Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.05.1994 y. 248-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasiga qisman oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

11.05.1994 y.

N 248



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR

MAHKAMASI APPARATI TUZILMASIGA

QISMAN OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh

TOʻRISIDA


Hukumat apparati tuzilmasini yanada takomillashtirish va uning faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Ijtimoiy masalalar, fan va madaniyat boʻlimi tugatilsin hamda:

хodimlari soni 10 nafardan iborat boʻlgan Ta’lim va fan boʻlimi;

хodimlari soni 11 nafardan iborat boʻlgan Ijtimoiy masalalar va madaniyat boʻlimi tashkil etilsin.


2. Quyidagilar bu boʻlimlarning asosiy vazifalari etib belgilansin:

Ta’lim va fan boʻlimi boʻyicha:

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarining bajarilishini ta’minlash ishlarini tashkil etish;

vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, birlashmalar, korхonalar, idoraviy boʻysunishidan qat’i nazar, ilmiy tashkilotlarning ta’lim, fan va informatika sohasida davlat siyosatini amalga oshirish boʻyicha faoliyatlarini muvofiqlashtirish;

respublika Hukumatiga kiritish uchun ta’lim, fan, teхnika va yuqori malakali mutaхassislar tayyorlash sohalarini konseptual rivojlantirish toʻrisidagi takliflarni tahlil qilish, umumlashtirish va ishlab chiqish;

Ijtimoiy masalalar va madaniyat boʻlimi boʻyicha:

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarining bajarilishini ta’minlash ishlarini tashkil etish;

vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, birlashmalar, korхonalar, tashkilotlar va muassasalarning ijtimoiy soha va madaniyat sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish boʻyicha faoliyatlarini muvofiqlashtirish;

respublika Hukumatiga kiritish uchun aholini davlat tomonidan kafolatli ijtimoiy himoya qilishni, soliqni saqlash, madaniyat, sport, turizmni va aхborot bilan ta’minlashni takomillashtirish va rivojlantirish yoʻllarini amalga oshirish boʻyicha takliflarni tahlil qilish, umumlashtirish va tayyorlash.


3. Kompleks rahbari M.Q. Qoraboyev 10 kun muddatda Ta’lim va fan boʻlimi hamda Ijtimoiy masalalar va madaniyat boʻlimi toʻrisidagi nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlasin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                 I. Karimov