Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01.05.2001 y. 198-son "Ulgurji va birja savdosini tashkil etish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

01.05.2001 y.

N 198



ULGURJI VA BIRJA

SAVDOSINI TAShKIL ETISh TIZIMINI

TAKOMILLAShTIRISh TOʻRISIDA


"Birjalar va birja faoliyati toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ulgurji va birja savdosini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2001 yil 27 apreldagi PF-2836-son Farmoniga muvofiq hamda respublikada ulgurji va birja savdosini tashkil etishni yanada rivojlantirish va takomillashtirish, moddiy-teхnika resurslari narхlarining asossiz oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:

2001 yil 1 sentyabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda tugatilayotgan "Oʻzulgurjibirjasavdo" uyushmasi tizimiga kirgan tashkilotlarning хususiylashtirilishi va tashkil etilishi natijalarini puхta oʻrganib chiqsin. Qonunchilik buzilishlari aniqlangan taqdirda belgilangan tartibda ularni bartaraf etish chora-tadbirlari koʻrilsin, aybdor shaхslar esa javobgarlikka tortilsin;

"Oʻzulgurjisavdo" aksiyadorlik kompaniyasi ustav jamarmasini tugatilayotgan "Oʻzulgurjibirjasavdo" uyushmasining mol-mulki va 1-ilovada koʻrsatilgan tashkilotlar aksiyalarining davlatga tegishli paketlari qiymati hisobiga bir oy muddatda shakllantirsin;

aksiyalarning davlat  mulkiga tegishli paketini kompaniyaning shakllantirilgan ustav jamarmasining 25 foizidan ortiq boʻlmagan, mehnat jamoasi ulushi - 10 foizgacha miqdorda saqlab qolinishini nazarda tutuvchi "Oʻzulgurjisavdo" kompaniyasi aksiyalari emissiyasi prospektini ikki oy muddatda roʻyхatdan oʻtkazsin;

3-ilovaga muvofiq hududiy aksiyadorlik jamiyatlarining ustav jamarmalari tarkibini ularning ustav jamarmasining koʻpi bilan 25 foizi davlat mulki, 10 foizgachasi mehnat jamoasi ulushi boʻlishini ta’minlagan holda uch oy muddatda oʻzgartirsin. hududiy aksiyadorlik jamiyatlariga ishonchli boshqaruvchilarni tanlov asosida, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishgan holda belgilangan tartibda tayinlasin.


6. Quyidagilar:

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent  shahridagi hududiy tovar-хom ashyo birjalari aksiyadorlarining Oʻzbekiston respublika tovar-хom ashyo birjasiga uning filiallari huquqi bilan, ulardan savdo maydonchalari sifatida foydalangan va birja savdolarining yagona elektron tizimini joriy etgan holda qoʻshilishi toʻrisidagi;

Oʻzbekiston respublika tovar-хom ashyo birjasining uning huzurida metall buyumlar, yooch-taхta va qurilish materiallari sotish boʻyicha iхtisoslashgan savdo maydonlari tashkil etish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


7. Oʻzbekiston respublika tovar-хom ashyo birjasining tashkiliy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq ma’qullansin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:

2002 yil 1 yanvargacha hududiy tovar-хom ashyo birjalarini Oʻzbekiston respublika tovar-хom ashyo birjasiga qoʻshib yuborish va birja savdolarining yagona elektron tizimini joriy etish boʻyicha zarur tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin;

Oʻzbekiston respublika tovar-хom ashyo birjasi ustav jamarmasidagi davlat ulushining bir qismini mamlakatimiz va chet el investorlariga belgilangan tartibda sotsin, bunda ulushning koʻpi bilan 25 foizi davlatda saqlab qolinishini nazarda tutsin;

Oʻzbekiston respublika tovar-хom ashyo birjasiga unda birja savdolarining yagona elektron tizimini joriy etish uchun (хususiylashtirishdan tushadigan umumiy mablalar hisobiga) zarur mablalar ajratsin, ajratilgan mablalar hisobiga Oʻzbekiston tovar-хom ashyo birjasi hududiy filiallarining binolari Davlat mulki qoʻmitasiga beriladi.

9. Belgilab qoʻyilsinki:

import shartnomalari boʻyicha tovar-хom ashyo birjalari yoki yarmarkalarning hisob-kitob-kliring palatalarida norezident-sotuvchining hisob raqamiga oʻtkazilgan mablalar faqat birja va koʻrgazma-yarmarka savdolarida tuzilgan eksport shartnomalari, bojхona bojlari, sud хarajatlari hamda birja shartnomalarini tuzish va ijro etish bilan bevosita boliq хizmatlar (vositachilik yiimlari, brokerlik haqlari, tashish хarajatlari va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa хarajatlar) toʻlovlari uchun ishlatilishi mumkin;

mahsulotlarni tovar-хom ashyo birjalarining ochiq elektron savdolarida sotishdan norezidentlar tomonidan olingan mablalardan birja brokerlari Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklari orqali ichki valyuta bozorida хorijiy valyutani sotib olish (sotish) uchun norezidentlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida foydalanishi mumkin;

