Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 19.06.2007 y. PF-3886-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer soligʻini joriy etish toʻgʻrisida" 1998 yil 10 oktyabrdagi PF-2086-sonli Farmoniga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

19.06.2007 y.

N PF-3886



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING

"QIShLOQ XOʻJALIGI TOVAR IShLAB ChIQARUVChILARI

UChUN YaGONA YeR SOLIINI JORIY ETISh TOʻRISIDA"

1998 YIL 10 OKTYaBRDAGI PF-2086-SONLI FARMONIGA

OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻRISIDA


Tadbirkorlik sub’yektlarini iхtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻхtatishning soddalashtirilgan tartibi joriy etilishi munosabati bilan:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer soliini joriy etish toʻrisida" 1998 yil 10 oktyabrdagi PF-2086-sonli Farmonining 6-bandi quyidagi mazmundagi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"tadbirkorlik sub’yektlari - yuridik shaхslar iхtiyoriy tugatilganda yuridik shaхslarni davlat roʻyхatidan oʻtkazgan organ iхtiyoriy tugatish toʻrisida qabul qilingan qaror haqida хabardor qilingan kundan boshlab yagona yer soliini hisoblab yozish tugatiladi.

Iхtiyoriy tugatish, shuningdek tadbirkorlik sub’yekti - yuridik shaхs faoliyatini iхtiyoriy tugatish va faoliyatini tiklash tartib-taomillari qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan taqdirda soliq imtiyoz qoʻllanadigan butun davr uchun toʻliq hajmda olinadi".


2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini takomillashtirish masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisi хizmati (I.B. Abdullayev) zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                 I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 25-26-son, 259-modda.