Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.03.1994 y. 123-son "Oʻzbekiston Respublikasidagi toponimik ob’yektlarga mashhur kishilarning nomini berish masalalarini muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasini tuzish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

09.03.1994 y.

N 123



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI

TOPONIMIK OB’YeKTLARGA MAShHUR

KIShILARNING NOMINI BERISh

MASALALARINI MUVOFIQLAShTIRUVChI

RESPUBLIKA KOMISSIYaSINI

TUZISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining "Oʻzbekiston Respublikasidagi ma’muriy-hududiy birliklar, aholi punktlari, korхonalar, muassasalar, tashkilotlar, fizik-jurofiy, geologik va boshqa toponimik ob’yektlarning nomlarini tartibga solish toʻrisida" 1993 yil 3 sentyabrdagi qarorini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasidagi toponimik ob’yektlarga mashhur kishilarning nomini berish masalalarini muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi 1-ilovaga* muvofiq tarkibda tuzilsin va ushbu komissiya toʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Respublika komissiyasi manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda 1994 yilning II choragi oхirigacha tabiiy-joʻrofiy va boshqa toponimik ob’yektlarning nomlarini umumdavlat, milliy manfaatlardan, tariхiy, tabiiy-joʻrofiy sharoitlardan kelib chiqqan va mehnatkashlarning istaklarini hisobga olgan holda tartibga solish ishlarini asosan tugallashni ta’minlasin.


3. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1981 yil 27 maydagi 457-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy masalalar, fan va madaniyat boʻlimi hamda Hududiy-tashkiliy boʻlimiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                        I. Karimov



*) 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.