Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.05.1995 y. 186-son "Alkogol mahsulotlari, gilam va gilam buyumlariga aksiz soligʻi stavkalarini oʻzgartirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

26.05.1995 y.

N 186



ALKOGOL MAHSULOTLARI, GILAM VA

GILAM BUYuMLARIGA AKSIZ SOLII

STAVKALARINI OʻZGARTIRISh

TOʻRISIDA


Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. 1995 yil 1 iyundan boshlab respublikada ishlab chiqariladigan alkogol mahsulotlari va gilamlarga solinadigan aksiz soliining quyidagi miqdorlari (sotish narхlari qiymatiga nisbatan foiz hisobida) joriy qilinsin:

Aroq va likyor-aroq mahsulotlari 65 foiz

Shampan vinosi 25 foiz

Uzum vinosi 30 foiz

Vino хom ashyosi 20 foiz

Gilam va gilam buyumlari 15 foiz (oʻrtacha)


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi aksiz soliining belgilangan tartibda toʻri hisoblanishi va toʻliq toʻlanishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 25 martdagi 97-son qarorining 1-bandi va Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 13 dekabrdagi 600-son qaroriga 9-ilovaning uzum vinosi, vino хom ashyosi, gilam va gilam buyumlariga aksiz solii stavkalariga oid qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                A. Mutalov