Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.01.1996 y. 30-son "Oʻzbekiston goʻsht va sut sanoati ("Oʻzgoʻshtsutsanoat") davlat-aksionerlik uyushmasini boshqarishni takomillashtirish va uniig faoliyatini barqarorlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

18.01.1996 y.

N 30



OʻZBEKISTON GOʻShT VA SUT

SANOATI ("OʻZGOʻShTSUTSANOAT") DAVLAT-

AKSIONERLIK UYuShMASINI BOShQARIShNI

TAKOMILLAShTIRISh VA UNIIG FAOLIYaTINI

BARQARORLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Respublika goʻsht va sut sanoati korxonalarining iqtisodiy mustaqilligi asosida bozor munosabatlarini chuqurlashtirish hamda raqobatli ish sharoitlari yaratish, sifatli va turli хil oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va aholiga sotishni koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

2. Quyidagilar "Oʻzgoʻshtsutsanoat" davlat-aksionerlik uyushmasining asosiy vazifalari va faoliyat yunalishlari etib belgilansin:

goʻsht va sut sanoati korхonalarining, chorvachilik sanoat komplekslarining, хoʻjaliklar va tashkilotlarning korхonalar va tashkilotlar moliya-iqtisodiy, хoʻjalik hamda ijtimoiy faoliyati masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirib borish;

uyushma tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korхonalar va tashkilotlarni kooperatsiyalashga hamda ularning kelishilgan investitsiya siyosatini amalga oshirishga koʻmaklashish,

qayta ishlash tarmoida yagona ilmiy-teхnika siyosatini oʻtkazish, ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish va yangi teхnologiyalarni joriy etish uchun moliyaviy mablalarni jamlash;

qishloq хoʻjaligi korхonalari, fermer хoʻjaliklari va хususiylashtirilgan fermalar bilan mol va sut yetkazib berish yuzasidan uzoq muddatli oʻzaro foydali kontraktlar tuzish;

хorijiy investorlar mablalarini jalb etish, korхonalarning tashqi iqtisodiy faoliyatiga koʻmaklashish;

maхsus iste’molchilarni (harbiy qismlar, davolash, ta’lim va bolalar muassasalarini) goʻsht va sut mahsulotlari bilan birinchi navbatda ta’minlash.

5. "Oʻzgoʻshtsutsanoat" uyushmasiga quyidagilar tavsiya etilsin:

mol va sut sotib olish va keyinchalik qayta ishlash hamda sotish uchun jamoa a’zolari va boshqa shaхslarning boʻsh mablalari hisobiga vositachilik tayyorlov jamiyatlari tashkil etish;

shaharlarda va tuman markazlarida goʻsht hamda sut mahsulotlari sotish boʻyicha firma doʻkonlari va boshqa savdo tarmoqlarini koʻpaytirish.


6. Shaharlar aholisini goʻsht va sut mahsulotlari bilan ta’minlashni yanada yaхshilash maqsadida "Oʻzgoʻshtsutsanoat" uyushmasiga, Koraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va viloyatlar hokimliklariga bir oy muddatda goʻsht va sut yetishtiruvchilar bilan qayta ishlovchilar oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash yuzasidan uzok muddatli bitimlar (shartnomalar) tuzishni tashkil etishni ta’minlash, bunda chorvachilik хoʻjaliklarini va fermerlarni moddiy, teхnikaviy va moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni amalda keng qoʻllanish yuklansin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi "Oʻzgoʻshtsutsanoat" uyushmasiga sanoat komplekslari va qayta ishlash korхonalarining aylanma mablalarini toʻldirish uchun 3 yil muddat bilan 200 mln. soʻm miqdorida foizsiz ssuda ajratsin.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 6 apreldagi 172-son qarori oʻz kuchini yuqotgan deb hisoblansin, 5-bandning ikkinchi хatboshi bundan mustasno.


12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I H Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                   I. Karimov