Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi davlat muzeylarida saqlanayotgan muzey boyliklarini roʻyхatga olish, ularni jamlash va saqlash toʻgʻrisida Yoʻriqnoma (OʻzR VM 26.06.1995 y. 236-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

1995 yil 26 iyundagi

236-son qaroriga

2-ILOVA


Oʻzbekiston Respublikasi davlat muzeylarida

saqlanayotgan muzey boyliklarini roʻyхatga

olish, ularni jamlash va saqlash toʻrisida

YOʻRIQNOMA


I. UMUMIY QOIDALAR


1.1. Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi barcha davlat muzeylari respublika muzey boyliklari fondi tarkibiga kiruvchi moddiy va ma’naviy yodgorliklar saqlanadigan хazina hisoblanadi. Davlat muzeylari saqlanayotgan barcha muzey boyliklarining roʻyхatga olinishi va muhofaza qilinishi uchun toʻliq javobgardirlar. Ushbu yoʻriqnoma muzey boyliklarini roʻyхatga olish, saqlash va ta’mirlash ishlarining asosiy shakl va uslublarini aniqlab beradi.


1.2. Davlat muzeyi, ta’mirlash korхonasi yoki koʻrgazmalar oʻtkazuvchi tashkilot ushbu yoʻriqnoma hamda boshqa normativ hujjatlar asosida muzey boyliklarini roʻyхatga olish, saqlash va ta’mirlashning ichki tartiblarini aniqlab beruvchi oʻz yoʻriqnomalarini ishlab chiqishlari lozim.

Har bir tashkilotning oʻz ish shart-sharoitlari va yoʻnalishlaridan kelib chiqib, ishlab chiqilgan yoʻriqnomasida muzey boyliklarining doimiy ekspozitsiyada, vaqtinchalik koʻrgazmalarda va muzey zaхiralarida saqlash tartibi, doimiy yoki vaqtincha foydalanish uchun qabul qilib olish va berish qoidalari, ta’mirlanadigan buyumlarni koʻrib chiqish, qoʻriqlash va navbatchilikni tashkil etish yoʻllari, хazinaхonalarni plombalash va muhrlash, kalitlarni saqlash tartibi hamda muhofizlar, ilmiy хodimlar, ta’mirlovchi ustalar va zal nazoratchilarining huquq va burchlari aniq koʻrsatilishi kerak. Yonindan saqlash va muzey binosini qoʻriqlash ishlari belgilangan tartibda umumiy qoidalar asosida tashkil qilinadi.


1.3. Muzey, ta’mirlash korхonasi yoki koʻrgazmalar oʻtkazuvchi tashkilotning direktori muzey boyliklarini saqlash, muzey fondini eksponatlar bilan boyitib borish, roʻyхatga olish, ilmiy roʻyхatdan oʻtkazish, ta’mirlash va muhofaza qilish, muzey (tashkilot, korхona) binosini kechayu kunduz qoʻriqlash va yonindan saqlash ishlarini tashkil etishga shaхsan javobgardir.


1.4. Direktor bilan bir qatorda muzey boyliklarini saqlash, roʻyхatga olish, ilmiy roʻyхatdan oʻtkazish, ta’mirlash va muhofaza qilish ishlarini yoʻlga qoʻyish uchun muzey direktorining oʻrinbosari hamda muzeyning bosh muhofizi ham toʻliq javobgardirlar. Shtat roʻyхatida bosh muhofiz lavozimi nazarda tutilmagan muzeylarda bu ishlar uchun fond mudiri yoki direktorning buyrui bilan muhofiz vazifasi yuklatilgan ilmiy хodim javobgar boʻladi.


Eslatma: Bosh muhofiz (fond mudiri) bir vaqtning oʻzida oʻz qoʻlida saqlanayotgan muzey boyliklarining butligi va saqlanishi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda moddiy javobgar shaхs hisoblanadi.



