Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.07.2007 y. 158-son "Oilaviy bolalar uylari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
31.07.2007 y.
N 158
OILAVIY BOLALAR UYLARI
TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI
TASDIQLASh HAQIDA
Ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarning huquq va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, ular uchun oilaviy sharoitlarga yaqinlashtirilgan zarur sharoitlar yaratish, oilaviy bolalar uylarini rivojlantirish maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ijtimoiy himoya yili" Davlat dasturi toʻgʻrisida" 2007 yil 23 yanvardagi PQ-573-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
1. Oilaviy bolalar uylari toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
faoliyat koʻrsatayotgan oilaviy bolalar uylari faoliyatini uch oy muddatda oʻrgansin va ularni ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiqlashtirsin;
oilaviy bolalar uylari faoliyatining muntazam nazorat qilinishini ta’minlasin, ular zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda har tomonlama koʻmaklashsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 31-32-son, 318-modda.