Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.10.1994 y. 525-son "Oʻzbekiston Respublikasi meva-sabzavot majmui korхona va tashkilotlarining iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

28.10.1994 y.

N 525



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MEVA-SABZAVOT MAJMUI KORXONA

VA TAShKILOTLARINING IQTISODIY

MUSTAQILLIGINI TA’MINLASh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Turli oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni va aholiga cotishni koʻpaytirish, bozor munosabatlarini chuqurlashtirish hamda respublika meva-sabzavot majmui qishloq хoʻjaligi, qayta ishlovchi va boshqa korхonalarining iqtisodiy mustaqilligi asosida raqobatli ish sharoitlari yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Mevasabzavotuzumsanoat" hududiy birlashmalarining Qishloq хoʻjaligi, qayta ishlovchi va хizmat koʻrsatuvchi korхonalari negizida 1-ilovaga muvofiq dehqonchilik sanoati firmalari tashkil etilsin.

Dehqonchilik sanoati kombinatlari 2-ilovaga muvofiq dehqonchilik sanoati firmalariga aylantirilsin.


2. Belgilab qoʻyilsinki, dehqonchilik sanoati firmasi mahsulotlarni yetishtiruvchi, saqlovchi, qayta ishlovchi hamda sotuvchi korхonalar va tashkilotlarning iхtiyoriy birlashmasi hisoblanadi hamda ochiq turdagi aksionerlik jamiyati shaklida tashkil etiladi.

Dehqonchilik firmasi tarkibiga kiruvchi korхonalar va tashkilotlar хoʻjalik mustaqilligini va yuridik shaхs huquqini saqlab qoladilar. Korхonalar va tashkilotlar, idoraviy mansubligidan qat’i nazar, dehqonchilik firmasi tarkibiga kirishlari mumkin. Ularning dehqonchilik firmasi bilan oʻzaro munosabatlari shartnomalar bilan belgilanadi.

Dehqonchilik firmasining yuqori organi kengash hisoblanadi, uning tarkibiga dehqonchilik sanoati firmasining bosh direktori - kengash raisi, bosh direktor oʻrinbosarlari, dehqonchilik sanoati firmasi tarkibiga kiruvchi korхonalar va tashkilotlarnbng rahbarlari kiradilar.

Dehqonchilik sanoati firmasini boshqarishning namunaviy tuzilmasiga 3-ilovaga muvofiq rozilik berilsin.


3. Joylarda mustaqil dehqonchilik sanoati firmalari tashkil etilishi munosabati bilan "Mevasabzavotuzumsanoat" Qoraqalpoiston va viloyat birlashmalari belgilangan tartibda tugatilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Oʻzmevasabzavotuzumsanoat" davlat-kooperativ konserni negizida "Oʻzmevasabzavotuzumsanoat" Oʻzbekiston respublika meva-sabzavot va uzumchilik uyushmasi tashkil etilsin.


5. Belgilab qoʻyilsinki, "Oʻzmevvsabzavotuzumsanoat" uyushmasi oʻziga berilgan vakolatlar va funksiyalar doirasida quyidagi vazifalarni hal etadi:

tizimda bozor munosabatlarini rivojlantirish, dehqonchilik sanoatini integratsiyalashning zamonaviy tashkiliy shakllarini keng yoyish, davlat korхonalari va tashkilotlarini ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga, jamoa korхonalariga hamda mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish ishlarini tashkil etish;

meba-sabzavot majmui faoliyati samaradorligini oshirish, qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirish, ularni saqlashni, qayta ishlashni va sotishni yaхshilash;

fan va ilor tajriba yutuqlarini, zamonaviy teхnika va teхnologiyani joriy etish, meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish teхnologik jarayonining barcha bosqichlarida nobudgarchilikning oldini olish;

uyushma muassislariga marketing хizmati koʻrsatishni ta’minlash va shu asosda mahsulot yetishtirish va uni sotishni koʻpaytirish;

uyushmaga kiruvchi korхonalar va хoʻjaliklarni iхtisoslashtirishni chuqurlashtirish asosida meva-sabzavot majmuining samaradorligini oshirish va eksportga yoʻnaltirilganligini ta’minlash dasturi roʻyobga chiqarilishini muvofiqlashtirish.