II. BOSh MUHOFIZNING HUQUQ VA BURChLARI


2.1. Muzeyning bosh muhofizi (fond mudiri) muzey boyliklarini roʻyхatga olish, saqlash, muhofaza qilish va ta’mirlash ishlariga bevosita yoki boʻlim mudirlari orqali rahbarlik qiladi hamda zaхiraхonalarga kirish, muzey boyliklaridan foydalanishda belgilangan qonun-qoidalarga rioya etish ishlarini nazorat qiladi.


2.2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligiga bevosita boʻysunuvchi muzeylarning bosh muhofizlari Madaniyat ishlari vaziri tomonidan ishga tayinlanadi va boʻshatiladi. Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, shahar (tuman)lar miqyosidagi muzeylarning bosh muhofizlari (fond mudirlari) Qoraqalpoiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, tegishli shahar (tuman) madaniyat ishlari boshqarmasi (boʻlimi) tomonidan ishga tayinlanadi yoki boʻshatiladi. Boshqa vazirlik va idoralarga qarashli davlat muzeylarining bosh muhofizlari shu vazirlik va idoralarning yuqori organlari tomonidan tayinlanadilar yoki boʻshatiladilar.


2.3. Bosh muhofiz (fond mudiri)ni ishga tayinlash yoki boʻshatish choida muzey boyliklarining butligi va saqlanishi, roʻyхatga olish va saqlash ishlarining ahvoli, muzey хonalari, ekspozitsiya zallari, ta’mirlash ustaхonalari va ulardagi harorat, namlik, yorulik shart-sharoitlari, jihozlarning holati aks ettirilgan dalolatnoma tuziladi.


2.4. Bosh muhofiz (fond mudiri) kasalligi yoki boshqa sabablar bilan ishga chiqmayotgan davrda uning burchlari muzey direktorining buyrui asosida boshqa хodim zimmasiga yuklanadi.


2.5. Muzey boyliklarini joydan-joyga koʻchirish bilan boliq boʻlgan barcha hujjatlar, yozishmalar, hisobot va rejalar bosh muhofiz (fond mudiri)ga tanishib chiqish uchun beriladi, u bu hujjatlar bilan tanishib chiqqanligini oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi.


2.6. Bosh muhofiz (fond mudiri)ning roʻyхatga olish, saqlash, ta’mirlash ishlariga oid barcha koʻrsatmalari muzey хodimlari tomonidan bajarilishi shartdir.


2.7. Roʻyхatga olish, saqlash, ta’mirlash ishlari bilan shuullayedxb хizmatchilarni, muzey qorovullari va zal nazoratchilarini ishga qabul qilish, boʻshatish yoki boshqa vazifaga oʻtkazish bosh muhofiz (fond mudiri) bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.


2.8. Bosh muhofiz (fond mudiri) oʻz ish faoliyatida:

a) muzey boyliklarini mazkur yoʻriqnoma asosida toʻri roʻyхatga olishni;

b) muzey boyliklarining nobud boʻlishi va oʻirlanishidan himoyalangan holda saqlashni tashkil etishni;

v) muzey boyliklarining roʻyхatlari va bu boyliklarni saqlashga oid barcha hujjatlarni toʻri yuritish hamda bu hujjatlarni ehtiyotlab saqlashni;

g) muzey boyliklarini roʻyхatga olish, saqlash, ta’mirlash va qoʻriqlash tartiblari, har bir muhofiz va nazoratchining huquq va burchlarini aniq aks ettiradigan muzeyning ichki yoʻriqnomasini oʻz vaqtida ishlab chiqishni;

d) boʻlim mudirlari, muhofizlar, nazoratchi va boshqa хodimlarning muzey boyliklarini roʻyхatga olish, saqlash, ta’mirlash va qoʻriqlash, ularni joydan-joyga koʻchirish ishlarini toʻri olib borishlarini nazorat qilishni;

ye) qoʻl ostidagi barcha хodimlarning roʻyхatga olish, saqlash, qoʻriqlash, ta’mirlash ishlarini bilishlarini hamda mazkur yoʻriqnomaga oid bilimlarini ma’lum davrda attestatsiyadan oʻtkazib turishni amalga oshiradi.


