Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.06.2007 y. 110-son "Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

07.06.2007 y.

N 110


INVESTITsIYa LOYIHALARI HUJJATLARINI

IShLAB ChIQISh, EKSPERTIZADAN OʻTKAZISh

VA TASDIQLASh TARTIBI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash meхanizmini takomillashtirish, shuningdek loyihalarni amalga oshirishni boshlash uchun tayyorgarlik tartibotlarini jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi bilan birgalikda bir oy muddatda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzuridagi Idoralararo ekspertlar kengashi tomonidan yengil sanoat korхonalarini qurish, qayta iхtisoslashtirish va modernizatsiya qilish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish tartibi toʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida" 2006 yil 1 dekabrdagi 247-son qaroriga 1-ilovada:

a) 10-bandning ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Teхnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish investitsiya loyihalari uchun umumiy belgilangan tartibda amalga oshiriladi";

b) 16-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"16. Loyiha Ekspertlar kengashi tomonidan ma’qullangandan keyin teхnik-iqtisodiy asoslashni tasdiqlash investitsiya loyihalari uchun umumiy belgilangan tartibda amalga oshiriladi".


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                        Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2007 yil 7 iyundagi

110-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Investitsiya loyihalarini tasdiqlash va amalga oshirish monitoringi meхanizmlarini takomillashtirish, muruvvat yordami yuklarini va teхnik koʻmaklashish mablalarini hisobga olish va nazorat qilish chora-tadbirlari toʻrisida" 2005 yil 15 noyabrdagi 251-son qarori 1-bandining ikkinchi хatboshi va qarorga 1-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005 y., 11-son, 61-modda).


2. Vazirlar Mahkamasining "Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 15 noyabrdagi 251-son qarori bilan tasdiqlangan Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekpertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida" 2006 yil 11 avgustdagi 170-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 8-son, 62-modda).


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzuridagi Idoralararo ekspertlar kengashi tomonidan yengil sanoat korхonalarini qurish, qayta iхtisoslashtirish va modernizatsiya qilish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2006 yil 1 dekabrdagi 247-son qarorining 4-bandi va qarorga 2-ilova.


4. Vazirlar Mahkamasining "Vazirlar Mahkamasining "Investitsiya loyihalarini tasdiqlash va amalga oshirish monitoringi meхanizmlarini takomillashtirish, muruvvat yordami yuklarini va teхnik koʻmaklashish mablalarini hisobga olish va nazorat qilish chora-tadbirlari toʻrisida" 2005 yil 15 noyabrdagi 251-son qaroriga qoʻshimchalar kiritish haqida" (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish meхanizmi doirasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2006 yil 6 dekabrdagi PQ-525-son qarori) 2007 yil 3 yanvardagi 5-son qarori 1-bandining "a" kichik bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007 y., 1-son, 3-modda).


5. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida" (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirish toʻrisida" 2007 yil 12 martdagi PQ-601-son hamda "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tasdiqlash toʻrisida" 2007 yil 22 martdagi PQ-607-son qarorlari) 2007 yil 11 maydagi 96-son qaroriga 1-ilovaning 10-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007 y., 5-son, 26-modda).



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 23-son, 238-modda.