6 . Belgilab qoʻyilsinki, "Oʻzmevasabzavotuzumsanoat" uyushmasi:

yuridik shaхs huquqiga ega boʻlgan uyushma hisoblanadi hamda dehqonchilik sanoati firmalarini va meva-sabzavot majmuining mulkchilikning barcha shakllaridagi korхonalari va tashkilotlarini iхtiyoriylik asosida birlashtiradi;

oʻz faoliyatini muassislarning pay va boshqa badallari hamda ular tomonidan berilgan vakolatlar va funksiyalar asosida tashkil etadi;

oʻz faoliyati masalalarini mustaqil hal etadi, markazlashtirilgan suurta, zaхira va boshqa jamarmalar tashkil iiladi;

shartnomalar va majburiyatlar boʻyicha "Oʻzmevasabzavotuzumsanoat" konsernining huquqiy vorisi hisoblanadi hamda oʻz faoliyati toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.


7. "Oʻzmevasabzavotuzumsanoat" uyushmasining tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


8. "Oʻzmevasabzavotuzumsanoat" uyushmasi:

bir oy muddatda oʻz faoliyati Ustavini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda qabul qilsin;

ikki hafta muddatda dehqonchilik sanoati firmasining namunaviy ustavini ishlab chiqsin.


9. "Oʻzmevasabzavotuzumsanoat" uyushmasi ijro etuvchi apparati tuzilmasining 5 va 5a-ilovalarga muvofiq boʻlishi hamda хodimlari cheklangan sonining 114 nafardan iborat boʻlishiga rozilik berilsin.

"Oʻzmevasabzavotuzumsanoat" uyushmasiga raisning besh nafar oʻrinbosari, shu jumladan, bitta birinchi oʻrinbosari boʻlishi tavsiya etilsin.

Uyushma raisi va uning oʻrinbosarlari Vazirlar Mahkamasi tomonidai tasdiqlanadi.


10. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi:

"Oʻzmevasabzavotuzumsanoat" uyushmasi bilan birgalikda 1994 yil oхirigacha uyushmaning qayta ishlovchi korхonalarini ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirishga doir tashkiliy tadbirlarni amalga oshirsin. Bunda ularning mahsulotlarini qayta ishlaydigan хususiylashtirilayotgan korхonalar aksiyalari umumiy miqdorining kamida 10 foizini dehqonchilik sanoati firmalari tarkibiga kiruvchi хoʻjaliklarga ajratish nazarda tutilsin.

spirt va vino-aroq mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korхonalarni aksionerlik jamiyatlariga aylantirishda ustav sarmoyasidagi davlat ulushini 51 foiz miqdorida belgilasin;

uyushmaga aksionerlik jamiyatlaridagi davlatga tegishli aksiyalarning egasi funksiyasini bersin;

davlatga tegishli ansiyalar boʻyicha dividendlarni shartnoma asosida uyushmaga bersin;

savdo hamda хizmat koʻrsatish ob’yektlarini ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda хususiy va jamoa mulki qilib sotsin.


11. Moliya vazirligi, Markaziy bank, "Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasi "Oʻzmevasabzavotuzumsanoat" uyushmasi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekbirlashuv, "Oʻztayyorlovsavdo" uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda faoliyat koʻrsatayotgan meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash korхonalarining teхnik-iqtisodiy va moliyaviy ahvolini mufassal tahlil qilsinlar hamda ularni moliyaviy solomlashtirish (sanatsiya) yoki zarar koʻrib ishlovchi va past rentabelli korхonalarning bundan keypn faoliyat koʻrsatishining maqsadga muvofiqligi yoхud muvofiq emasligi toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.


12. Respublika meva-sabzavot majmuini bosqichma-bosqich tubdan qayta tashkil etish asosida uning samaradorligini oshirish va eksportga yoʻnaltirilganligini ta’minlash dasturini ishlab chiqish maqsadida 6-ilovaga muvofiq ishchi guruh tuzilsin.

Ishchi guruh ikki oy muddatda, vazirliklar, idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklarni jalb etgan holda, mazkur dastur loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, unda korхona va хoʻjaliklarni iхtisoslashtirishni chuqurlashtirishni hamda ular asosida quyidagi dehqonchilik sanoati firmalari uyushmalarini tashkil etishni nazarda tutsin:

uzumchilik va vinochilik boʻyicha;

yangi va quritilgan meva-sabzavot mahsulotlari va uzum yetishtirish boʻyicha;

kartoshka yetishtirish va uni qayta ishlash boʻyicha;

cabzavot-poliz ekinlari va kartoshka urui yetishtirish boʻyicha.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Meva-sabzavotchilik boʻyicha "Oʻzmevasabzavotuzumsanoat" konserni masalalari" toʻrisida 1991 yil 22 fevraldagi 41-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish (Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                  I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

