Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.11.1994 y. 554-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasiga qisman oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

17.11.1994 y.

N 554



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR

MAHKAMASI APPARATI TUZILMASIGA

QISMAN OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh

TOʻRISIDA


Qurilish, trancport va aloqa kompleksi faoliyatini takomillashtirish hamda uning ish samaradorligin oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Kapital qurilish boʻlimining transport va aloqa shoʻ’basi negizida Vazirlar Mahkamasi apparati хodimlarining umumiy sonini 2 nafarga koʻpaytirgan holda 5 хodimdan iborat mustaqil Transport va aloqa boʻlimi tashkil etilsin.


2. Kapital qurilish, transport va aloqa boʻlimi Qurilish, binokorlik materiallari sanoati va kommunal хizmat koʻrsatish boʻlimiga aylantirilsin.


3. Kompleks rahbari R.R. Yunusov oʻn kun muddatda Qurilish, binokorlik materiallari sanoati va kommunal хizmat koʻrsatish boʻlimi hamda Transport va aloqa boʻlimi toʻrisidagi nizomni belgilangan tartibda tasdiqlasin.



Vazirlar  Mahkamasining Raisi                                                I. Karimov