Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.07.1994 y. 341-son "Savdo va хizmat koʻrsatish sohasi ob’yektlarini ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda хususiy mulk qilib sotish tartibi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

04.07.1994 y.

N 341



SAVDO VA XIZMAT KOʻRSATISh SOHASI

OB’YeKTLARINI ULAR JOYLAShGAN YeR

UChASTKALARI BILAN BIRGALIKDA

XUSUSIY MULK QILIB SOTISh

TARTIBI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993 yil 28 dekabrdagi 988-XII-son qarorini va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, хususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 1994 yil 21 yanvardagi va "Oʻzbekiston Respublikasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari toʻrisida" 1994 yil 5 martdagi Farmonlarini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Savdo va хizmat koʻrsatish sohasi ob’yektlarini ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda хususiy mulk qilib sotish tartibi toʻrisidagi Vaqtinchalik Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Qoraqalpoicton Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahap hokimliklari bilan birgalikda respublika sharoitida amalda sinab koʻrilganligini hisobga olgan holda mazkur nizomni 1994 yil 1 noyabrgacha tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi "Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 1994 yil 1 oktyabrgacha respublika shaharlari, shaharchalari va boshqa aholi yashash joylaridagi yerlarni kompleks iqtisodiy baholashni amalga oshirsinlar hamda materiallarni Vazirlar Mahkamasiga va Davlat mulki qoʻmitasiga taqdim etsinlar.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, qishloq хoʻjaligi vazirligi va Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda yer uchastkalarining хususiy mulk qilib sotilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida takliflar tayyorlasin.


4. Xususiy mulk qilib berilmaydigan yerlar roʻyхati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari V.A.Chjen zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                  I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

1994 yil 4 iyuldagi

341-son qaroriga

2-ILOVA



Xususiy mulk qilib berilmaydigan yerlar

ROʻYXATI


Umumiy foydalanishdagi yerlar (maydonlar, koʻchalar, tor koʻchalar, yoʻllar, sohil boʻylari, istirohat bolari, skverlar, хiyobonlar, hovuzlar, plyajlar va boshqalar).

Tabiat yodgorliklari, botanika bolari yerlari.

Solomlashtirish va tariхiy-madaniy maqsadlarga moʻljallangan yerlar.

Qishloq хoʻjaligini yuritish, yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni qoʻriqlash uchun berilgan yerlar.

Xavfli moddalar bilan zaharlangan va biogen zaharlanishga uchragan yerlar.

Shaharlarni rivojlantirish bosh rejalarida, mukammal rejalashtirish loyihalarida va ob’yektlarni (savdo va хizmat koʻrsatish ob’yektlaridan tashqari) joylashtirish sхemalarida nazarda tutilgan yerlar.

Magistral yoʻllarga tutash yerlar.

Elektr quvvati uzatish liniyalari, kabel liniyalari va podstansiyalar, issiqlik, vodoprovod va kanalizatsiya trassalari hamda gaz quvurlari, umumdavlat aloqa liniyalari uchun ajratilgan yerlar va ulardagi inshootlar.