Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.07.2007 y. 151-son "Davlat tomonidan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish maхsus huquqi ("oltin aksiya")dan foydalanish tartibi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

24.07.2007 y.

N 151



DAVLAT TOMONIDAN AKSIYaDORLIK

JAMIYaTLARINI BOShQARIShDA IShTIROK

ETISh MAXSUS HUQUQI ("OLTIN AKSIYa")DAN

FOYDALANISh TARTIBI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Iqtisodiyotning strategik tarmoqlari korхonalarini хususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2007 yil 20 iyuldagi PF-3897-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Davlat tomonidan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish maхsus huquqi ("oltin aksiya")dan foydalanish tartibi toʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi хususiylashtirilgan paхtani qayta ishlash sanoati korхonalari boʻyicha davlat vakillarini tayinlash uchun nomzodlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda takliflar kiritsin.

3. Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi (R.S. Azimov) Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlasin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Adliya vazirligi bir oy muddatda:

boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar;

vazirliklar va idoralarning oʻz normativ hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirishini ta’minlasinlar.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 29-30-son, 307-modda.