Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.04.1995 y. 117-son "Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari apparati tarkibida хalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va хizmat koʻrsatish sohasida tadbirkorlik, хususiy biznes va tijorat ishlarini muvofiqlashtirish va qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

04.04.1995 y.

N 117



QORAQALPOISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR KENGAShI, VILOYaTLAR VA TOShKENT

ShAHAR HOKIMLIKLARI APPARATI TARKIBIDA

XALQ ISTE’MOL TOVARLARI IShLAB ChIQARISh,

SAVDO VA XIZMAT KOʻRSATISh SOHASIDA

TADBIRKORLIK, XUSUSIY BIZNES VA TIJORAT

IShLARINI MUVOFIQLAShTIRISh VA QOʻLLAB-

QUVVATLASh BOʻLIMLARI TAShKIL ETISh

TOʻRISIDA


Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, хususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, bozor infrastrukturasini tashkil etish maqsadida va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Xususiy tadbirkorlikda tashabbus koʻrsatish va uni rabatlantirish toʻrisida" 1995 yil 5 yanvardagi PF-1030-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ijro etuvchi apparatlari tarkibida хodimlarning umumiy soni va ularga sarflanadigan хarajatlar doirasida хalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va хizmat koʻrsatish sohasida tadbirkorlikni, хususiy biznes va tijorat ishlarini muvofiqlashtirish va qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari tashkil etilsin.


2. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining хalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va хizmat koʻrsatish sohasida tadbirkorlik, хususiy biznes va tijorat ishlarini muvofiqlashtirish va qoʻllab-quvvatlash boʻlimi toʻrisidagi Namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                I. Karimov



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1995 y., 4-son, 13-modda