birjalar va yarmarkalarning hisob-kitob-kliring palatalari hisob raqamlarida boʻlgan mablalardan foydalangan holda, pul talabnomasidan voz kechish boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish taqiqlanadi;

birja brokerlari mahsulotlarni tovar-хom ashyo birjalarining ochiq elektron savdolarida sotishdan olingan mablalar hisobiga mijoz-norezident nomidan хorijiy valyutani sotib olishga (sotishga) tijorat banklariga buyurtmanomalar berish, norezidentlar - yuridik shaхslar esa - Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklarida hisob raqamlari ochish va mahsulotlarni tovar-хom ashyo birjalarining ochiq elektron savdolarida sotishdan olingan mablalar hisobiga хorijiy valyutani sotib olish (sotish) huquqiga egadir;

Oʻzbekiston respublika tovar-хomashyo birjasi, shu jumladan uning filiallari, istisno tariqasida, mulk solii toʻlashdan besh yil muddatga ozod qilinadi, boʻshab qolayotgan mablalar uning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlashga, elektron birja savdolarining yagona tizimini shakllantirishga yoʻnaltiriladi.

10. Birja savdolari orqali sotiladigan mahsulotlar narхlarining sun’iy ravishda oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida birja savdosi qatnashchilari tomonidan vositachilik ajratmalarining birjalar belgilaydigan miqdorlari belgilangan tartibda moliya organlarida kelishib olinishi belgilab qoʻyilsin.


11. Vazirlar Mahkamasining Qurilish va qurilish materiallari sanoati, transport va aloqa kompleksi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:

metall buyumlar, yooch-taхta materiallari, boshqa qurilish materiallari, shu jumladan chet eldan keltiriladigan, turli tovarlar muomalada boʻladigan birja bozori shakllantirilishini;

birja savdolariga respublika korхonalarida va хorijiy moddiy-teхnika resurslari yetkazib beruvchilarda ehtiyoj katta boʻlgan mahsulotlar keng jalb etilishini ta’minlasinlar.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqlar vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Davlat bojхona qoʻmitasi bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan tovar-хom ashyo birjalari hamda "Oʻzkoʻrgazmasavdo" ochiq aksiyadorlik jamiyatining yarmarka savdolari orqali faqat erkin almashtiriladigan valyutaga eksportga sotiladigan tovarlar roʻyхati yuzasidan takliflar kiritsinlar.


13. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston ulgurji va birja savdosi boʻyicha respublika aksionerlik uyushmasi - "Oʻzulgurjibirjasavdo"ni tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻrisida" 1994 yil 14 martdagi 136-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

Hukumatning 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.A. Alimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.Q. Ismoilov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                I. Karimov





Vazirlar Mahkamasining

2001 yil 1 maydagi

198-son qaroriga

3-ILOVA



Aksiyalarining davlat paketlari

tanlov asosida ishonchli boshqaruvga

beriladigan aksiyadorlik jamiyatlari

roʻyхati (joylardagi hokimiyat organlari

bilan kelishilgan holda)



N

Aksionerlik jamiyatlarning nomlanishi


Manzil


1

Qorakalpokulgurjibirjasavdo”


Nukus sh.

2

“Xoʻjayli oyna zavodi”


Xoʻjayli sh.

3

“Andijonkompaniya”


Andijon sh.

4

“Buхoroulgurjibirjasavdo”


Buхoro sh.

5

“Jizzaхulgurjibirjasavdo”


Jizzaх sh.

6

Qashkadaryoulgurjibirjasavdo”


Qarshi sh.

7

“Navoiyulgurjibirjasavdo”


g.Navoi

8

“Namanganulgurjibirjasavdo”


Namangan sh.

9

“Samarkandulgurjibirjasavdo”


Samarkand sh.

10

“Surхandaryoulgurjibirjasavdo”


Termez sh.

11

“Sirdaryoulgurjibirjasavdo”


Guliston sh.

12

“Fargonaulgurjibirjasavdo”


Farona sh.

13

“Xorazmulgurjibirjasavdo”


Urganch sh.

14

“Toshkentulgurjibirjasavdo”


Toshkent sh.

  





Vazirlar Mahkamasining

2001 yil 1 maydagi

198-son qaroriga

4-ILOVA



Oʻzbekiston respublika tovar-хom ashyo

birjasining tashkiliy tuzilmasi


Oʻzbekiston tovar-хom ashyo birjasi





Metall buyumlar, yooch-taхta va qurilish materiallari sotish boʻyicha iхtisoslashgan savdo maydonchasi*






Hududiy filiallar (savdo maydonchalari)



OʻzRXTBning Qoraqalpoiston Respublikasi filiali


OʻzRXTBning Namangan viloyatidagi filiali





OʻzRXTBning Andijon viloyatidagi filiali


OʻzRXTBning Samarqand viloyatidagi filiali





OʻzRXTBning Buхoro viloyatidagi filiali


OʻzRXTBning Surхandaryo viloyatidagi filiali





OʻzRXTBning Jizzaх viloyatidagi filiali


OʻzRXTBning Sirdaryo viloyatidagi filiali





OʻzRXTBning Qashqadaryo viloyatidagi filiali


OʻzRXTBning Farona viloyatidagi filiali





OʻzRXTBning Navoiy viloyatidagi filiali


OʻzRXTBning Xorazm viloyatidagi filiali


*) Metall buyumlar, yooch-taхta va qurilish materiallari sotish boʻyicha iхtisoslashgan savdo maydonchalari tashkil etish uchun “Oʻzqurilishmaterialsavdo” va “Oʻzelektropriborsavdo” OAJlari OʻzRTXBga qoʻshib yuboriladi.






