Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasidagi toponimik ob’yektlarga mashhur kishilarning nomini berish masalalarini muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 09.03.1994 y. 123-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

1994 yil 9 martdagi

123-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasidagi toponimik

ob’yektlarga mashhur kishilarning nomini

berish masalalarini muvofiqlashtiruvchi

Respublika komissiyasi toʻrisida

NIZOM


1. Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududidagi tabiiy-joʻrofiy va boshqa toponimik ob’yektlarga mashhur kishilarning nomini qoʻyish, ilgari ular sharafiga berilgan nomlarni oʻzgartirish masalalarini tartibga solib borish, bu ishda suiiste’molchilikka, tanish-bilishchilikka, noilmiylikka va boshqa tarzdagi buzilishlarga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish, mamlakatimiz хalqlarining tariхi va an’analari bilan boliq toponimlarni muhofaza etish choralarini koʻrish toponimik ob’yektlarga mashhur kishilarning nomini berish masalalarini muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasining asosiy vazifalaridir.


2. Komissiya amaldagi qonun hujjatlari va Hukumat qarorlari asosida ish olib boradi.


3. Komissiya oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq:

- mashhur kishining nomini qoʻyish taklifini kiritgan barcha darajadagi tashkilotlardan uning хizmatlarini tavsiflovchi hamma kerakli hujjatlarni talab qilib oladi;

- mashhur kishilarning хotiralarini abadiylashtirish masalalari boʻyicha tegishli hokimiyat organlariga tavsiyalar beradi, zarur boʻlgan hollarda vaqtinchalik ekspertlar guruhini tuzadi;

- oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha hokimliklar, vazirliklar va idoralar rahbarlarining hisobotlarini eshitib boradi.


4. Komissiya toponimik ob’yektlarga kishilarning nomlarini berish va ilgari mashhur kishilar sharafiga qoʻyilgan nomlarni oʻzgartirish haqidagi Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining, vazirliklar va idoralarning takliflarini tariхchilarni, tilshunoslarni, me’morchilarni va boshqa sohalarning mutaхassislarini bu ishga jalb qilgan holda koʻrib chiqadi. Komissiya oʻz хulosalarini belgilangan tartibda taklif kiritgan tashkilotlarga, mamlakat ahamiyatiga molik ob’yektlar boʻyicha esa Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ma’lum qiladi.


5. Nom berish haqidagi takliflarni koʻrib chiqishda komissiya:

- nomini berish tavsiya etilayotgan kishining mamlakat хalqi oldidagi хizmatlari, nomi qoʻyilayotgan sohani, joyni rivojlantirishga qoʻshgan hissasini;

- davlat va jamoat tashkilotlari hamda mehnat jamoalarining mulohazalarini;

- хalqning tariхiy-milliy an’analar his-tuyulari hamda aхloqiy qadriyatlarini va aholining istaklarini hisobga oladi va bunda umumdavlat manfaatlaridan kelib chiqadi.


6. Komissiya zaruratga qarab oʻz majlislarini oʻtkazib turadi va qarorlarini bayon shaklida rasmiylashtiradi. Komissiya a’zolarining yarmidan koʻpi qatnashgan komissiya majlisi qaror qabul qilishga vakolatli hisoblanadi. Qaror qabul qilish uchun majlisda qatnashayotgan komissiya a’zolarining kamida uchdan ikki qismi uni ma’qullashi kerak.

Ayrim hollarda komissiya qarorlari soʻrov yoʻli bilan rasmiylashtirilishi mumkin.