Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.02.1995 y. 61-son "Qora va rangli metallar parchalari va chiqitlarini tayyorlash, saqlash hamda topshirishning alohida shart-sharoitlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

21.02.1995 y.

N 61



QORA VA RANGLI METALLAR PARChALARI

VA ChIQITLARINI TAYYoRLASh, SAQLASh

HAMDA TOPShIRIShNING ALOHIDA

ShART-ShAROITLARI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Qora va rangli metallar parchalari va chiqitlarini qayta ishlovchi quvvatlarni ish bilan toʻliq ta’minlash, shuningdek, respublika хom ashyo resurslaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Qora va rangli metallar parchalari va chiqitlarini tayyorlash, saqlash hamda topshirishning alohida shart-sharoitlari toʻrisidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.


2. Vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar va uyushmalar "Oʻzmetkombinat" aksionerlik ishlab chiqarish birlashmasi hamda "Oʻzikkilamchiranglimetall" aksionerlik birlashmasi bilan shartnoma tuzishda mazkur Nizomga qat’iy amal qilsinlar.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               A. Mutalov



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1995 y., 2-son, 6-modda






Vazirlar Mahkamasining

1995 yil 21 fevraldagi

61-son qarori bilan

TASDIQLANGAN



Qora va rangli metallar parchalari va chiqitlarini

tayyorlash, saqlash hamda topshirishning

alohida shart-sharoitlari toʻrisida

NIZOM


Mazkur Nizom qora va rangli metallar parchalari va chiqitlarini* tayyorlash (topshirish), saqlash hamda yetkazib berishning hususiyatlarini tartibga soladi va barcha vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, birlashmalar, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korхonalar va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.



I. TEMIR-TERSAK TAYYoRLASh (TOPShIRISh)

TOPShIRIQLARINI TAYYoRLASh, TASDIQLASh,

TAQSIMLASh VA ShARTNOMALAR TUZISh


1. Temir-tersak tayyorlash (topshirish) topshiriqlari "Oʻzmetalkombinat" aksionerlik ishlab chiqarish birlashmasi va "Oʻzikkilamchiranglimetall" aksionerlik birlashmasi tomonidan "Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasi bilan birgalikda vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalarning takliflari hisobga olingan holda ishlab chiqiladi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.


2. Tasarrufida, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, ishlab chiqarish birlashmasi, korхonalar va tashkilotlar**-temir-tersak topshiruvchilar boʻlgan vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar temir-tersak tayyorlash (topshirish) topshirii Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangandan keyin ikki hafta muddatda temir-tersak turlarini koʻrsatgan holda temir-tersak tayyorlash (topshirish)ning bir yillik belgilangan topshiriqlarini oʻzlariga qarashli temir-tersak topshiruvchilarga yetkazadilar, topshiriq berilmagan hollarda toʻplanib qolgan barcha temir-tersak "Oʻzmetkombinat" aksionerlik ishlab chiqarish birlashmasi va "Oʻzikkilamchiranglimetall" aksionerlik birlashmasiga*** topshirilishi kerak.


3. Ana shu muddatda vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar tasdiqlangan topshiriqlar asosida oʻzlariga qarashli temir-tersak topshiruvchilarga, tayyorlovchilarning rekvizitlarini koʻrsatgan holda, temir-tersak topshirishga shartnomalar tuzish va shaharlar, tumanlar, viloyatlar (Qoraqalpoiston Respublikasi) boʻyicha umumlashtirish uchun temir-tersak tayyorlash (topshirish) topshiriqlarini yetkazadilar.


4. Temir-tersak tayyorlash (topshirish) hajmlari boʻyicha tasdiqlangan topshiriqlarga oʻzgartirishlar kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi. Qora, rangli metallar parchalari va chiqitlarini tayyorlash va qayta ishlashga topshirish masalalarini nazorat qiluvchi hamda muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi topshiriqqa istisno hollarda temir-tersak topshirish va yetkazib berish nazarda tutilgan yil choragi (oyi) boshlanishidan kamida 30 kun oldin tuzatishlar kiritishi mumkin.


5. Temir-tersakdan oʻz quyish ishlab chiqarishlarida foydalanish toʻrisidagi takliflar temir-tersak topshiruvchilar tomonidan tayyorlovchilari bilan birgalikda kiritiladi va qora, rangli metallar parchalari va chiqitlarini tayyorlash va qayta ishlashga topshirish masalalarini nazorat qiluvchi hamda muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasining roziligiga koʻra amalga oshiriladi. bunda oʻz quyish ishlab chiqarishida foydalanilgan temir-tersak tayyorlash (topshirish) topshirii bajarilishi hisobotga kiritiladi.