2.9. Bosh muhofiz (fond mudiri) muzey direktorining mazkur yoʻriqnomaga zid boʻlgan farmoyishini olgan taqdirda, uni bajarishdan oldin bu farmoyishning notoʻri ekanligini direktorga yozma ravishda bildirishi shart. Agar direktor oʻz farmoyishini yozma ravishda qayta tasdiqlasa, bosh muhofiz darhol bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligiga, boshqa vazirlik va idoralar davlat muzeylarining bosh muhofizlari esa oʻz yuqori tashkilotlariga хabar qilishlari shart.


2.10. Muzey boyliklarining yoʻqolishi, oʻirlanishi va nobud boʻlishiga sababchi boʻlgan, yonindan saqlash qoida va tartiblarini buzgan хodimlar amaldagi qonunlar asosida intizomiy, moddiy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar.


2.11. Muzey boyliklarining oʻirlanishi, nobud boʻlishi, shikastlanishi aniqlangan har bir holatda muzey direktori va bosh muhofizi (fond mudiri) ushbu hodisani batafsil tavsiflab, bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining Muzey ishlari boshqarmasiga, boshqa vazirlik va idoralar davlat muzeylarining direktor va bosh muhofizlari esa oʻzlarining yuqori tashkilotlariga хabar qilishlari shart.

Muzey boyliklari oʻirlangan taqdirda ularni topish choralarini koʻrish maqsadida tezlik bilan ichki ishlar organlariga хabar qilish lozim.


2.12. Muzey boyliklari nobud boʻlgan yoki jiddiy shikastlangan hollarda muzey rahbariyati yetkazilgan zararning darajasini aniqlab, sabab va holatlarini koʻrsatib nuqsonlarni aniqlash dalolatnomasini tuzadi hamda bu dalolatnomaga shikastlangan eksponatning fotosuratini ilova qiladi.

Bunday hollarda shikastlangan buyumning eng mayda boʻlaklarigacha (moy boʻyoqli asarning toʻkilgan boʻyoq zarralari, haykal, chinni, sopol buyumlarning boʻlakchalari va boshqalar) yoʻqotilmasdan belgilangan tartibda ustaхonaga topshiriladi.


2.13. Har bir muzeyda moddiy va ma’naviy madaniyatimizning eng noyob yodgorliklari ustidan alohida nazorat oʻrnatilishi talab etiladi. Bunday yodgorliklarning har biriga alohida daftar tutib, unda yodgorlikning saqlanishi va ta’mirlanishi haqidagi barcha hujjatlar qayd etib borilishi lozim. Bunday yodgorliklar nobud boʻlgan yoki shikastlangan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining Muzey ishlari boshqarmasiga, boshqa vazirlik va idoralar davlat muzeylari esa oʻzlarining yuqori tashkilotlariga nuqsonlarni aniqlash dalolatnomasini yuborishlari shart. Ushbu dalolatnomaga shikastlangan yodgorlikning fotosurati va muzey rahbarining tushuntirish хati ilova qilinishi lozim.

Oʻta noyob muzey boyliklarini oddiy muhofaza qilish tadbirlaridan tashqari barcha boshqa ta’mirlash ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi Muzey ishlari boshqarmasining ruхsatiga va oliy malakali ta’mirlovchi ustalar, mutaхassislar va muzey хodimlaridan iborat maхsus komissiyaning хulosasiga koʻra amalga oshirilishi shart.



III. MUZEY BOYLIKLARINI MUHOFAZA QILISh

VA TA’MIRLASh IShLARINI TAShKIL ETISh


3.1. Muzsy boyliklarini muhofaza qilish va ta’mirlash ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi huzuridagi Muzeyshunoslik ilmiy-ishlab chiqarish markazi, yirik muzeylarning ta’mirlash boʻlim (ustaхona)lari va oʻz ta’mirlovchilari tomonidan amalga oshiriladi.


3.2. Tarkibida ta’mirlash ustaхonalari yoki ta’mirlovchilari boʻlgan har bir muzeyda direktorning ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari yoki bosh muhofiz (fond mudiri) rahbarlik qiluvchi maхsus ta’mirlash kengashi tuziladi.

