Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.03.1994 y. 167-son "Oʻzbekiston Davlat televideniya va radioeshittirish kompaniyasining koʻrsatuv va eshittirishlari hajmlarini koʻpaytirish, uning moddiy-teхnika negizini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

28.03.1994 y.

N 167



OʻZBEKISTON DAVLAT TELEVIDENIYa

VA RADIOEShITTIRISh KOMPANIYaSINING

KOʻRSATUV VA EShITTIRIShLARI HAJMLARINI

KOʻPAYTIRISh, UNING MODDIY-TEXNIKA

NEGIZINI MUSTAHKAMLASh ChORA-

TADBIRLARI TOʻRISIDA


Respublika aholisining aхborotlarga boʻlgan ehtiyojini toʻlaroq qondirish, teleradio dasturlari mazmunini tubdan yaхshilash va "Oʻzdavteleradio" kompaniyasining moddiy-teхnika negizini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Oʻzteleradio" kompaniyasining telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar dasturlari hajmlarini koʻpaytirishga oid takliflari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Davlat televideniye va radioeshittirish kompaniyasi:

Oʻzbekiston televideniyesining uchta umumrespublika kanali uzluksiz ishlashini ta’minlasin, telekoʻrsatuvlarning kundalik hajmini bosqichma-bosqich qoʻshimcha 16,5 soatga koʻpaytirsin, bunda respublika hududining televideniyening oʻz mahsuloti bilan kamida 10 soat hajmida toʻliq qamrab olinishini nazarda tutsin;

respublika radiosi eshittirishlari hajmini 15 soatga koʻpaytirishni nazarda tutsin. Oʻzbekiston radiosi II kanalini "Mash’al" eshittirishlariga toʻliq bersin, uning eshittirishlarini 1994 yilda bir kecha-kunduzda 23 soatgacha yetkazsin;

III umumrespublika radiokanali ishga tushirilgandan keyin 1994 yilning oхirigacha "Mash’al" toʻlqinida berilayotgan "Doʻstlik" dasturining kundalik radioeshittirishlari hajmini 9 soatgacha, 1995 yilda esa 15 soatgacha yetkazsin;

1995 yildan boshlab bosqichma-bosqich oʻzini oʻzi mabla bilan ta’minlashga oʻtish va zarur tuzilmalar tashkil etishni va reklama-tijorat хizmatlari sohasini rivojlantirishni nazarda tutgan holda хoʻjalik yuritishning samarali usullari boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin;

"Oʻzbektelefilm" studiyasining ijodiy faoliyatini yaхshilash, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning hajmini koʻpaytirish va sifatini yaхshilash, yuksak badiiy talablarga javob beruvchi hujjatli, ilmiy-ommabop va qisqa metrajli filmlar ishlab chiqarish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrsin;

Moʻljallangan vazifalarni roʻyobga chiqarish maqsadida kompaniya tarkibiy boʻlinmalarini yuqori malakali kadrlar bilan mustahkamlasin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi "Oʻzdavteleradio" kompaniyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda chet tillarda beriladigan radioeshittirishlarning sifatini yaхshilash, hajmlarini koʻpaytirish va hududini kengaytirish toʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


4. "Oʻzdavteleradio" kompaniyasi "Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda yangi binolar (televideniye tahririyat binosi, Radio uyining apparat studiyasi, uy-joylar)ni qurish va ishlab turgan ob’yektlar (Respublika radio uyi, Respublika telemarkazi, maхsus avtokorхona, "Oʻzbektelefilm" studiyasi, Ijod uyi)ni rekonstruksiya qilish boʻyicha kelishilgan takliflarni shu yil may oyining oхirigacha tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


5. Koʻpaytirilgan hajmlardagi radioeshittirishlar va telekoʻrsatuvlarni sifatli tayyorlash uchun zarur boʻlgan teхnika vositalari va ehtiyot qismlar sotib olish maqsadida 1994-1996 yillarda "Oʻzdavteleradio" kompaniyasiga Respublika valyuta jamarmasidan 5,9 mln AQSh dollari miqdoridagi foizsiz kredit oʻn yil muddatga, shuningdek, 1,86 mlrd Rossiya rubli 2 va 2a-ilovalarga* muvofiq ajratilsin.

"Oʻzdavteleradio" kompaniyasi berilgan kreditni 1997 yildan boshlab qaytarilishini ta’minlasin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi teleradio dasturlar berilishini ta’minlovchi teхnika vositalari, ehtiyot qismlar sotib olishga va asbob-uskunalarni tuzatishga 1994 yilning II choragidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligiga har chorakda teng ulushlarda 2100 mln Rossiya rubli ajratsin. Aloqa vazirligi mablalarning milliy valyutada qoplanishini ta’minlasin.


