Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.03.2007 y. 55-son "Soliq maslahati sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

20.03.2007 y.

N 55



SOLIQ MASLAHATI

SOHASINI RIVOJLANTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


"Soliq maslahati toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va soliq maslahati sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, soliq maslahati sohasini rivojlantirish uchun zarur normativ-huquqiy bazani shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi soliq maslahati sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilansin, unga:

soliq maslahati boʻyicha faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish yuklansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Soliq siyosati boshqarmasi tarkibida, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparati boshqaruv хodimlarining cheklangan sonini ikki nafarga koʻpaytirgan holda, soliq maslahati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni ta’minlash boʻlimi tashkil etilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda soliq maslahati sohasini rivojlantirish boʻyicha, shu jumladan respublikaning barcha mintaqalarida tegishli malakaga ega boʻlgan mutaхassislar uchun ularga soliq maslahati toʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini tushuntirish yuzasidan muntazam ravishda amaliy seminarlar oʻtkazishni nazarda tutuvchi tadbirlar kompleksini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin, shuningdek 2007 yil mobaynida ularning amalga oshirilishini ta’minlasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar, tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda:

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillaridan, soliq maslahati sohasidagi mutaхassislardan oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiruvchi Soliq maslahati boʻyicha kengashni tashkil etsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Soliq maslahati boʻyicha kengash toʻrisidagi nizomni, Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomni, Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini berish, uning amal qilishini tugatish va uni bekor qilish tartibi toʻrisidagi nizomni, soliq maslahatchilarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻqitish dasturini, shuningdek soliq maslahati boʻyicha faoliyatni tartibga soluvchi boshqa idoraviy normativ hujjatlarni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.

6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                     Sh. Mirziyoyev


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 12-son, 111-modda.