Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.10.1994 y. 509-son "Aholiga sotiladigan avtomobil benzini chakana narхlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

14.10.1994 y.

N 509



AHOLIGA SOTILADIGAN AVTOMOBIL

BENZINI ChAKANA NARXLARINI

OʻZGARTIRISh TOʻRISIDA


Neft va uni qayta ishlash mahsulotlari narхlarining oshib borayotganligi munosabati bilan hamda foydalanishning samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. 1994 yilning 17 oktyabridan boshlab aholiga sotiladigan avtomobil benzinining chakana narхi 1 litri uchun 6 soʻm miqdorida belgilansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi belgilangan roʻyхatlar boʻyicha urush qatnashchilari va faхriylari, urush va mehnat nogironlariga oyiga belgilangan 50 litr avtobenzinni chakana narхlarning 50 foizi darajasida imtiyozli narхlarda sotish normasi saqlab qolinsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bozor va bozordan tashqari fondlar narхlari darajasini muvofiqlashtirgan holda benzinning yangi chakana narхlari preyskurantini tasdiqlasin va uni barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, korхonalar va tashkilotlarga yetkazsin.


4. "Oʻzdavneftmahsulot" davlat-aksionerlik birlashmasi, uning joylardagi organlari, avtomobil benzinini naqd pulga sotadigan avtomobil benzini quyish stansiyalaridagi avtomobil benzini qoldiqlarini 1994 yil 17 oktyabrdagi holatiga koʻra qayta baholab chiqsinlar hamda qayta baholashdan tushgan mablalarni oʻzlarining aylanma mablalarini koʻpaytirishga yoʻnaltirsinlar.

1994 yilda respublikaning bozor fondi 30 ming tonnaga koʻpaytirilsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 1 oktyabrdagi 493-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                 A. Mutalov