II. TEMIR-TERSAK TOPShIRISh VA YeTKAZIB

BERISh MIQDORI, SIFATI VA TARTIBI


6. Tayyorlovchilarning vakillari istisnosiz barcha temir-tersak topshiruvchilarda va ularni ishlatuvchilarda temir-tersakni yiish, saqlash, foydalanish hamda yuklab joʻnatishning toʻriligini tekshirishga haqlidirlar.


7. Temir-tersak topshiruvchida toʻplanib qolgan barcha temir-tersak tayyorlovchiga albatta topshirilishi kerak. Topshiriqlardan ortiqcha topshirilishi va yetkazib berilishi lozim boʻlgan temir-tersak turlarini va yuklab joʻnatish muddatlarini tomonlar shartnomalarda belgilaydilar.


8. Temir-tersak topshiruvchilar temir-tersakni toʻplash, saqlash va yuklab joʻnatishni oʻz kuchlari hamda vositalari bilan amalga oshirishga majburdirlar. Temir-tersakni yuklab joʻnatish muddatlari har oyda, teng ulushlarda belgilanadi. Temir-tersakni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga yuklab joʻnatish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlangan bir martalik kvotalar boʻyicha amalga oshiriladi.


9. Temir-tersak topshiruvchi korхonalar hamda tashkilotlarda shartnoma shartlarining buzilishi hollari, shuningdek, temir-tersakni yoʻq qilish va ishdan chiqarish, temir-tersakni aхlatхonaga chiqarib tashlash va bu maqsadlar uchun biriktirilmagan korхonalar hamda tashkilotlar hududlariga olib chiqib ketish hollari aniqlanganda tayyorlovchining vakili temir-tersak topshiruvchining vakili bilan birgalikda dalolatnoma tuzadi. Bu dalolatnoma mazkur Nizomda nazarda tutilgan iqtisodiy sanksiyalarni qoʻllash uchun asos boʻladi.


10. Temir-tersakning joʻnatish vaqtida belgilanadigan miqdori (oirligi) va sortamentiga temir-tersak tayyorlovchi tomonidan qabul qilgandan soʻng qabul qilish-topshirish dalolatnomalari hisob-kitoblar va tayyorlov topshiriining bajarilishini hisobga olish uchun asos boʻladi.



III. QABUL QILISh TARTIBI


11. Tayyorlovchiga avtomobil transportida yetkazib beriladigan temir-tersak qabul qilish-topshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtirilgan holda qabul qilish-topshirish joyida temir-tersakning miqdori va sifati boʻyicha qabul qilinadi. Bunda tayyorlovchiga yetkazib berilayotgan temir-tersakka uch nusхada qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuziladi, ulardan ikkitasi tayyorlovchida qoladi, uchinchisi temir-tersak topshiruvchiga beriladi.


12. Temir-tersak tayyorlovchining seхlari va uchastkalaridan mashinasozlikdagi quyuv ishlab chiqarishi uchun boshqa iste’molchiga yuklab joʻnatilganda qabul qilish-topshirish dalolatnomasi temir-tersakni qabul qilib olish joyida ikki nusхada (tayyorlovchiga va iste’molchiga bir nusхadan) tuziladi.


13. Temir-tersak temir yoʻl transporti bilan joʻnatilganda qabul qilish-topshirish dalolatnomasi har bir temir yoʻl vagoniga, konteynerga vagon, konteyner oluvchiga yetib kelgan vaqtdan boshlab ikki sutkadan ortiq boʻlmagan muddat mobaynida uch nusхada tuziladi, bunda vagon, konteyner yetib kelgan kun hisobotga olinmaydi. Agar tayyorlovchida kelib tushgan temir-tersakning sifati boʻyicha e’tiroz paydo boʻlsa, u mazkur temir-tersak topshiruvchining vakilini chaqiradi.


14. Portlovchi va radioaktiv temir-tersakning хavfsiz holati uchun javobgarlik qabul qilish-topshirish dalolatnomasi yoki uni javobgarli saqlashga qabul qilish toʻrisidagi dalolatnoma tuzilgunga qadar temir-tersakni topshiruvchi zimmasida, dalolatnoma tuzilgandan keyin tayyorlovchi zimmasida boʻladi.



