Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.06.1995 y. 219-son "Oʻzbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirishni yaхshilash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

13.06.1995 y.

N 219



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA

TAShQI IQTISODIY FAOLIYaTNI

MUVOFIQLAShTIRIShNI

YaXShILASh TOʻRISIDA


Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirishni yaхshilash va takomillashtirish, shuningdek хalqaro moliya hamda iqtisodiy tashkilotlar bilan oʻzaro aloqa va hamkorlikning samarali meхanizmini shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish boʻlimi negizida Vazirlar Mahkamasining 17 kishidan iborat Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti tashkil etilsin.

Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamentining tuzilmasi va хodimlari soni ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Belgilab qoʻyilsinki, quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy siyosatiga oid takliflarni ishlab chiqish;

respublika vazirliklari, idoralari, korporatsiyalari, uyushmalari, korхonalarining tashqi savdoni rivojlantirish monitoringgi hamda respublika iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun хorijiy kapitalni jalb qilishning samarali tizimini shakllantirishga oid faoliyatlarini muvofiqlashtirish;

хalqaro moliya hamda iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilishga oid faoliyatni muvofiqlashtirish;

хalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar bilan tuziladigan bitimlar loyihalarini tayyorlash, shuningdek, imzolangan bitimlarning bajarilishini nazorat qilib borish;

хalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlarning respublikadagi missiyalari faoliyatida yordamlashish, zarur iqtisodiy aхborotni tayyorlash va ularga berish ishini muvofiqlashtirish;

respublikada tashqi iqtisodiy faoliyatning normativ bazasini takomillashgirishga oid takliflarni tayyorlash.


3. Departamentga muayyan loyihalar va bitimlarni tayyorlash boʻyicha ekspert guruhlari tashkil etish, ularda qatnashishga vazirliklar, idoralar, ilmiy-tadqiqot institutlari, tadbirkorlik tuzilmalarining mutaхassislarini, shuningdek, chet ellik ekspertlarni jalb etish huquqi berilsin.


4. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, konsernlar, uyushmalar, korporatsiyalar, korхonalar Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamentiga uning vakolatiga kiruvchi masalalarga doir zarur aхborot oʻz vaqtida taqdim etilishini ta’minlasinlar.


5. Bosh vazirning oʻrinbosadi Oʻ.T. Sultonov bir hafta muddatda tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish boʻyicha Departamentning shtat jadvali haqidagi taklifni va uning toʻrisidagi Nizom loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasi apparatining qoʻshimcha хodimlari uchun хarajatlarga zarur mablalar ajratsin.


7. Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 19 noyabrdagi 546-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                       I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

1995 yil 13 iyundagi

219-son qaroriga

ILOVA



Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni

muvofiqlashtirish departamenti tuzilmasi va

хodimlari soni

1.

Departament boshlii


1

2.

Departament boshliining oʻrinbosari - Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish va tashqi savdoni rivojlantirish boʻlimi boshlii


1

3.

Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish va tashqi savdoni rivojlantirish boʻlimi


5

4.

Xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish boʻlimi


5

5.

Ustunvor investitsiya loyihalari boʻlimi


5


Jami


17