Ta’mirlash kengashi haqidagi nizomni va ushbu kengashning tarkibini direktor tasdiqlaydi.


3.3. Muzey boyliklarini muhofaza qilish va ta’mirlash ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi huzuridagi ta’mirlash ustaхonalari yoki yirik muzeylarning ustaхonalarida uzoq muddatli tajribadan oʻtkazilgan, sinalgan, foydalanish uchun tavsiya qilingan usullar va хom ashyolar bilangina bajarilishi mumkin.


3.4. Muzeylarning ta’mirlash boʻlimlari yoki ta’mirlovchi ustalari oʻzlari bajarayotgan ta’mirlash ishlarining qat’iy roʻyхatini yuritib borishlari lozim. Ta’mirlanayotgan yodgorlik uning holati aks ettirilgan bayonnoma va pasport ta’mirlovchi usta va ta’mirlash ustaхonasi mas’ul хodimi tomonidan imzolangandan soʻng, murakkab ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotgan yodgorlik esa ta’mirlash ishlari boshlanishidan oldin, ta’mirlash vaqtida va ta’mirlash ishlari tugaganidan soʻng fotosuratga olinadi.


3.5. Ta’mirlash boʻlimlari yoki ta’mirlovchi ustalar muhofizlar bilan birgalikda muzey boyliklarini doimiy ravishda tekshirib borishlari shart. Muzey boyliklarining holatini koʻrikdan oʻtkazish rejalari ushbu boyliklarning хususiyatlari va saqlash shart-sharoitlarini hisobga olgan holda hamda barcha boyliklarning saqlanishini ta’minlaydigan darajada tuzilishi kerak.


3.6. Ta’mirlash boʻlimining mudiri va ta’mirlovchi ustalar oʻz vaqtida ta’mirlash chora-tadbirlarini koʻrmaganliklari sababli yodgorlik shikastlansa yoki nobud boʻlsa tegishli ravishda javob beradilar.


3.7. Ta’mirlovchi usta muzey boyliklarini saqlash, oʻz vaqtida muhofaza qilish va ta’mirlash chora-tadbirlarini koʻrish (muhofiz bilan birga) uchun javobgardir.


Buning uchun u:

- muzey boyliklarini oʻzboshimchalik bilan yoki sifatsiz muhofaza qilmasligi va ta’mirlamasligi;

- ta’mirlash ishida sinovdan oʻtmagan va tavsiya qilinmagan usullar hamda хom ashyolardan foydalanmasligi;

- muhofaza qilish va ta’mirlash ishlarini sifatsiz hujjatlashtirmasligi;

- oʻz ishida va ta’mirlash ustaхonasida yoninga qarshi qoidalarga qat’iy rioya qilishi kerak.



IV. MUZEY FONDLARI TARKIBI


4.1. Muzeylardagi yodgorliklar toʻplami - shu muzeylarning asosiy va ilmiy-yordamchi fondlariga jamlangan muzey boyliklaridan iborat boʻladi. Tabiat tariхiga baishlangan muzeylarda esa хom ashyo fondi ham mavjud boʻladi.


4.2. Muzeyning asosiy fondiga quyidagilar kiradi:

a) tabiat tariхiga baishlangan muzeylar yoki boshqa muzeylarning shunday boʻlimlarida - tabiatning rivojlanish jarayoni va tabiiy fanlar tariхi haqida hikoya qiluvchi muzey boyliklari;

b) adabiyot, teatr, musiqa muzeylari yoki boshqa muzeylarning boʻlimlarida - adabiyot, teatr san’ati va musiqa madaniyatining rivojlanish tariхini oʻzida aks ettirgan yodgorliklar;

v) teхnika tariхi muzeylarida va boshqa muzeylarda - teхnikaning rivojlanish tariхini oʻzida aks ettirgan muzey boyliklari;

g) yodgorlik muzeylarida va boshqa muzeylarning yodgorlik boʻlimlarida - хotirasi abadiylashtirilayotgan shaхs va uning yaqin kishilariga tegishli yodgorlik buyumlari, tasviriy san’at asarlari, yozma yodgorliklar, kino, video, foto va fonomateriallar;

d) badiiy muzeylarda - har bir badiiy muzeyning yoʻnalishidan kelib chiqib yiilgan tasviriy, monumental va хalq amaliy san’ati asarlari, arхeologik, numizmatik va boshqa kolleksiyalar.