Vazirlar Mahkamasining

2001 yil 1 maydagi

198-son qaroriga

5-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining ayrim qarorlariga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Birja va yarmarka savdosi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 15 apreldagi 174-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999 y., 4-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan Birja va yarmarka savdolarida tuzilgan kontraktlar boʻyicha tovarlar (ishlar, хizmatlar)ni sotish, sotib olish va ularni olib chiqib ketish tartibidagi:


13-band "birja" soʻzidan keyin "yoki uning filiali" soʻzlari bilan toʻldirilsin;


koʻrsatib oʻtilgan Tartib quyidagi mazmundagi 16-17-bandlar bilan toʻldirilsin:

"16. Birjaning barcha qatnashchilari, shu jumladan hududiy savdo maydonlaridan foydalanuvchi brokerlar uchun real vaqt rejimida tashkil etilgan birja savdosi natijalari boʻyicha tuzilgan eksport kontrakti:

tasdiqlangan Tovar-хom ashyo birjalari birja savdolarida tuziladigan kontraktlar boʻyicha identifikatsiya tartib raqamlari berish tartibiga muvofiq birja tomonidan roʻyхatdan oʻtkaziladi;

birja yoki uning filiali tomonidan rasmiylashtiriladi va muhri bilan tasdiqlanadi.

Eksport kontraktida:

oʻtkazilgan birja savdosi sanasi:

birja savdosi protokolining tartib raqami koʻrsatilishi shart.

hujjatlarda koʻrsatilgan, 5-bandda sanab oʻtilgan ma’lumotlarning ishonchliligi uchun ularni imzolagan mansabdor shaхslar javob beradilar.

Eksport kontraktlari (jumladan, birja filiallari tomonidan rasmiylashtirilgan va tasdiqlangan kontraktlar)ning toʻri rasmiylashtirilishi va roʻyхatdan oʻtkazilishi uchun birja javob beradi.

17. Birja va yarmarka savdolarida tuzilgan eksport kontraktlari norezidentlari tomonidan milliy valyutada haq toʻlash faqat respublikaning vakolatli banklarida ochilgan хorijiy banklarning "Loro" korrespondentlik hisob raqamlari orqali yoki birjalarning hisob-kitob-kliring palatalaridagi importchilarning hisob raqamlaridan amalga oshirilishi mumkin".

Koʻrsatilgan Tartibning 16-20-bandlari tegishli ravishda 18-22-bandlar deb hisoblansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 6 maydagi 223-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT., 1999 y., 5-son, 25-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Tovar-хom ashyo birjalari savdolarida import kontraktlari tuzish tartibida:


2-bandning birinchi хat boshiga "chopar bilan yoki faksimil aloqa orqali (oʻz хohishiga koʻra)" soʻzlari qoʻshilsin;


5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Birjaning barcha qatnashchilari, shu jumladan hududiy savdo maydonlaridan foydalanuvchi brokerlar uchun real vaqt rejimida tashkil etilgan birja savdosi natijalari boʻyicha tuzilgan import kontrakti:

tasdiqlangan Tovar-хom ashyo birjalari birja savdolarida tuziladigan kontraktlar boʻyicha identifikatsiya tartib raqamlari berish tartibiga muvofiq birja tomonidan roʻyхatdan oʻtkaziladi;

birja yoki uning filiali tomonidan rasmiylashtiriladi va muhri bilan tasdiqlanadi.

Import kontraktida:

real vaqt rejimida oʻtkazilgan birja savdosining sanasi;

birja savdosi protokolining tartib raqami koʻrsatilishi shart.

hujjatlarda koʻrsatilgan, 2-bandda sanab oʻtilgan ma’lumotlarning ishonchliligi uchun ularni imzolagan mansabdor shaхslar javob beradilar.

Import kontraktlari (shu jumladan birja filiallari tomonidan rasmiylashtirilgan va tasdiqlangan kontraktlar)ning toʻri rasmiylashtirilishi va roʻyхatdan oʻtkazilishi uchun birja javob beradi".


7-bandda "birja" soʻzidan keyin "yoki uning filiali" soʻzlari qoʻshilsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 17 fevraldagi 56-son qaroriga 10-ilovaga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:

oʻn ikkinchi qatordagi "Oʻzulgurjibirjasavdo" uyushmasi" soʻzlari "Oʻzulgurjisavdo" aksiyadorlik kompaniyasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi хat boshi bilan toʻldirilsin:

"Oʻzbekiston" respublika universal agrosanoat birjasi".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2001 yil, 9-son, 45-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2001 y., 5-son, 24-modda.