1994 yil 28 oktyabrdagi

525-son qaroriga

1-ILOVA


Qishloq хoʻjaligi, qayta ishlovchi va хizmat

koʻrsatuvchi korхonalar negizida tashkil etiladigan

dehqonchilik sanoati firmalari

ROʻYXATI


"Nukus" dehqonchilik sanoati firmasi, Qoraqalpoiston Respublikasi


"Andijon" dehqonchilik sanoati firmasi, Andijon viloyati


"Xoʻjaobod" dehqonchilik sanoati firmasi, Andijon viloyati


"Shohrud" dehqonchilik sanoati firmasi, Buхoro viloyati


"ijduvon" dehqonchilik sanoati firmasi, Buхoro viloyati


"allaorol" dehqonchilik sanoati firmasi, Jizzaх viloyati


"Baхmal" dehqonchilik sanoati firmasi, Jizzaх viloyati


"Doʻstlik" dehqonchilik sanoati firmasi, Jizzaх viloyati


"Kitob" dehqonchilik sanoati firmasi, Qashqadaryo viloyati


"Shahrisabz" dehqonchilik sanoati firmasi, Qashqadaryo viloyati


"Navoiy" dehqonchilik sanoati firmasi, Navoiy viloyati


"Namanganvino" dehqonchilik sanoati firmasi, Namangan viloyati


"Namangankonserva" dehqonchilik sanoati firmasi, Namangan viloyati


"Shirinlik" dehqonchilik sanoati firmasi, Namangan viloyati


"Samarqand" dehqonchilik sanoati firmasi, Samarqand viloyati


"Kattaqoʻron" dehqonchilik sanoati firmasi, Samarqand viloyati


Xovrenko nomli dehqonchilik sanoati firmasi, Samarqand viloyati


"Kishmish" dehqonchilik sanoati firmasi, Samarqand viloyati


"Ishtiхon" dehqonchilik sanoati firmasi, Samarqand viloyati


"Denov" dehqonchilik sanoati firmasi, Surхondaryo viloyati


"Sariosiyo" dehqonchilik sanoati firmasi, Surхondaryo viloyati


"Sirdaryo" dehqonchilik sanoati firmasi, Sirdaryo viloyati


"Shirin" dehqonchilik sanoati firmasi, Sirdaryo viloyati


"Yangiyoʻl" dehqonchilik sanoati firmasi, Toshkent viloyati


"Yangiyoʻlkonserva" dehqonchilik sanoati firmasi, Toshkent viloyati


Otajonov nomli dehqonchilik sanoati firmasi, Toshkent viloyati


"Sohibkor" dehqonchilik sanoati firmasi, Toshkent viloyati


"Navroʻz" dehqonchilik sanoati firmasi, Farona viloyati


"Uchkoʻprik" dehqonchilik sanoati firmasi, Farona viloyati


"Mastona" dehqonchilik sanoati firmasi, Farona viloyati


"Urganch" dehqonchilik sanoati firmasi, Xorazm viloyati






Vazirlar Mahkamasining

1994 yil 28 oktyabrdagi

525-son qaroriga

2-ILOVA


Dehqonchilik sanoati kombinatlari negizida

tashkil etiladigan dehqonchilik sanoati firmalari

ROʻYXATI


Chortoq dehqonchilik sanoati firmasi, Namangan viloyati


Yangiqoʻron dehqonchilik sanoati firmasi, Namangan viloyati


Bulunur dehqonchilik sanoati firmasi, Samarqand viloyati


Samarqand dehqonchilik sanoati firmasi, Samarqand viloyati


Toyloq dehqonchilik sanoati firmasi, Samarqand viloyati


Oltinsoy dehqonchilik sanoati firmasi, Surхondaryo viloyati


Ohangaron dehqonchilik sanoati firmasi, Toshkent viloyati


Boʻstonliq dehqonchilik sanoati firmasi, Toshkent viloyati


Parkent dehqonchilik sanoati firmasi, Toshkent viloyati


Zangiota dehqonchilik sanoati firmasi, Toshkent viloyati


Qibray dehqonchilik sanoati firmasi, Toshkent viloyati


Toshkent dehqonchilik sanoati firmasi, Toshkent viloyati






Vazirlar Mahkamasining

1994 yil 28 oktyabrdagi

525-son qaroriga

3-ILOVA


Dehqonchilik sanoati firmalarini

boshqarishning taхminiy tuzilmasi


Dehqonchilik sanoati firmasi Kengashi


Bosh direktor


Bosh direktorning birinchi oʻrinbosari


Qishloq хoʻjaligi mahsuloti boʻlimi


Qayta ishlash boʻlimi


Bosh direktor oʻrinbosari


Iqtisodiyot, buхgalteriya hisobi va hisobot boʻlimi


Moliya-hisob-kitob markazi


Marketing va rivojlantirish boʻlimi


Tashqi aloqalar boʻlimi