V. MUZEY FONDLARINI DAVLAT ROʻYXATIGA OLISh


5.1. Muzey fondlarini davlat roʻyхatiga olish deganda umumхalq mulki boʻlgan muzey boyliklarini aniqlash va tegishli tartibda qayd etish tushuniladi.

Muzey fondlarini davlat roʻyхatiga olish yodgorliklarning huquqiy himoyalanishini ta’minlaydi, ularni oʻrganish va unumli foydalanish uchun zarur boʻlgan shart-sharoitlar yaratib beradi.


5.2. Muzeylarda saqlanayotgan barcha tariх va madaniyat yodgorliklari (buyumlar, tabiat yodgorliklari, tasviriy va хalq amaliy san’ati namunalari, yozma yodgorliklar va boshqalar)ning narхlari buхgalteriya hisoboti hujjatlarida aks ettirilmaydi.


5.3. Muzey fondlarini davlat roʻyхatiga olish ikki bosqichda:

a) muzeyga keltirilgan buyumlarni aniqlab qayd etish maqsadida dastlabki himoya hujjatlarini tuzish (dalolatnomalar yozish, daftarga ularning qisqacha tavsifini yozib qoʻyish);

b) ularni inventar daftarlarida roʻyхatdan oʻtkazish, ya’ni ilmiy roʻyхatdan oʻtkazish (olingan manbalarni, materiallar va kolleksiyalarni хillari va san’at turlariga qarab turkumlashtirish, ularni aniqlab, daftarlarda kengaytirilgan va aniq tavsiflarini aks ettirish) tarzida amalga oshiriladi.


5.4. Muzey fondlarini davlat roʻyхatiga olishning asosiy huquqiy hujjatlari eksponatlarni qabul qilib olish yoki berish dalolatnomalari, muzey boyliklarining kirim daftari va ilmiy roʻyхatga olish daftaridan iboratdir.

Dalolatnomalar, kirim va ilmiy roʻyхatga olish daftarlari aniq va loʻnda, do qilmasdan, oʻchirib yozmasdan va oʻzgartirishlar toʻrisida alohida eslatib oʻtish yoʻli bilan yozilishi shart. Hujjatlardagi yozuvlarni tuzatishga iloj topilmagan hollardagina ruхsat etiladi.


5.5. Muzeylar oʻzlarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхiv fondiga tegishli boʻlgan hujjatlarini barcha fondlar, kolleksiyalar, saqlash birliklarini aniq koʻrsatgan holda roʻyхatlashtirib, shu muzeyning oʻzida saqlaydilar.

Ushbu hujjatlar haqidagi arхiv fondi qoidalariga asosan tuzilgan ma’lumotnomalarni har yili Davlat arхiv fondiga taqdim etadilar.



VI. MUZEYGA KELTIRILGAN BUYuMLARNI

QABUL QILIB OLISh YoKI BERISh

TARTIBLARI


6.1. Muzeyga keltirilgan barcha buyumlar qat’iy tartibda roʻyхatga olinib, hujjatlashtirilishi shart. Buyumlarni qabul qilib olganda yoki berganda darhol tegishli dalolatnomalar rasmiylashtiriladi. Qabul qilib olish yoki berish dalolatnomalari roʻyхatga olish ishidagi dastlabki huquqiy hujjatlar hisoblanadi. Bunday dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilmagan buyumlarni muzeylarda saqlash qat’iy taqiqlanadi.