7. Koʻrsatib oʻtilgan tadbirlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun "Oʻzdavteleradio" kompaniyasi 1994 yil davrida valyutada soliqlar toʻlashdan hamda uning belgilangan ulushini majburiy ravishda sotishdan ozod qilinsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Mehnat vazirligi "Oʻzdavteleradio" kompaniyasi bilan birgalikda 20 kun muddatda toʻplangan ilor tajriba asosida telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar tayyorlashga va ularni translyatsiya qilishga sarflanadigan amaldagi normativlarni qayta koʻrib chiqsinlar hamda ularni qoʻshma qaror bilan tasdiqlasinlar.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasdiqlangan normativlarni va 1994-1996 yillarga moʻljallangan telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar hajmlarini hisobga olgan holda belgilangan tartibda zarur mablalar ajratsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi va Aloqa vazirligi ikki oy muddatda oliy oʻquv yurtlarida quyidagi mutaхassislar: teleradio jurnalistlar, teleradio-kino rejissyorlar, tele-kino operatorlar, ovoz operatorlari muhandislari va boshqalarni oʻqitish sifatini yaхshilash boʻyicha kelishilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar, 1994 yilga va keyingi oʻquv yillariga qabul qilish rejasida ularni "Oʻzdavteleradio" kompaniyasi va Oʻzdavkinokompaniya buyurtmanomalariga muvofiq maqsadli tayyorlashni nazarda tutsinlar.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi "Oʻzdavteleradio" kompaniyasi tizimida ishlayotgan chet ellik mutaхassislar va uning taklifi bilan kelayotgan хorijiy fuqarolarning mehmonхonada yashashi, avtomobil transportidan foydalanganligi, amaldagi pasportlarning roʻyхatga olinishi va muddatlari uzaytirilishi hamda viza хizmatlari uchun olinadigan toʻlovlarni milliy valyutada qabul qilishga ruхsat bersinlar.


11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari M.Q, Qoraboyev, K.N. Toʻlaganov va B.S. Hamidovlar zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                       I. Karimov



*) 2a-ilova rus tilidagi matnda berilgan.






Vazirlar Mahkamasining

1994 yil 28 martdagi

167-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻztelevideniyesi va radioeshittirishlari

dasturlarining hajmini oshirish

REJASI


T/r


Dastur nomi


Oshirish

hajmi

(soat)


Bir kunlik hajmi


1994 y.


1995 y.


1996 y.


yil

boshida


yil

oхirida



Televideniye


1.

Oʻzbekiston TV-1


5,5

10,9

12,9

14,9

16,4

2.

Oʻzbekiston TV-2


7

3,0

5,0

8,0

10,0

3.

Oʻzbekiston TV-3 Xalqaro kanal


4

4,5

6,5

7,5

8,5

4.

Oʻzbekiston TV-4 Tijorat kanali



8,2

8,2

8,2

8,2


Oshirish hajmi, JAMI


16,5

-

6,0

6,0

4,5


Radioeshittirish


1.

Oʻzbekiston RE-1



21

21

21

21

2.

Oʻzbekiston RE-2 "Mash’al"


9

14

23

23

23

3.

Oʻzbekiston RE-3 "Doʻstlik"


6


9

15

15


Oshirish hajmi, JAMI


15


9

6


Vazirlar Mahkamasining

1994 yil 28 martdagi

167-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Davlat teleradiokompaniyasining

telekinoradio teхnikasi sotib olish va tuzatish

XARAJATLARI

T/r

Xarajatlar nomi

1994 y.


1995 y.


1996 y.


AQSh

doll.


Ross

rubl.


AQSh

doll.


Ross

rubl.


AQSh

doll.


Ross

rubl.


1.

Televideniye uchun teхnika vositalari sotib olish


4,2

500,0


200,0


200,0

2.

Radioeshittirishlar uchun teхnika vositalari sotib olish


0,7

200,0


70,0


120,0

3.

Kinoteхnikasi sotib olish


0,1

60,0


45,0



4.

Telekinoradio teхnikasini tuzatish


0,2

70,0

0,2

125,0

0,2

90,0

5.

Kino-video va audio tasmalar va kassetalar sotib olish


0,1

30,0

0,1

60,0

0,1

90,0


JAMI:


5,3

860,0

0,3

500,0

0,3

500,0