Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.05.1995 y. 161-son "Chetdan keltiriladigan alkogol mahsulotlariga aksiz soligʻi stavkalarini oʻzgartirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

05.05.1995 y.

N 161



ChETDAN KELTIRILADIGAN ALKOGOL

MAHSULOTLARIGA AKSIZ SOLII

STAVKALARINI OʻZGARTIRISh

TOʻRISIDA


Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. 1995 yil 10 maydan boshlab chetdan keltiriladigan alkogol mahsulotlarining barcha turlariga aksiz solii stavkasi kontrakt qiymatining 75 foizi miqdorida belgilansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi yangidan tasdiqlangan stavkalarni hisobga olgan holda chetdan keltiriladigan alkogol mahsulotlariga aksiz solii belgilangan tartibda toʻliq hisoblanishi va toʻliq toʻlanishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.


3. Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 25 martdagi 97-son qarori 1-bandining chetdan keltiriladigan alkogol mahsulotlarining barcha turlariga aksiz solii stavkalari miqdoriga tegishli qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                            A. Mutalov