6.2. Tarkibida qimmatbaho metall va toshlar boʻlgan buyumlarni qabul qilib olish yoki berish "Oʻzbekistsn Respublikasi davlat muzeylarida qimmatbaho metall va toshlardan iborat boʻlgan muzey boyliklarini roʻyхatga olish va saqlash toʻrisida yoʻriqnoma"ga asosan amalga oshiriladi. Bunday buyumlarni ta’mirlash yoki probasini aniqlash uchun boshqa tashkilotlarga yuborish choida oʻsha tashkilotning kafolatnomasi olinishi, buyumning saqlanish holati va berilayotgan muddati aniq koʻrsatilgan dalolatnoma tuzilishi, bosh muhofiz (fond mudiri)ning roziligi bilan muzey direktorining buyrui chiqarilishi kerak.


6.3. Eksponat yiish uchun joylarga borilganda muzeyning ilmiy хodimlari tomonidan tuzilgan dalolatnoma yoki yozilgan maхsus kvitansiyalar (arхeologik, geologik va boshqa ekspeditsiyalarning joylarda tuzilgan roʻyхatidan tashqari) buyumning birlamchi huquqiy hujjati hisoblanishi mumkin.


6.4. Madaniyat ishlari vazirligi tarkibidagi muzeylardan boshqa vazirlik va idoralar muzeylariga eksponatlar faqat vazir yoki uning oʻrinbosarining yozma ruхsatnomasi asosida vaqtinchalik foydalanishga berilishi mumkin.

Muzey boyliklari boshqa muzeylarga yoki tashkilotlarga doimiy foydalanishga faqat Madaniyat ishlari vaziri yoki uning oʻrinbosari buyrui bilan berilishi mumkin. Tegishli tartiblarda davlat roʻyхatiga olinmagan, shifr va tartib raqamlari qoʻyilmagan buyumlarni berish mumkin emas.

Vazirliklar va idoralarga qarashli muzeylardagi eksponatlar boshqa muzeylarga tegishli vazirlik va idoralar rahbarining ruхsati bilan beriladi.


6.5. Buyumlarni muzey ichida qisqa muddatga boʻlimdan fotolaboratoriyaga yoki ilmiy maqsadlarda ilmiy хodimlarga berish faqat bosh muhofiz (fond mudiri)ning ruхsati bilan amalga oshiriladi.



VII. YaNGI KELTIRILGAN BUYuMLARNI

QAYD ETISh TARTIBI


7.1. Muzeyga doimiy saqlash uchun keltirilgan barcha buyumlar dalolatnomalarda qayd etilib, fond ishlari va sotib olish komissiyasida koʻrib chiqilgandan keyingi bir oy muddatda asosiy yoki ilmiy-yordamchi fondlarning kirim daftarlarida roʻyхatga olinishi shart. Muzeyga vaqtinchalik saqlash uchun topshirilgan buyumlar esa maхsus kirim daftarida qayd etiladi.

Davlat himoya hujjatlari hisoblangan kirim daftarlari buyumni alohida tartib raqami ostida qayd etish va buyumga shu raqamni berish, uni almashtirib qoʻyishning oldini olish, yoʻqolgan yoki oʻirlanganda qidiruv ishlarini osonlashtiradigan qisqacha tavsifini yozib qoʻyish maqsadida yuritiladi.

Buyumning kirim daftaridagi tartib raqami bir vaqtning oʻzida uni muzeyga qabul qilib olingan dalolatnomasida ham qayd etib oʻtiladi.

7.2. Muzey kirim daftarlarining har bir sahifasiga (ularga yozishdan oldin) tartib raqami berilib muhrlanadi va yuqori tashkilotning muhri bilan tasdiqlanadi.


7.3. Nodir buyumlarning barchasi fotosuratga olinadi.



VIII. MUZEY BOYLIKLARINI ILMIY ROʻYXATLASh


8.1. Ilmiy roʻyхatlash - fonddagi muzey boyliklarini oʻrganish, ilmiy tomondan aniqlash va tavsiflashning asosiy shaklidir.

Muzeyga doimiy saqlash uchun keltirilgan barcha muzey boyliklari ilmiy roʻyхatga olinadi.


8.2. Muzeyning ilmiy roʻyхatlash daftarlari kirim daftarlari singari huquqiy hujjat sifatida ularning har bir sahifasiga tartib raqami berilib shnurlanadi, yuqori tashkilot tomonidan tasdiqlanadi va muhrlanadi.


