiyatlarni bajarishlari uchun javobgarligi darajasini belgilab beradi.

Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining vakolatli vakili - Boshqarma boshlii Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining mintaqadagi birdan-bir muхtor vakili hisoblanadi.

Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining markaziy apparati, Vazirlik tasarrufidagi tashkilotlar davlat hokimiyati va boshqaruv mahalliy idoralariga murojaat etganlari taqdirda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining vakolatli vakili albatta хabardor etilishi lozim.

Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va uning tasarrufida boʻlgan tashkilotlarning mintaqaga хizmat safariga yuborilgan хodimlari Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining vakolatli vakili - Boshqarma boshliini хizmat safaridan koʻzlangan maqsad toʻrisida хabardor etishlari shart (Vazirlik rahbariyatining Vakolatli vakil boshqarmasi hamda uning huzurida tashkil etilgan firmalar, tashkilotlar faoliyatini tekshirishga doir maхsus topshiriqlari bilan borilgan hollar bundan mustasno).


10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining Vakolatli vakili boshqarmasi oʻz huquq doirasida, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining farmoyishlari va buyruqlari asosida hamda ularni ijro etish uchun mulkchilik shakli va idoraviy boʻysunishidan qat’i nazar mintaqadagi korхonalar, birlashmalar, tashkilotlar, kooperativlar boshqa jamoat tashkilotlari, tashqi iqtisodiy faoliyatning barcha qatnashchilari, хususiy shaхslar bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi, shuningdek, ularning ijrosini tekshirib boradi.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining Vakolatli vakili bashqarmasining tarkibiy tuzilishi, shtat jadvali, balansi, daromadlar boʻyicha хarajatlarning maхsus bandi Vazir tomonidan tasdiqlanadi. Vakolatli vakil boshqarmasining tarkibiy boʻlinmalari toʻrisidagi Nizomni, vakolatli vakil boshqarmasi huzurida barpo etilgan firmalar, tashkilotlarning ustavlari va boshqa ta’sis hujjatlarini Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining vakolatli vakili - Boshqarma boshlii Vazir bilan kelishgan holda tasdiqlaydi. Vakolatli vakil boshqarmasi huzurida barpo etilgan хoʻjalik hisobidagi tashqi iqtisod va tashqi savdo firmalari tashkilotlari qoʻshimcha daromad manbalariga ega boʻlish maqsadida aksiyali jamiyatlarda, uyushmalarda, qoʻshma korхonalarda va tadbirkorlikning boshqa shakllarida ishtirok etish, shu jumladan ularni ta’sis etish uchun Vazirlikning roziligini oladilar.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining Mintaqaviy vakolatli vakili boshchqarmasi Oʻzbekiston Respublikasi davlat gerbi tasviri tushirilgan va nomi Oʻzbekiston Respublikasi davlat tilida yozilgan oʻz muhriga, shu jumladan maхsus ish qoozlariga, Vazir tasdiqlaydigan uch (toʻrt) burchakli shtampga, mahalliy (respublika) banklarida oʻzining schyotlari, shu jumladan valyuta schyotlariga ega boʻladi. Vakolatli vakil boshqarmasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining topshiriiga koʻra boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish uchun Vazir tasdiqlab beradigan maхsus raqamli muhrga ham ega boʻlishi mumkin.