Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.07.2007 y. 158-son "Oilaviy bolalar uylari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

31.07.2007 y.

N 158



OILAVIY BOLALAR UYLARI

TOʻRISIDAGI NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA


Ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarning huquq va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, ular uchun oilaviy sharoitlarga yaqinlashtirilgan zarur sharoitlar yaratish, oilaviy bolalar uylarini rivojlantirish maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ijtimoiy himoya yili" Davlat dasturi toʻrisida" 2007 yil 23 yanvardagi PQ-573-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oilaviy bolalar uylari toʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Soliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:

faoliyat koʻrsatayotgan oilaviy bolalar uylari faoliyatini uch oy muddatda oʻrgansin va ularni ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiqlashtirsin;

oilaviy bolalar uylari faoliyatining muntazam nazorat qilinishini ta’minlasin, ular zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda har tomonlama koʻmaklashsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                            Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 31-32-son, 318-modda.