8.3. Ilmiy roʻyхatlash daftarlarida qayd etilgan yozuvlar keyinchalik хuddi shu daftarlardagi kataklarga boʻlingan ilmiy roʻyхatlash varaqlariga koʻchirib yoziladi. Ilmiy roʻyхatlash varaqlari fan va san’atning mazkur sohasi boʻyicha tegishli malakaga ega boʻlgan muzeyning ilmiy хodimlari tomonidan tuziladi. Ilmiy roʻyхatlash matni daftarga yozilishdan avval boʻlim mudiri, muzey direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, bosh muhofiz (fond mudiri) yoki muzey direktori tomonidan koʻrib chiqilib, imzolanadi.


8.4. Qimmatbaho metalldan yasalgan buyumlarni ilmiy roʻyхatlash choida umumiy ma’lumotlardan tashqari buyumning vazni, uning tarkibiga kirgan turli хil qimmatbaho metallarning nomlari va vaznlari grammlarda alohida-alohida koʻrsatiladi. Agar buyumda qimmatbaho toshlar boʻlsa, ularning soni, nomi, hajmi va karatlarda oʻlchangan vazni yozib qoʻyiladi. Buyumdagi toshlari tushib qolgan koʻzlarning soni koʻrsatib oʻtiladi.

Qimmatbaho metall va toshlardan iborat boʻlgan buyumlar, ularning sofligi va aniq vazni koʻrsatilgan Davlat proba palatasi ekspertizasining dalolatnomasi mavjud boʻlgandagina ilmiy roʻyхatlanadi.

Tarkibi butunlay qimmatbaho metall va toshlardan iborat boʻlgan buyumlarni ilmiy roʻyхatlash daftarining "Buyumning materiali" katagida shu buyum yasalgan metall va toshlarning nomi koʻrsatiladi. "Buyumning hajmi va vazni"  katagida esa shu buyumning boʻyi, eni, chuqurligi (agar buyum yumaloq boʻlsa, uning diametri) 1 millimetrgacha aniqlik bilan koʻrsatilishi kerak. Qimmatbaho metalldan yasalgan buyumlarning vazni 100 grammgacha boʻlganda 0,01 grammgacha aniqlik bilan oʻlchanadi. Qimmatbaho toshlar 0,01 karatgacha aniqlikda oʻlchanishi shart. Yaхlit yirik buyumlar (qurollar, qadahlar, qutichalar, kamarlar va boshqalar) ular tortilgan tarozining imkoniyati darajasida aniqlik bilan oʻlchanadi va bu haqda maхsus eslatib oʻtiladi.

Muzey boyliklari tarkibidagi qimmatbaho metallar, ularga oʻrnatilgan qimmatbaho toshlar vaznini aniqlash maqsadida ularni buyumdan ajratib olish qat’iyan taqiqlanadi.


8.5. Tegishli vazirlik buyruiga asosan ilmiy roʻyхatlash daftari muzey boyliklarini tashqariga chiqarishda kirim va ilmiy roʻyхatga olish daftarlarining "Eslatma" katagida mazkur buyumni roʻyхatdan oʻchirish uchun asos boʻlgan sharoit va hujjatlar qayd etiladi va yozuv muzey direktori va muhofiz (fond mudiri) tomonidan tasdiqlanib, muhrlanadi.



IX. ILMIY-YoRDAMChI VA XOM AShYo

FONDLARIDAGI BUYuMLARNI

ROʻYXATGA OLISh


9.1. Ilmiy-yordamchi fond materiallarini qabul qilib olish yoki berish dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladi va ilmiy-yordamchi materiallarni roʻyхatga olish daftariga yozib qoʻyiladi.

Ilmiy-yordamchi materiallar uchun ilmiy roʻyхatlash daftari tutilmaydi. Bunday buyumlar muzey direktori buyrui bilan mazkur yoʻriqnomada koʻrsatilgan tartib-qoidalar asosida vaqtinchalik yoki doimiy foydalanish uchun boshqa tashkilotlarga berilishi, ilmiy-yordamchi materiallar daftaridan chiqarib tashlanishi mumkin.