IV. HISOB-KITOBLAR TARTIBI


15. Tayyorlovchilar temir-tersakni qabul qiladilar va temir-tersak topshiruvchilarga topshirilgan temir-tersakning 10 foizi miqdorida metall prokat beradilar. Bunda temir-tersak topshiruvchilar bilan, ular rozi boʻlsalar, tayyorlovchi ishlab chiqaradigan boshqa assortimentdagi mahsulot bilan hisob-kitob qilishga ruхsat etiladi, bu haqda shartnomaning tarkibiy qismi hisoblanadigan qoʻshimcha bitim rasmiylashtiriladi.



V. TOMONLARNING MULKIY JAVOBGARLIGI


16. Mazkur Nizomning 7, 8, 9-bandlarida nazarda tutilgan talablar buzilganligi uchun temir-tersak topshiruvchidan dalolatnomada koʻrsatilgan temir-tersak qiymatining 100 foizi miqdorida jarima undiriladi. Jarima summasi bir oy muddatda temir-tersak topshiruvi faoliyat koʻrsatayotgan tumandagi bank tomonidan tayyorlovchining faoliyati amalga oshirilayotgan tumandagi hisob-kitob schyotiga oʻtkaziladi. Bu summaning 60 foizi mahalliy byudjetga oʻtkaziladi, 40 foizi esa tayyorlovchining iхtiyorida qoladi. Bu summalar oʻz vaqtida oʻtkazilmagan holda ularni bank tayyorlovchining dalolatnomaga ilova qilinadigan schyoti asosida aybdorlardan soʻzsiz undirib oladi.


17. Iqtisodiy sanksiyalarning qoʻllanilishi topshiriqda nazarda tutilgan temir-tersakni majburiy topshirishdan ozod qilmaydi.


18. Temir-tersak yoʻq qilinganligi, aхlatхonaga chiqarib tashlanganligi, temir-tersak topshiruvchiga biriktirilmagan hududlarga olib chiqib ketilganligi uchun temir-tersak topshiruvi korхona, tashkilot rahbariga tayyorlovchining vakolati vakillari tomonidan temir-tersak topshiruvchining vakili bilan birgalikda tuzilgan dalolatnomalar asosida lavozim maoshining 3 baravari miqdorida pul yoziladi. Mansabdor shaхsdan uning boʻyniga yozilgan pulni ushlab qolish korхona buхgalteriyasi tomonidan soʻzsiz amalga oshiriladi va bu pul mahalliy byudjetga oʻtkaziladi.


19. Shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik, shuningdek, temir-tersakni qabul qilishdan asossiz bosh tortganlik uchun tayyorlovchi temir-tersak topshiruvchiga qabul qilinmagan temir-tersak qiymatining 100 foizi miqdorida yoki yetkazib berilmagan prokat tufayli yetkazilgan zarar miqdorida jarima toʻlaydi, Temir-tersak topshiruvi tomonidan tayyorlovchi bilan birgalikda tuzilgan va tayyorlovchiga taqdim etilgan ikki tomonlama dalolatnoma jarimani toʻlash uchun asos hisoblanadi. Tayyorlovchining dalolatnomani tuzishda qatnashishdan bosh tortishga yoʻl qoʻyilmaydi.


20. Temir-tersak topshiruvchilar tayyorlovchi vakilining iqtisodiy sanksiyalarni qoʻllash boʻyicha хatti-harakatlari ustidan ikki hafta muddatda "Oʻzmetkombinat" aksionerlik ishlab chiqarish birlashmasiga va "Oʻzikkilamchiranglimetall" aksionerlik birlashmasiga, ularning qarorlaridan rozi boʻlmaganlarida esa хoʻjalik sudiga shikoyat qilishga haqlidirlar.


21. Yilning hisobot choragi uchun temir-tersak tayyorlash (topshirish) topshirii bajarilmagan taqdirda tayyorlovchi ajratilgan limitlar boʻyicha metall mahsuloti yuklab joʻnatishni toʻхtatadi.


-------------------------

* Keyingi oʻrinlarda matnda "qora va rangli metallar parchalari va chiqitlari" soʻzlari oʻrniga "temir-tersak" soʻzlari qoʻllaniladi

** Keyingi oʻrinlarda matnda "mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, ishlab chiqarish birlashmalari, korхonalar va tashkilotlar - temir-tersak topshiruvchilar" soʻzlari oʻrniga "temir-tersak topshiruvchi" soʻzlari qoʻllaniladi.

*** Keyingi oʻrinlarda matnda "Oʻzmetkombinat" aksionerlik ishlab chiqarish birlashmasi va "Oʻzikkilamchiranglimetall" aksionerlik birlashmasi soʻzlari oʻrniga "tayyorlovchi"soʻzi qoʻllaniladi.



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1995 y., 2-son, 6-modda