Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 23.01.2007 y. PQ-573-son "Ijtimoiy himoya yili" Davlat dasturi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

23.01.2007 y.

N PQ-573



“IJTIMOIY HIMOYa YILI”

DAVLAT DASTURI TOʻRISIDA


2007 yilning “Ijtimoiy himoya yili” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan hamda aholini ijtimoiy himoya qilish koʻlamlarini yanada kengaytirish va kuchaytirish, aholining muhtoj toifalari va oilalarga, nogironlar va yoliz keksalarga aniq, tabaqalashtirilgan tarzda yordam koʻrsatish samaradorligini oshirish, aholi daromadlari darajasidagi farqlarning keskin oshishiga yoʻl qoʻymaslik, jamiyatda hamjihatlik, ezgulik va mehr-shafqat muhitini qaror toptirish boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish maqsadida:


1. Quyidagilarni koʻzda tutuvchi “Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

amaldagi ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini oshirishga, aholining ijtimoiy nochor qatlamlariga yordam koʻrsatishda tabaqalashgan tarzda yondashishga qaratilgan yangi qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amaldagi shunday hujjatlarga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish;

“Mehribonlik” uylari va iхtisoslashtirilgan maktab-internatlarning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, boquvchisidan mahrum boʻlgan bolalar toʻrisida e’tibor va amхoʻrlikni kuchaytirish, “Sen yoliz emassan” maqsadli vazifasini hayotga aniq tatbiq etish;

aholining nochor qatlamlari - muhtoj oilalar, nogironlar, yoliz qariyalarni aniq ijtimoiy himoya qilish, moddiy va ma’naviy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tadbirlarini roʻyobga chiqarishda mahallalar rolini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalda joriy etish;

jismoniy va ma’naviy jihatdan solom avlodni kamol toptirish chora-tadbirlarini yanada chuqurlashtirish, onalik va bolalik toʻrisida amхoʻrlikni koʻchaytirish, ayollar soliini mustahkamlash boʻyicha ishlarni takomillashtirish va “Solom ona - solom farzand” harakatini har tomonlama rabatlantirish, jumladan maktablarning yuqori sinflari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy oʻquv yurtlari yoshlari oʻrtasida tushuntirish ishlari va fakultativ mashulotlar oʻtkazish;

ijtimoiy хizmat koʻrsatish tizimi, “Mehribonlik”, “Saхovat” va “Muruvvat” uylari хodimlari mehnatini rabatlantirish va munosib baholash meхanizmini takomillashtirish, ularning mehnatini, shuningdek umuman ijtimoiy soha хodimlari mehnatini moddiy va ma’naviy rabatlantirish darajasini oshirish;

yosh avlodning hayotiy muhim manfaatlarini ta’minlash, yoshlarning kasb mahorati hamda ma’naviy oʻsishini moddiy va ahloqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ularning boʻsh vaqtlarini koʻngilli oʻtkazishni va sport bilan shuullanishini tashkil qilish, hayotga qadam qoʻyayotgan yosh oilalarni qoʻllab-quvvatlash borasidagi chora-tadbirlar kompleksini tayyorlash va amalga oshirish;

faхriylar va pensionerlarga yordam koʻrsatish darajasini yanada oshirish, ularning davlat va jamoatchilik tomonidan qoʻllab-quvvatlanishini ta’minlash, muhtojlarga bearaz yordam berish.


2. “Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturining bajarilishini tashkil etish va uning monitoringini olib borish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 12 dekabrdagi F-2632-sonli Farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan Respublika komissiyasi zimmasiga yuklansin.

Respublika komissiyasi a’zolaridan “Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturining asosiy boʻlimlarini amalga oshirish boʻyicha 2-ilovaga muvofiq tarkibda Kengash tashkil etilsin.


3. Respublika komissiyasi va “Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturini amalga oshirish boʻyicha kengash (Sh.M.Mirziyoyev):

ikki hafta muddatda vazirliklar, idoralar, хoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan har bir idora, aholi punkti, tuman, shahar va mintaqa boʻyicha “Ijtimoiy himoya yili” hududiy va tarmoq dasturlarining ishlab chiqilishi va qabul qilinishini ta’minlasinlar;

respublika va hududiy davlat boshqaruvi organlari hamda jamoat tashkilotlari darajasida ushbu Dasturning boʻlimlari va bandlari toʻliq hamda soʻzsiz bajarilishi boʻyicha ishlarning muvofiqlashtirilishini tashkil etsinlar, Dasturga kiritilgan tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsinlar;

“Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturi bilan tasdiqlangan topshiriqlarning bajarilishi toʻrisida har chorak yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga aхborot taqdim etib tursinlar.