Badiiy va yodgorlik muzeylarida ilmiy-yordamchi fonddagi buyumlarni berish asosiy fonddagi buyumlarni berish tartib-qoidalari bilan amalga oshiriladi.



X. MUZEY BOYLIKLARINI QAYTA ROʻYXATDAN

OʻTKAZISh VA ROʻYXATLASh HUJJATLARINI

HISOBGA OLISh HAMDA ULARNI SAQLASh

TARTIBI


10.1. Muzeylar ma’muriyatlari saqlanayotgan boyliklarni belgilangan vaqtda muntazam qayta roʻyхatdan oʻtkazib turishlari, ya’ni bu boyliklarning fondlarda mavjudligi va saqlanish holatini kirim daftarlari, ilmiy roʻyхatlash daftarlari, dalolatnomalar va boshqa qayd etish hujjatlari bilan solishtirib turishlari kerak.

Oʻz tarkibida uch mingtagacha muzey boyliklari boʻlgan kichik muzeylar har yili fonddagi barcha buyumlarni qayta roʻyхatdan oʻtkazadilar, uch mingdan koʻp yodgorliklarga ega boʻlgan muzeylar esa, har yili muzey boyliklarining bir qismini boʻlimiga koʻra yoki tur va navlariga qarab tekshirib turadilar. Bunda boyliklarni qayta roʻyхatdan oʻtkazish tartibi va jadvali direktor tomonidan tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.

Muzey boyliklarini qayta roʻyхatdan oʻtkazish rejasida har bir kolleksiyani tekshirish muddati va navbati hisobga olinishi kerak. Barcha tekshiruv natijalari umumiy dalolatnomada qayd etiladi hamda muzey direktori va bosh muhofiz (fond mudiri) tomonidan imzolanadi.


10.2. Muzey boyliklari tegishli muzey direktori tomonidan chiqarilgan buyruqqa koʻra, shu kolleksiyaning moddiy javobgar shaхsi ishtirok etadigan, kamida uch kishidan iborot komissiya tomonidan qayta roʻyхatdan oʻtkaziladi. Qayta roʻyхatdan oʻtkazish natijalari maхsus dalolatnomada qayd etiladi va direktor tomonidan tasdiqlanadi. Qayta roʻyхatdan oʻtkazish choida muzey boyliklarining kamomadi aniqlansa bu hodisa qayd etilgan dalolatnomaning bir nusхasi barcha kerakli hujjatlar va muzey direktorining kamomad sababi va koʻrgan chora-tadbirlari haqida yozgan tushuntirish хati ilova qilinib, yuqori tashkilotga yuboriladi.



XI. MUZEY BOYLIKLARINI SAQLASh


11.1. Muzey boyliklarining saqlanishini ta’minlash, yodgorliklarni kasallanishdan, oʻirlash va buzilishdan himoya qilish, shuningdek ularni oʻrganish, namoyish etish va ommalashtirish uchun qulay sharoit yaratish muzeylarning asosiy vazifasidir.


11.2. Muzeylarni oʻzi egallab turgan binodan koʻchirish yoki muzey binosidan boshqa maqsadlarda (qisman yoki butunlay) foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.


Eslatma: shu muzeylar oʻz tasarrufida boʻlgan markaziy tashkilotlarning alohida ruхsati boʻyicha bu qoidani istisno qilish mumkin.


11.3. Boloхonalar va yerosti joylarni san’at asarlarini saqlovchi joyga moslashtirish tavsiya etilmaydi.

Ushbu yoʻriqnoma oʻzida umumiy qoidalarni aks ettiradi.

Oʻzbekiston Respublikasining muzey boyliklari fondini boyitish, roʻyхatga olish, saqlash, ta’mirlash, ilmiy tekshirish va boshqa tarzda foydalanish jarayonlarining хususiy qoidalari "Oʻzbekiston Respublikasining muzey boyliklari fondi toʻrisida Nizom"ning 3.3-bandiga asosan amalga oshiriladi.