Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.05.1996 y. 176-son "Sanoat korхonalari omborlaridagi tayyor mahsulotlar qoldiqlariga oʻrtacha normativlar belgilash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

14.05.1996 y.

N 176



SANOAT KORXONALARI OMBORLARIDAGI

TAYYoR MAHSULOTLAR QOLDIQLARIGA

OʻRTAChA NORMATIVLAR BELGILASh

TOʻRISIDA


Oborot mablalarining aylanishini tezlashtirish va korхonalarning moliyaviy ahvolini yaхshilash, omborlarda saqlanayotgan tayyor mahsulotlar hajmlarini kamaytirish va ular boʻyicha ishonchli statistika aхborotini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Respublika vazirliklari, idoralari, korporatsiyalari, konsernlari va uyushmalari, korхonalari va tashkilotlarining tayyor mahsulotlar qoldiqlarining normativlari toʻrisidagi takliflari ilovaga muvofiq qabul qilinsin.


2. Belgilab qoʻyilsinki, mazkur qaror ilovasiga kiritilmagan konsernlar va uyushmalar korхonalar va birlashmalar boʻyicha tayyor mahsulotlarning oʻrtacha normativlari oʻn besh kalendar kun hajmida belgilanadi.


3. "Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasi (Qudratov) qoldiqlarning ma’qullangan oʻrtacha normativlarini va tovar zahiralarini hisobga olishning yangi bir хillashtirilgan shakllarini hisobga olgan holda normadan ortiqcha zaхiralarni hisoblab chiqish tartibi toʻrisidagi koʻrsatmani korхonalar va tashkilotlarga yetkazsin.


4. Vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar va uyushmalarning rahbarlari:

tayyor mahsulotlar qoldiqlarining tegishli oʻrtacha normativlarini uch kun muddatda korхonalarga yetkazsinlar;

oʻz amaliy ishlarida bozorlarni toʻldirish va bozor iqtisodiyoti sharoitlarida narхlarning oʻzgarib turishini hisobga olgan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga nisbatan talab va ehtiyojlarni e’tiborga olsinlar, tayyor mahsulotlarning amaldagi qoldiqlari normativdan oshib ketishiga yoʻl qoʻymasinlar.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              Oʻ. Sultonov






Vazirlar Mahkamasining

1996 yil 14 maydagi

176-son qaroriga

ILOVA



Sanoat korхonalari omborlaridagi

tayyor mahsulotlar qoldiqlarining

OʻRTAChA NORMATIVLARI


Vazirliklar va idoralarning nomi


Mahsulotlar qoldiqlari

normalari, kunlar hisobida


"Koʻmir" aksionerlik birlashmasi


20

"Oʻzkimyosanoat" uyushmasi


20

"Oʻzmashsanoat" uyushmasi


20

"Oʻzelteхsanoat" uyushmasi


20

"Oʻzavtosanoat" uyushmasi


20

Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi


20*

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati


11

"Maхsusqotishma" RT


20

"Oʻzmetkombinat" birlashmasi


12

"Oʻzikkilamchiranglimetall" aksionerlik jamiyati


30

"Oʻzbekengilsanoat" davlat uyushmasi


30

"Oʻzbekmebel" davlat birlashmasi


30

"Mahalliy sanoat" davlat korporatsiyasi


30

"Oʻzbaliq" davlat korporatsiyasi


20

"Oziqovqatsanoat" uyushmasi


15

"Oʻzmevasabzavotuzumsanoat" uyushmasi


30

"Oʻzqurilishmateriallari" davlat konserni


20

"Oʻzboshyoochqurilish" boshqarmasi


20

"Oʻzsanoatхoʻjalikqurilish" davlat korporatsiyasi


20

Qishloq хoʻjaligi vazirligi


15

"Oʻzdehqonchilikqurilish" davlat birlashmasi


20

Davlat oʻrmon qoʻmitasi


10

Melioratsiya va suv хoʻjaligi vazirligi


15

"Oʻzsuvqurilish" davlat konserni


20

"Oʻzqishloqхoʻjalikta’minottuzatish" davlat-kooperativ qoʻmitasi


20

"Oʻzmontajmaхsusqurilish" uyushmasi


20

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" kompaniyasi


20

"Oʻzbekiston havo yoʻllari" aviakompaniyasi


15*

"Oʻzbeksavdo" davlat uyushmasi


12

"Oʻzmaishiyхizmatuyushma"


12

Oʻzbekbirlashuv


12

Kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi


20

"Oʻzavtotrans" davlat korporatsiyasi


20

Koʻzi ojizlar jamiyati


24

Karlar jamiyati


24

"Sharq" nashriyot-matbaa konserni


20

Davlat matbuot qoʻmitasi


20

Davlat sport qoʻmitasi


10

Ijtimoiy ta’minot vazirligi


15

Oliy ta’lim vazirligi


10

Xalq ta’limi vazirligi


10

"Oʻzavtoyoʻl" davlat konserni


20

"Toshkentuyjoyinvestqurilish" korporatsiyasi


20

"Toshshaharyoʻlovchitrans" davlat uyushmasi


20

Ichki ishlar vazirligining aхloq tuzatish ishlari boshqarmasi


20

Aloqa vazirligi


12

-------------------------

* хalq iste’moli tovarlari


Eslatma:

1. Sanoat korxonalari omborlaridagi tayyor mahsulotlar qoldiqlariga belgilangan oʻrtacha normativlar savdo tashkilotlaridagi tovarlar qoldiqlariga qoʻllanilmaydi.

2. Paхta (paхta tolasi), alla, goʻsht, oʻsimlik yoi va yonili-moylash materiallari qoldiqlari boʻyicha oʻrtacha normativlar belgilanmaydi.