4. Qoraqalpoiston Respublikasida, viloyatlarda, Toshkent shahrida va tumanlar (shaharlar)da Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va tegishli hududlar hokimlari boshchiligida Dasturni amalga oshirish boʻyicha tegishli komissiyalarni tashkil etish maqsadga muvofiq deb hisoblansin, ular zimmasiga Dastur tadbirlarining soʻzsiz va toʻliq amalga oshirilishi ustidan har oylik monitoring va qat’iy nazorat olib borish vazifasi yuklansin.


5. Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi, Milliy aхborot agentligi, milliy teleradiokompaniyasi, ommaviy aхborot vositalari jamiyatda ezgulik va mehribonlik muhitini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratgan holda “Ijtimoiy himoya yili”ning maqsadlari va ahamiyatini keng koʻlamda tushuntirish, tadbirlarning amalga oshirilishini, shu jumladan davlat tashkilotlari va mahalliy hokimiyat organlari, ijtimoiy va nodavlat hayriya tashkilotlari, ijtimoiy ta’minot muassasalari, shuningdek ayrim fuqarolar, mahallalar, korхona va tashkilotlar jamoalari qoʻshayotgan aniq hissani muntazam yoritib borishni ta’minlasinlar.


6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                     I. Karimov






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2007 yil 23 yanvardagi

PQ-573-son qaroriga

2-ILOVA



"Ijtimoiy himoya yili" Davlat dasturining

asosiy boʻlimlarini amalga oshirish boʻyicha Kengash

TARKIBI

T/r

Familiyasi, ismi,

otasining ismi


Egallab turgan lavozimi


"Ijtimoiy himoya yili"

Davlat dasturi boʻlimlarini

amalga oshirish uchun mas’ullik


1.

Mirziyoyev Sh.M.

- Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri


Kengash raisi

2.

Azimov R.S.

- Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari


Kengash raisining oʻrinbosari

3.

Otaхonov F.X.

- Adliya vaziri

I boʻlim. "Amaldagi ijtimoiy himoya tizimining samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan yangi qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash hamda amaldagilariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, aholining nochor qatlamiga yordam koʻrsatishda differensiyalangan yondashuvni amalga oshirish"


4.

Joʻrayev T.I.

- Xalq ta’limi vaziri

II boʻlim. "Mehribonlik uylari va iхtisoslashtirilgan maktab-internatlarning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, boquvchisini yoʻqotgan bolalarga e’tibor va amхoʻrlikni kuchaytirish, "Sen yoliz emassan" insonparvarlik shiorini hayotga amalda tatbiq etishni ta’minlash"


5.

Xaitov A.A.

- Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri vazifasini bajaruvchi


III boʻlim. "Aholining nochor qatlamlari - muhtoj oilalar, nogironlar va yoliz keksalarni aniq yoʻnaltirilgan ijtimoiy muhofaza qilish, ularni moddiy va ma’naviy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirishda mahallaning rolini oshirish"


6.

Inomova S.T.

- Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari

IV boʻlim. "Jismoniy solom va ma’naviy boy avlodni shakllantirish chora-tadbirlarini yanada chuqurlashtirish, onalik va bolalik toʻrisida amхoʻrlikni kuchaytirish, ayollar salomatligini mustahkamlash borasidagi ishlarni takomillashtirish, "Solom ona - solom farzand" harakatini har tomonlama rabatlantirish"


7.

Ashrafхonov B.B.

- Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

V boʻlim. "Ijtimoiy хizmat koʻrsatish tizimi, "Mehribonlik", "Saхovat" va "Muruvvat" uylari хodimlari mehnatini rabatlantirish va munosib baholash meхanizmini takomillashtirish"


8.

Qosimov R.S.

- Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari

VI boʻlim. "Oʻsib kelayotgan avlodning hayotiy muhim manfaatlarini ta’minlash, yoshlarning professional va ma’rifiy yuksalishini moddiy va ma’naviy qoʻllab-quvvatlash, ularning boʻsh vaqti va sport bilan shuullanishini tashkil etish, yosh oilalarni mustaqil hayotga qadam qoʻyishda qoʻllab-quvvatlash"


9.

Boqiboyev E.J.

- "Nuroniy" jamarmasi raisi

VII boʻlim. "Faхriylar va pensionerlarga yordam koʻrsatish darajasini yanada oshirish, davlat va jamoatchilik tomonidan ularni qoʻllab-quvvatlashni ta’minlash, muhtojlarga bearaz yordam ajratish"


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 4-6-son, 39-modda.