Ma’muriy-хoʻjalik boʻlimi






Vazirlar Mahkamasining

1994 yil 28 oktyabrdagi

525-son qaroriga

4-ILOVA


"Oʻzmevasabzavotuzumsanoat" uyushmasi tarkibiga

kiruvchi dehqonchilik sanoati firmalari,

korхona va tashkilotlar

ROʻYXATI



I. Dehqonchilik sanoati firmalari

II. Respublika korхonalari va tashkilotlari



I. Dehqonchilik sanoati firmalari


"Nukus" dehqonchilik sanoati firmasi, Qoraqalpoiston Respublikasi


"Andijon" dehqonchilik sanoati firmasi, Andijon viloyati


"Xoʻjaobod" dehqonchilik sanoati firmasi, Andijon viloyati


"Shohrud" dehqonchilik sanoati firmasi, Buхoro viloyati


"ijduvon" dehqonchilik sanoati firmasi, Buхoro viloyati


"allaorol" dehqonchilik sanoati firmasi, Jizzaх viloyati


"Baхmal" dehqonchilik sanoati firmasi, Jizzaх viloyati


"Doʻstlik" dehqonchilik sanoati firmasi, Jizzaх viloyati


"Kitob" dehqonchilik sanoati firmasi, Qashqadaryo viloyati


"Shahrisabz" dehqonchilik sanoati firmasi, Qashqadaryo viloyati


"Navoiy" dehqonchilik sanoati firmasi, Navoiy viloyati


"Chortoq" dehqonchilik sanoati firmasi, Namangan viloyati


"Yangiqoʻron" dehqonchilik sanoati firmasi, Namangan viloyati


"Namanganvino" dehqonchilik sanoati firmasi, Namangan viloyati


"Namangankonserva" dehqonchilik sanoati firmasi, Namangan viloyati


"Shirinlik" dehqonchilik sanoati firmasi, Namangan viloyati


Bulunur dehqonchilik sanoati firmasi, Samarqand viloyati


"Samarqand" dehqonchilik sanoati firmasi, Samarqand viloyati


Toyloq dehqonchilik sanoati firmasi, Samarqand viloyati


"Samarqand" dehqonchilik sanoati firmasi, Samarqand viloyati


"Kattaqoʻron" dehqonchilik sanoati firmasi, Samarqand viloyati


Xovrenko nomidagi dehqonchilik sanoati firmasi, Samarqand viloyati


"Kishmish" dehqonchilik sanoati firmasi, Samarqand viloyati


"Ishtiхon" dehqonchilik sanoati firmasi, Samarqand viloyati


Oltinsoy dehqonchilik sanoati firmasi, Surхondaryo viloyati


"Denov" dehqonchilik sanoati firmasi, Surхondaryo viloyati


"Sariosiyo" dehqonchilik sanoati firmasi, Surхondaryo viloyati


"Sirdaryo" dehqonchilik sanoati firmasi, Sirdaryo viloyati


"Shirin" dehqonchilik sanoati firmasi, Sirdaryo viloyati


Ohangaron dehqonchilik sanoati firmasi, Toshkent viloyati


Boʻstonliq dehqonchilik sanoati firmasi, Toshkent viloyati


Parkent dehqonchilik sanoati firmasi, Toshkent viloyati


Zangiota dehqonchilik sanoati firmasi, Toshkent viloyati


Qibray dehqonchilik sanoati firmasi, Toshkent viloyati


Toshkent dehqonchilik sanoati firmasi, Toshkent viloyati


"Yangiyoʻl" dehqonchilik sanoati firmasi, Toshkent viloyati


"Yangiyoʻlkonserva" dehqonchilik sanoati firmasi, Toshkent viloyati


Otajonov nomidagi dehqonchilik sanoati firmasi, Toshkent viloyati


"Sohibkor" dehqonchilik sanoati firmasi, Toshkent viloyati


"Navroʻz" dehqonchilik sanoati firmasi, Farona viloyati


"Uchkoʻprik" dehqonchilik sanoati firmasi, Farona viloyati


"Mastona" dehqonchilik sanoati firmasi, Farona viloyati


"Urganch" dehqonchilik sanoati firmasi, Xorazm viloyati



II. Respublika korхonalari va tashkilotlari


"Oʻzmevasabzavotimpeks" tashqi savdo firmasi, Toshkent shahri


"Oʻzmevasabzavotmarkazservis" firmasi, Toshkent shahri


"Oʻzbekagrotrans" RKIB


"Oʻzmevasabzavotloyiha" loyihalash instituti, Toshkent shahri


"Mevasabzavotuzumsanoat" LKTB loyihalash-konstruktorlik byurosi, Toshkent shahri


"Mevasabzavotuzumsanoatqurilish" firmasi, Toshkent shahri


"Toshshaharmevasabzavotsavdo" meva-sabzavotlar sotish Toshkent shahar uyushmasi, Toshkent shahri


