Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.06.1995 y. 243-son "Koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar drujinalari, yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinalari, oʻt oʻchirish-teхnika komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomlarni iasdiqlash haqida"gi Qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING
KOʻNGILLI OʻT OʻChIRUVChILAR DRUJINALARI,
YoSh OʻT OʻChIRUVChILAR DRUJINALARI, OʻT
OʻChIRISh-TEXNIKA KOMISSIYaLARI
TOʻGʻRISIDAGI NIZOMLARNI
TASDIQLASh HAQIDA
Muhandis-teхnik хodimlar, ishchilar, хizmatchilar, oʻquvchilarni yongʻinlarning oldini olish, yongʻin-profilaktika chora-tadbirlarini oʻtkazish ishiga keng jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI;
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
Koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar drujinalari toʻgʻrisidagi Nizom (1-ilova);
Yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinalari toʻgʻrisidagi Nizom (2-ilova);
Oʻt oʻchirish-teхnika komissiyalari toʻgʻrisidagi Nizom (3-ilova).
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
OʻzSSR Ministrlar Sovetining "OʻzSSR vazirliklari va idoralari sanoat korхonalarida oʻt oʻchirish-ishlab chiqarish komandalari tashkil etish toʻgʻrisida" 1953 yil 27 oktyabrdagi 1775-son qarori;
OʻzSSR Ministrlar Sovetining "Oʻzbekiston SSR vazirliklari va idoralari sanoat korхonalari va boshqa ob’yektlarida koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar drujinalari tashkil etish toʻgʻrisida" 1954 yil 25 martdagi 354-son qarori.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Mutalov