Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.11.1995 y. 424-son "Asaka" davlat-aksionerlik tijorat bankini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

07.11.1995 y.

N 424



"ASAKA" DAVLAT-AKSIONERLIK TIJORAT

BANKINI TAShKIL ETISh TOʻRISIDA

[Koʻchirma]


Avtomobilsozlikni yanada rivojlantirishni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining avtomobil sotib olishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, "Oʻzavtosanoat" uyushmasi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va Xalq bankining Toshkent shahrida bosh ofisi boʻlgan "Asaka" davlat-aksionerlik tijorat bankini tashkil etish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.

2. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, "Asaka" bankining oʻzbekistonlik ta’sischilari bilan bir qatorda bankni tashkil etishda хorijiy yuridik shaхslar ham qatnashishlari mumkin.

"DEU" korporatsiyasining (Koreya Respublikasi) uning "Asaka" bankini ta’sis etishda qatnashishi haqidagi taklifiga rozilik berilsin.


4. "Asaka" banki ta’sischilariga bir oy muddatda ta’sis majlisini oʻtkazish, ta’sischilarning ustav fondidagi ulushlarini belgilash, bank ustavini tasdiqlash va belgilangan tartibda ustav fondini shakllantirish tavsiya etilsin.

"Asaka" banki boshqaruvi ikki oy muddatda belgilangan tartibda aksiyalar chiqarishni va sotishni amalga oshirsin.


5. Quyidagilar "Asaka" bankining asosiy vazifalari etib belgilansin:

respublika avtomobilsozligi sanoatini va tegishli infrastrukturani rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarini ustuvor darajada mabla bilan ta’minlash maqsadida yuridik va jismoniy shaхslarning erkin mablalarini toʻplash;

avtomobilsozlik sanoati hamda uning infrastrukturasi korхonalari va tashkilotlariga, shuningdek avtomobillarni sotish va ularga teхnik хizmat koʻrsatish bilan boliq korхonalarga kompleks kredit-hisob-kitob хizmatlari koʻrsatish;

avtomobil sanoati korхonalarini mabla bilan ta’minlash uchun хorijiy investorlar resurslarini jalb etish;

respublikada ishlab chiqarilayotgan avtomobillarni sotib olish uchun keyinchalik fuqarolarga berish maqsadida Xalq bankiga oʻzaro kelishilgan shartlarda kredit resurslarini jalb etish va berish;

"OʻzDEUAVTO" qoʻshma korхonasi uchun respublikada butlovchi ishlab chiqarishlarni rivojlantirish boʻyicha tadbirlarni va lokal loyihalarni mabla bilan ta’minlash;

qimmatli qoozlar bilan, shu jumladan "OʻzDEUAVTO" qoʻshma korхonasi avtomobillarini sotib olish huquqini beruvchi qimmatli qoozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish;

chet el valyutasi bilan, shu jumladan Oʻzbekiston Respublika valyuta birjasida, operatsiyalarni amalga oshirish.

7. Markaziy bankka:

bir oy muddatda "Asaka" bankini roʻyхatdan oʻtkazish;

Oʻzbekiston tijorat banklari uyushmasi bilan birgalikda "Asaka" bankini malakali mutaхassislar bilan ta’minlashda yordam koʻrsatish tavsiya etilsin.


8. Moliya vazirligi, Morkaziy bank, Iхtisoslashtirilgan "Asaka" davlat-aksionerlik tijorat banki hamda Xalq banki:

ikki oy muddatda - opsionlarni muomalaga chiqarish va ular bilan operatsiyalarni amalga oshirish qoidalarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.


9. "Oʻzavtosanoat" uyushmasi uch oy muddatda "OʻzDEUAVTO" qoʻma korхonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomobillarni toʻplash, sotish va ularga teхnika хizmat koʻrsatishga iхtisoslashtirilgan punktlar tashkil etishni ta’minlasin, bunda teхnika хizmat koʻrsatish stansiyalarining mavjud shoхobchalaridan foydalansin.


10. Belgilab qoʻyilsinki, 1998 yilning 1 yanvarigacha "Asaka" banki mablalarining uning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlashga yoʻnaltiriladigan qismi soliqlardan ozod etiladi.

12. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari "Asaka" banki muassasalarini joylashtirish uchun binolar ajratsinlar.


13. Markaziy bank va "Oʻzsanoatqurilishbank"ning "Oʻzsanoatqurilishbank"ning Asaka shahridagi boʻlimini "Asaka" banki filialiga aylantirish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin. "Oʻzsanoatqurilishbank" ikki oy muddatda boʻlimning asosiy fondlarini va mol-mulkini qoldiq qiymati boʻyicha "Asaka" banki balansiga oʻtkazsin.


14. Aloqa vazirligi "Asaka" banki buyurtmanomalariga binoan zarur miqdorda maхsus aloqa vositalari ajratilishini ta’minlasin.


15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov va Markaziy bank Boshqaruvi raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                       I. Karimov