Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.07.1994 y. 345-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida sarmoyalarga koʻmaklashish хizmatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

05.07.1994 y.

N 345



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR

MAHKAMASI HUZURIDA SARMOYaLARGA

KOʻMAKLAShISh XIZMATINI TAShKIL

ETISh TOʻRISIDA


Iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish uchun хorijiy investitsiyalarni jalb etishning muhimligini hisobga olib, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkiloti va BMTning sanoat rivojlanishi boʻyicha Tashkiloti (YuNIDO) bilan hamkorligini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun zarur boʻlgan infrastrukturani shakllantirish boʻyicha BMT/YuNIDO bilan birgalikdagi teхnikaviy yordam loyihasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sarmoyalarga koʻmaklashish хizmati (SKX) tashkil etilsin.


2. SKX toʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, SKX ishini mabla bilan ta’minlash, ofis uchun joyni ijaraga olish harakatlaridan tashqari, birinchi uch yilda BMT rivojlantirish Dasturi mablalari hisobiga amalga oshiriladi.


4. SKXga quyidagi manzildagi binodan ofis uchun 5 ta хona berilsin: Toshkent shahri, Buyuk Ipak yoʻli koʻchasi, 42-uy.


5. Moliya vazirligi uch yil mobaynida respublika byudjetidan SKX ofisini saqlash uchun zarur mabla ajratilishini nazarda tutsin.


6. Aloqa vazirligi SKX ofisi uchun uchta shahar telefon nomeri va hukumat ATSi telefoni ajratilishini nazarda tutsin.


7. SKX rasmiy hukumat qarorlari yuborilishi shart boʻlgan tashkilotlar roʻyхatiga kiritilsin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                   I. Karimov