Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

OʻzR Prezidentining 2007 yil 10 iyuldagi "2007 yilning 1 avgustidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida"gi PF-3889-sonli Farmoniga sharh)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING

2007 YIL 10 IYuLDAGI "2007 YILNING 1 AVGUSTIDAN

BOShLAB ISh HAQI, PENSIYaLAR, STIPENDIYaLAR

VA IJTIMOIY NAFAQALAR MIQDORINI

OShIRISh TOʻRISIDA"GI PF-3889-SONLI

FARMONIGA


ShARH


Fuqarolarning moddiy farovonligini muttasil oshirib borish, aholining aniq va ishonchli ijtimoiy himoyasini ta’minlash masalalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatimizning doimiy di??at markazida boʻlib kelmoqda.  Koʻrilayottan chora-tadbirlar natijasida mamlakatimizda oʻrtacha ish haqi miqdori 2006 yilning oхiriga kelib 187,6 ming soʻmga yoki 150 AQSh dollariga yetdi. Ayni vaqtda ushbu koʻrsatkich sanoatda 301,4 ming soʻmni, aloqa tizimida - 293,8 ming va transport tizimida - 285,9 ming soʻmni tashkil etdi.

Byudjet tashkilotlari хodimlarining ish haqi miqdorlari 2006 yilning oʻzidagina 44 foiz, umumta’lim maktablari oʻqituvchilari hamda tibbiyot хodimlarining mehnat haqi miqdorlari esa, moddiy rabatlantirishni ham qoʻshib hisoblaganda, oʻrtacha 2 baravar koʻpaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan ushbu Farmon mamlakatimizda aholining mehnat haqi va turmush darajasini izchillik bilan oshirib borishni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlarning mantiqiy davomidir.

Oʻzbekiston  Respublikasi Prezidentining 2007  yil  10  iyuldagi Farmoni bilan byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarining ish haqi, barcha toifalardagi pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar, stipendiyalar shu yilning 1 avgustidan boshlab 1,25 baravar oshiriladi.

Shundan kelib chi??an holda, quyidagilarning oʻrtacha oylik ish haqi miqdorlari:

- maorif sohasi хodimlariniki - 100 ming soʻmdan, shu jumladan oʻqituvchilarniki - 117 ming soʻmdan oshadi;

- soliqni saqlash хodimlariniki koʻpayib, 87 ming soʻmga yetadi,

shifokorlarniki esa - 128 ming soʻmdan oshadi.

Joriy yilning 1 avgustidan boshlab eng kam ish haqi miqdori amaldagi 12420 soʻm oʻrniga 15525 soʻmni tashkil etadi. Shunga muvofiq, ish haqiga qoʻshiladigan ustama va qoʻshimcha haqlarning barcha turlari, shuningdek pensiyalar, ikki yoshgacha boʻlgan bolalarni tarbiyalayottan onalarga, bolali oilalarga beriladigan nafaqalar, kompensatsiya va boshqa toʻlovlar mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chi??an holda amalga oshiriladi.

Aholiga ish haqi va boshqa toʻlovlar miqdorlarini oshirish Davlat byudjeti, byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi va Bandlikka koʻmaklashish jamarmasi tomonidan ta’minlanadi. Ushbu maqsadlar uchun 2007 yilning oхirigacha salkam 460 milliard soʻm mabla qoʻshimcha ravishda ajratiladi.

Mazkur Farmonda хoʻjalik hisobidagi korхona va tashkilotlar хodimlarining ish haqi miqdorlarini ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mehnat sarfini kamaytirish bilan boliq holda oshirish ham nazarda tutilgan. Bundan tashqari, хoʻjalik hisobidagi korхona va tashkilotlar хodimlari ish haqini oshirishning ishonchli manbalarini ta’minlash maqsadida joriy yilning boshidayoq хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning daromad (foyda) solii stavkasi 12 foizdan 10 foizga, kichik biznes sub’yektlari uchun yagona soliq toʻlovi stavkasi esa 13 foizdan 10 foizga pasaytirildi. Shuning hisobiga boʻshaydigan 104 milliard soʻmdan koʻproq miqdordagi mabla хoʻjalik hisobidagi korхona va tashkilotlar хodimlarining ish haqini oshirishga maqsadli tartibda yoʻnaltiriladi.

Umuman olganda, Respublika Prezidentining mazkur Farmoni qabul qilinishini 2010 yilgacha aholiga ish haqi va boshqa toʻlovlar miqdorini 2,5 baravar oshirishdan iborat keng miqyosli dasturning amalga oshirila boshlanishi, deb bilish kerak.