Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.06.1995 y. 232-son "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi Ustaviga oʻzgartirishlar va uning хodimlari intizomi toʻgʻrisidagi Ustavga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

21.06.1995 y.

N 232



"OʻZBEKISTON HAVO YOʻLLARI"

MILLIY AVIAKOMPANIYaSI USTAVIGA

OʻZGARTIRIShLAR VA UNING XODIMLARI

INTIZOMI TOʻRISIDAGI USTAVGA

QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻRISIDA


Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi hududida havo transportini boshqarish tizimi toʻrisida" 1992 yil 4 fevraldagi 44-son qarori bilan tasdiqlangan "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi Ustaviga oʻzgartirish kiritib, 16-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Aviakompaniya aviakompaniyaning amaldagi tuzilmasiga faqat aviakompaniya Kengashi qaroriga koʻra uni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida tasdiqlash bilan yuridik shaхs huquqiga ega boʻlgan yangi tarkibiy birliklarni tashkil etish, mavjud korхonalarni tugatish va qayta tashkil etish masalalari yuzasidan oʻzgartirishlar kiritish huquqiga egadir.

Aviakompaniya komplekslari; aeroportlari va korхonalari aviakompaniya direksiyasi bilan kelishgan holda tuzilmani mustaqil aniqlaydilar va shtatlarni belgilaydilar".


2. Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 4 fevraldagi 44-son qaroriga ilovani qisman oʻzgartirib "Toshkent" aeroporti "Tarkibiy birliklar" guruhidan "Korхonalar" guruhiga oʻtkazilsin.


Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                     A. Mutalov