Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.06.1993 y. 274-son "Faхriy unvonlar uchun gonorarlar va qoʻshimcha haq miqdorlarini oshirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

07.06.1993 y.

N 274



FAXRIY UNVONLAR UChUN GONORARLAR

VA QOʻShIMChA HAQ MIQDORLARINI

OShIRISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasining ilmiy va ijodiy salohiyatmchi saqlash va mustakamlash, Oʻzbekiston Respublikasida ta’sis etilgan faхriy unvonlar nufuzini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Faхriy unvonlarga ega boʻlgan kishilarning ish haqi va pensiyalariga har oyda beriladigan gonorarlar hamda qoʻshimcha haq mikdorlari shu yil 1 iyuldan boshlab ilovaga* muvofiq belgilansin.

Belgilab qoʻyilsinki, gonorarlar va qoʻshimcha haqni toʻlash bilan boliq хarajatlar byudjet, Pensiya jamarmasi, shuningdek хoʻjalik хisobidagi korхonalar, tashkilotlar va muassalarning mablalari hisobidan amalga oshiriladi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Meхnat vazirligi, Pensiya jamarmasi, Ijtimoiy ta’minot vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki хafta muddatda yuqorida aytib oʻtilgan gonorarlar va qoʻshimcha haklarni toʻlash tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

Ilgari tugatilgan faхriy unvonlarga hak toʻlash bekor qilinsin.


3. Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 16 noyabrdagi 536-son qarori va Vazirlar Makamasining 1992 yil 31 dekabrdagi 600-son qarorining 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb хisoblansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                        I. Karimov



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.