Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligi tufayli tayinlangan pensiyalarni boshqa davlatlarga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 23.06.1994 y. 317-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

1994 yil 23 iyundagi

317-son qaroriga

2-ILOVA



Mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligi

tufayli tayinlangan pensiyalarni boshqa

davlatlarga oʻtkazish tartibi toʻrisida

NIZOM


Ushbu Nizom doimiy yashash uchun chet elga joʻnab ketgan va "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻrisida" 1993 yil 3 sentyabrdagi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq pensiya olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolarga mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligi tufayli tayinlagan pensiyalarni oʻtkazish tartibini belgilab beradi.



I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizomning amal qilishi mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligi tufayli pensiya tayinlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, chet elliklarga va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga, ular doimiy yashash uchun chet elga joʻnab ketgan taqdirda, tatbiq etiladi.


2. Ushbu Nizomning 1-bandida sanab oʻtilgan chet elga vaqtincha ketayotgan shaхslarga pensiya "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan umumiy asoslarda toʻlanadi.



II. PENSIYaLARNI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

TAShQARISIGA OʻTKAZISh VA ULARNI MABLA

BILAN TA’MINLASh TARTIBI


3. Ushbu Nizomning 1-bandida sanab oʻtilgan shaхslarga pensiya oʻtkazish bilan boliq хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasining mablalari hisobiga amalga oshiriladi.

4. Pensiya quyidagi hujjatlar asosida oʻtkaziladi:

pensiyani oʻtkazish toʻrisidagi ariza;

pensiya oluvchi turgan mamlakatdagi Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasasining pensiya oluvchining doimiy yashash joyi koʻrsatilgan ma’lumotnomasi.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasining tuman (shahar) boʻlimi pensiya oluvchi doimiy yashash uchun chet elga joʻnab ketgandan keyin uning pensiya yimajildini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasining Ijro etuvchi apparatiga beradi.

7. Pensiyalarni chet elga oʻtkazish tomonlarning savdoga boliq boʻlmagan operatsiyalar toʻrisidagi Hukumatlararo bitimiga muvofiq tomonlarning banklari tomonidan belgilanadigan korrespondentlik schyotlari orqali vazirliklar va idoralarning ikki tomonlama bitimlarida qayd etilgan muddatlarda amalga oshiriladi.

Pensiyalarni milliy valyutada qayta hisoblab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, operatsiyalar bajarilgan kunda amalda boʻlgan kurs boʻyicha amalga oshiriladi.


8. Pensiyalarni oʻtkazish chet elga joʻnab ketishgacha pensiya toʻlangan oydan keyingi oydan boshlab amalga oshiriladi.


9. Chet elga oʻtkaziladigan pensiyalar summasi Oʻzbekiston Respublikasi pensiya qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda, agar davlatlararo bitimlar (shartnomalar) bilan oʻzgacha qoida belgilanmagan boʻlsa, qayta hisoblab chiqiladi.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasining Ijro etuvchi apparati mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligi tufayli tayinlangan hamda chet elga oʻtkazilishi kerak boʻlgan pensiya pullarining oʻz vaqtida erkin muomaladagi valyutaga almashtirilishini va joʻnatilishini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki orqali ta’minlaydi. Erkin muomaladagi valyutaga almashtirish uchun resurslar Respublika valyuta jamarmasi tomonidan taqdim etiladi.