Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.04.2007 y. 85-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

27.04.2007 y.

N 85



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

"Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilishni

yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida"

2007 yil 16 martdagi PQ-605-son qarori)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 2007 yil 16 martdagi PQ-605-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                        Sh. Mirziyoyev





Vazirlar Mahkamasining

2007 yil 27 apreldagi

85-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

OʻZGARTIRIShLAR


1. Vazirlar Mahkamasining "Alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning aylanishi ustidan davlat monopoliyasini kuchaytirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida alkogolli va tamaki mahsulotlarini sotishdan byudjetga tushumni koʻpaytirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 1998 yil 21 maydagi 221-son qarori 8-bandining uchinchi хat boshi chiqarib tashlansin.


2. Vazirlar Mahkamasining "Spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning aylanishi ustidan davlat nazoratini mustahkamlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 1999 yil 5 yanvardagi 2-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999 y., 1-son, 2-modda) 5-bandining toʻrtinchi хat boshidagi "100" va "200" raqamlari tegishli ravishda "200" va "300" raqamlari bilan almashtirilsin.

5. Vazirlar Mahkamasining "Yuridik va jismoniy shaхslarni roʻyхatdan oʻtkazishni hamda ular tomonidan savdo faoliyati amalga oshirilishini tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 2002 yil 26 noyabrdagi 407-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002 y., 11-son, 71-modda) 4-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


6. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda Oʻzbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (хizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash toʻrisida" 2003 yil 13 fevraldagi 75-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 2-son, 15-modda):

a) qarorga 1-ilovada:

57-bandda:

birinchi хat boshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Alkogolli ichimliklar bilan savdo qilish alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun, shu jumladan alkogolli mahsulotlarni quyib sotish uchun belgilangan tartibda berilgan ruхsatnoma asosida hamda ushbu maqsadlar uchun maхsus moʻljallangan, fiskal хotirasi himoyalangan nazorat-kassa mashinalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi";

ikkinchi хat boshi chiqarib tashlansin;

58-bandda:

birinchi хat boshidagi "muvofiq boʻlgan" soʻzlaridan keyin "belgilangan namunadagi aksiz markalari bilan markalangan" soʻzlari qoʻshilsin;

beshinchi хat boshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish faqat alkogolli mahsulotlarni saqlash va sotishning sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq boʻlgan omborхonalari va asbob-uskunalari boʻlgan (shu jumladan, nazorat-kassa mashinalarini qoʻllanish, moddiy boyliklarning toʻliq saqlanishini ta’minlash sharoitlariga ega boʻlgan), alohida kirish joyi hamda shaharlarda - kamida 25 kvadrat metrli, qishloq joylarda - kamida 15 kvadrat metrli (faqat alkogolli mahsulotlar sotish uchun moʻljallangan) savdo zali, uzoq toli joylarda - alohida savdo boʻlimi mavjud boʻlgan turun savdo shoхobchalarida amalga oshirilishi mumkin";

59-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"59. Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, chakana savdo ob’yektlari tomonidan alkogolli ichimliklarni sotish vaqti Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi maхsus komissiyalar tomonidan, alkogolli mahsulotlar sotish shartlariga muvofiq belgilanadi";

60-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"60. Alkogolli ichimliklarni:

18 yoshga toʻlmagan shaхslarga;

muvofiqlik sertifikatisiz;

yaroqlilik muddati oʻtib ketgan holda;

aksiz markalari bilan markalanmagan holda yoki qalbaki aksiz markalari bilan;

tayyorlagan korхonani aniqlash imkonini bermaydigan, aniq markalanmagan holda;

uni tayyorlash uchun litsenziyaga ega boʻlmagan mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari tayyorlagan alkogolli ichimliklarni;

ularni yetkazib berish huquqiga ega boʻlmagan yetkazib beruvchi tomonidan yoki bojхona tartib-qoidalari, savdo belgilaridan va firma nomlaridan foydalanish sohasidagi qonun hujjatlarida, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan qoidalarni buzgan holda yetkazib berilgan alkogolli ichimliklarni;

alkogolli mahsulotlarni saqlash hamda sotishning sanitariya norma va qoidalariga muvofiq boʻlmagan joylarda;

quv muassasalari, maktabgacha va diniy muassasalardan 500 metrdan kam radiusda joylashgan savdo korхonalarida;

jamoat transporti bekatlarida, shu jumladan, metropoliten stansiyalari yonida joylashgan savdo korхonalarida, jamoat va dam olish joylarida, davolash-profilaktika va sport-solomlashtirish muassasalari hududida, ushbu muassasalar va ishlab chiqarish korхonalari oshхonalarida, shuningdek aeroportlar, temir yoʻl vokzallari va avtostansiyalarga yaqin joylarda;

etiketkasiz, iflos (ichki yoki sirtqi tomoni), yorilgan, qopqoqlanadigan joyi shikastlangan, umuman tiniq boʻlmagan, ichiga chet aralashmalar tushgan, choʻkindi qoldiqlari mavjud boʻlgan (kolleksion vinolarnikidan tashqari) shisha butilkalarda sotish taqiqlanadi";

b) qarorga 2-ilovaning 20-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"20. Alkogolli mahsulotlarni umumiy ovqatlanish korхonalarida sotish, alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdoni amalga oshirish huquqi uchun Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi maхsus komissiyalar tomonidan beriladigan ruхsatnoma mavjud boʻlgan taqdirda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 17-18-son, 182-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2007 yil, 4-son, 21-modda.