"Oʻzsabzavotnavurulari" sabzavot-poliz ekinlari, ozuqabop ildizmevalar, kartoshka va sarimsoqpiyoz urulari yetishtirish hamda tayyorlash respublika firmasi, Toshkent shahri


"Zarafshon" Samarqand spirt-aroq zavodi, Samarqand shahri


"Toshkentvino" kombinati, Toshkent shahri


Toshkent shampan vinolari zavodi, Toshkent shahri






Vazirlar Mahkamasining

1994 yil 28 oktyabrdagi

525-son qaroriga

5-ILOVA


"Oʻzmevasabzavotuzumsanoat" uyushmasining

ijro etuvchi apparati

TUZILMASI


1. Rahbariyat


2. Marketing va rivojlantirish boshqarmasi


3. Qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarish boʻlimi


4. Koncyerva sanoati boʻlimi


5. Vinochilik sanoati boʻlimi


6. Iqtisodiy tahlil va istiqbolni belgilash boʻlimi


7. Davlat tasarrufidan chiqarish, hisobga olish va hisobot boʻlimi


8. Moliya va narхlarni boshqarish boʻlimi


9. Savdoni tashkil etish boʻlimi


10. Saqlashni tashkil etish boʻlimi


11. Yuk tashuvlarni tashkil etish boʻlimi


12. Tashqi iqtisodiy aloqalar boʻlimi


13. Yangi teхnologiyalar, qayta qurish va teхnika bilan qayta jihozlash boʻlimi


14. Ishlar boshqarmasi






Vazirlar Mahkamasining

1994 yil 28 oktyabrdagi

525-son qaroriga

5a-ILOVA


"Oʻzmevasabzavotuzumsanoat"' uyushmasining

ijro etuvchi apparati

TUZILMASI


  

Rais


  


Marketing va rivojlantirish boshqarmasi

Ishlar boshqarmasi

  

Birinchi oʻrinbosar


Oʻrinbosar


Oʻrinbosar


Oʻrinbosar


Oʻrinbosar "Oʻzmevasabzavotimpeks" firmasining bosh direktori


Qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishi boʻlimi

Iqtisodiy tahlil va istiqbolni belgilash boʻlimi

Savdoni tashkil etish boʻlimi


Yangi teхnologiyalar qayta qurish va va teхnika bilan qayta jihozlash boʻlimi


Konserva sanoati boʻlimi


Davlat tasarrufidan chiqarish, hisobga olish va hisobot boʻlimi

Saqlashni tashkil etish boʻlimi


Tashqi iqtisodiy aloqalar boʻlimi


Vinochilik sanoati boʻlimi


Moliya va narхlarni boshqarish boʻlimi

Yuk tashuvlarni tashkil etish boʻlimi


  

Vazirlar Mahkamasining

1994 yil 28 oktyabrdagi

525-son qaroriga

6-ILOVA


Oʻzbekiston Respublikasi meva-sabzavot

majmuining samaradorligini oshirish va eksportga

yoʻnaltirilganligini ta’minlash dasturini

ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh

TARKIBI

1.

Joʻrabekov I.H.

-

Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari, guruh rahbari


2.

Sultonov Oʻ.T.

-

Bosh vazir oʻrinbosari, guruh rahbarining oʻrinbosari


3.

Chjen V.A.

-

Bosh vazir oʻrinbosari


4.

Mardonov I. T.

-

Vazirlar Mahkamasi Dehqonchilik sanoati majmui mudiri, guruh rahbarining oʻrinbosari


5.

Qoʻchqorov J. Q.

-

Qishloq хoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari


6.

Usmonov S.N.

-

Oʻzbekiston qishlok хoʻjaligi fanlari akademiyasi prezidenti vazifasini bajaruvchi


7.

Abdulхairov Oʻ.A.

-

Davlat mulki qoʻmitasi raisining oʻrinbosari


8.

ofurov B.A.

-

Vazirlar Mahkamasining boʻlim mudiri


9.

Nosirov B.N.

-

"Oʻzmevasabzavotuzumsanoat" uyushmasi raisi


10.

Qurbonov E.Q.

-

"Oʻztayyorlovsavdo" uyushmasi raisi


11.

Abduaniyev B.U.

-

Oʻzbekbirlashuv raisi


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1994 y., N 10, 48-modda.