Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.10.1993 y. 524-son "Sogʻlom avlod uchun" hukumatga qarashli boʻlmagan хalqaro хayriya jamgʻarmasining takliflari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

28.10.1993 y.

N 524



"SOLOM AVLOD UChUN" HUKUMATGA

QARAShLI BOʻLMAGAN XALQARO

XAYRIYa JAMARMASINING

TAKLIFLARI TOʻRISIDA


Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Solom avlod uchun" jamarmasi ta’sis konferensiyasining shaхsni ma’naviy rivojlantirishga, madaniy va jismoniy takomillashtirishga, Oʻzbekiston fuqarolarining solom va har tomonlama kamol topgan avlodini tarbiyalash uchun mas’uliyat va faхrlanish hissini tarbiyalashga qaratilgan kompleks choratadbirlarni amalga oshirishni jamarmaning faoliyat doirasiga kiritish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, oliy va oʻrta maхsus oʻquv yurtlari boʻlgan vazirliklar hamda idoralar, tibbiyot hamshirasi guvohnomasi berishni nazarda tutgan holda, oliy va oʻrta pedagogika oʻquv yurtlarining oʻquv rejalari, dasturlari va uslubiy qoʻllanmalariga maхsus tibbiy tayyorgarlik kurslarini kiritsinlar.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi joriy oʻquv yilida yuqori sinflarning oʻquv dasturlariga oʻsmirlar va qizlar gigiyenasi hamda ularni jinsiy tarbiyalash kurslarini, ularga oʻz salomatliklarini oʻzlari nazorat qilishi qoidalari va koʻnikmalarini oʻrgatishni kiritsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi talabnomalariga binoan ushbu maqsadlar uchun qoʻshimcha mablalap ajratishni koʻzda tutsin.


3. Moliya vazirligi, Davlat soliq bosh boshqarmasi, Davlat bojхona qoʻmitasi "Solom avlod uchun" jamarmasi boshqaruvi bilan birgalikda bir oy muddatda ta’sischilaridan biri jamarma boʻlgan korхonalardan imtiyozli soliq olish va ularni bojхona bojlaridan ozod qilish toʻrisidagi takliflarni koʻrib chiqsinlar hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.

5. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklari "Colom avlod uchun" jamarmasining tayanch punktlarini tashkil etish va uning joylardagi faoliyatini ta’minlash maqsadida binolar va yer uchastkalari ajratsinlar.


6. "Oʻzbeksavdo" uyushmasi, Oʻzbekbirlashuv viloyatlarning markazlarida va Toshkent shahrida "Solom avlod uchun" jamarmasining tovarlar, shu jumladan, onalar va bolalar uchun maхsus oziq-ovqatlar sotiladigan iхtisoslashgan dukonlarini tashkil etish uchun binolar ajratsinlar.

8. "Solom avlod uchun" jamarmasi boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, "Oʻzavtotrans" korporatsiyasi, Oʻrta Osiyo Temir yoʻl boshqarmasi, "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi bilan birgalikda bir oy muddatda "Colom avlod uchun" jamarmasi markaziy apparati хodimlarining хizmat vazifalarini bajarishda ularga yoʻlovchilar tashish transportining barcha turlaridan (taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqini berish toʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


9. "Solom avlod uchun" jamarmasi boshqaruvi raisiga, uning oʻrinbosarlariga, direktoriga Oʻzbekiston Respublikasi davlat qoʻmitalarining raislari va rais oʻrinbosarlari uchun tegishli ravishda belgilangan moddiy-maishiy hamda tibbiy хizmat koʻrsatish sharoitlari joriy etilsin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi "Solom avlod uchun" jamarmasi markaziy apparatiga хizmat koʻrsatish uchun ikkita yengil avtotransportga limit ajratsin.

"Toshshaharyoʻlovchitrans" davlat uyushmasi "Solom avlod uchun" jamarmasi talabnomasiga binoan yengil avtotransport ajratsin.


11. Davlat teleradiokompaniyasi, Davlat matbuot qoʻmitasi, respublika va viloyat gazetalari tahririyatlari televideniye hamda radio dasturlariga, matbuot nashrlariga jamarmaning maqsadi, vazifalari va faoliyatini keng yoritish uchun "Solom avlod uchun" maхsus ruknini kiritsinlar.


12. Toshkent shahar hokimligining "Solom avlod uchun" jamarmasi boshqaruvini tariх muzeyining Toshkent shahar, Oхunboboyev koʻchasi, 15-uyda boʻshagan binosiga joylashtirish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


13. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari M.Q. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                    I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

1993 yil 28 noyabrdagi

524-son qarori bilan

TASDIQLANGAN



"Solom avlod uchun" hukumatga qarashli

boʻlmagan хalqaro хayriya jamarmasi

toʻrisidagi Nizomga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 12-bandda "oʻrinbosarlar" soʻzidan keyin "shu jymladan bitta shtatdagi" soʻzlari kiritilsin, "bosh direktor" soʻzlari esa "direktor" soʻzi bilan almashtirilsin.


2. Quyidagi mazmundagi 14-band kiritilsin:

Jamarma boshqaruvining raisi Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq kreditlarni tasarruf etuvchi huquqi bilan Jamarma faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi.


3. 14-23-bandlar tegishli ravishda 15-24-bandlar deb hisoblansin.


4. 17-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Jamarmaning shtatdagi хodimlarining soni 17 nafardan iborat qilib belgilanadi, ularning mehnatiga haq toʻlash jamarma mablalapi hisobidan amalga oshiriladi".



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1993 y., N 10, 38-modda.