Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.11.1994 y. 532-son "Oʻzbekiston Respublikasida don mahsulotlarini sotishni tartibga solishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

02.11.1994 y.

N 532



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA

DON MAHSULOTLARINI SOTIShNI

TARTIBGA SOLIShNING QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Respublikada don mahsulotlari resurslaridan oqilona foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish va ularni sotishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. 1995 yildan boshlab don mahsulotlari bozor fondlariga egalik qilish funksiyasi "Oʻzbeksavdo" davlat uyushmasidan "Oʻzdonmahsulot" davlat korporatsiyasiga berilsin.


2. "Oʻzdonmahsulot" davlat korporatsiyasi tuzilmasida don mahsulotlarining bozor va bozordan tashqari fondlarini shakllantirish va taqsimlash, shuningdek, ularni iste’mol qilish va sarflashning belgilangan normalariga muvofiq hisobga olish va hisoboti boʻyicha 3 kishidan iborat tarkibiy boʻlinma tashkil etilsin.

4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston SSR aholisiga kundalik ehtiyoj tovarlarini belgilashgan normaga muvofiq berish ustidan nazoratni kuchaytirish toʻrisida" 1991 yil 1 apreldagi 80-son qarorining 1 bandidan "un, yopma" soʻzlari chiqarib tashlansin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi "Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasi quyidagi prognoz ma’lumotlarni "Oʻzdonmahsulot" davlat korporatsiyasiga har yili taqdim etsin:

respublika aholisining viloyatlar va shaharlar boʻyicha keyingi yil boshigacha hamda oхirigacha boʻlgan, shuningdek, yillik oʻrta hisobdagi soni toʻrisida;

maхsus iste’molchilar boʻyicha don mahsulotlari resurslarining sarflanishi hajmlari toʻrisida.

10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Mutalov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                  I. Karimov