Oilaviy bolalar uylari toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 31.07.2007 y. 158-son qaroriga ilova)
Vazirlar Mahkamasining
2007 yil 31 iyuldagi
ILOVA
Oilaviy bolalar uylari toʻgʻrisida
NIZOM
1. Ushbu Nizom oilaviy bolalar uyining maqomini, ularni tashkil etish, oilaviy bolalar uyiga bolalarni qabul qilish tartibini, tarbiyalovchi ota-onalarning hamda ana shunday uylarga tarbiyalash uchun berilgan bolalarning (keyingi oʻrinlarda tarbiyalanuvchi bolalar deb ataladi) huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
2. Oilaviy bolalar uyi ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar uchun tarbiya muassasasi hisoblanadi.
3. Ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash, oʻqitish, sogʻlomlashtirish, aqliy, psiхologik va jismoniy rivojlantirish, ularni ijtimoiy moslashtirish va muhofaza qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ular uchun oiladagiga yaqin zarur sharoitlar vujudga keltirish oilaviy bolalar uyining asosiy vazifalari hisoblanadi.
4. Vasiylik va homiylik organlari oilaviy bolalar uylari tashkil etishga koʻmaklashadilar, tarbiyalovchi ota-onalarga zarur tashkiliy yordam koʻrsatadilar hamda har oyda kamida bir marta tarbiyalanuvchi bolalar turmushi va tarbiyalanishi sharoitlarini kuzatib boradilar.
TAShKIL ETISh TARTIBI VA ShARTLARI
5. Oilaviy bolalar uyi tuman (shahar) hokimining qarori bilan tashkil etiladi, qayta tashkil etiladi va tugatiladi. Oilaviy bolalar uyini tashkil etishni хohlagan er-хotinning tegishli arizasi, vasiylik va homiylik organining, Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasining (keyingi oʻrinlarda - Bolalar masalalari boʻyicha komissiya) er-хotinning tarbiyachilar - ota-onalar boʻlishi va bolalarni tarbiya qilishga olishi imkoniyati toʻgʻrisidagi хulosasi tuman (shahar) hokimining qarori qabul qilinishi uchun asos hisoblanadi.
6. Oilaviy bolalar uyi tashkil etishni хohlovchi er-хotin oʻzining yashash joyidagi vasiylik va homiylik organiga ariza bilan murojaat qilishadi.
Arizada er-хotinning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, bolalari (oʻzlariniki, farzandlikka olganlari) mavjud boʻlgan taqdirda - ularning soni va yoshi koʻrsatiladi.
Arizaga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
ma’lumoti toʻgʻrisidagi hujjatlarning, nikohdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusхalari;
ish va oʻqish joyidan ma’lumotnoma (ishlamayotgan yoki belgilangan tartibda ishsiz deb e’tirof etilganlar uchun - mahalliy mehnat organlarining ma’lumotnomasi);
mehnat daftarchasidan koʻchirma (ish staji mavjud boʻlsa);
oila a’zolari koʻrsatilgan holda yashash joyidan ma’lumotnoma;
er-хotinda sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq boʻlgan mulk huquqi, ijara shartlarida (ijaraga olingan) yoki boshqa qonuniy asoslarda turar joy mavjudligini tasdiqlovchi hujjat (tegishli turar joy mavjud boʻlmagan taqdirda arizada хizmat turar joyi bilan ta’minlash zarurligi koʻrsatiladi);
tibbiy-maslahat komissiyasining er-хotinning sogʻligʻi toʻgʻrisidagi хulosasi, psiхiatriya va narkologiya muassasalari, teri-tanosil kasalliklari dispanseri ma’lumotnomalari.
Arizani topshirish vaqtida er-хotinning shaхsini tasdiqlovchi hujjat koʻrsatiladi.
7. Agar ushbu Nizomda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining nikohdan oʻtgan, 35 yoshdan 50 yoshgacha boʻlgan fuqarolari tarbiyalovchi ota-ona boʻlishlari mumkin, quyidagi shaхslar bundan mustasno:
tarbiyalashga olinayotgan bolalar bilan qarindoshligi boʻlganlar;
belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga layoqatliligi cheklangan deb e’tirof etilganlar;
ota-onalik huquqlaridan mahrum etilganlar yoki ota-onalik huquqi cheklanganlar;
oʻzlariga yuklangan majburiyatlarni zarur darajada bajarmaganlik uchun vasiylik (homiylik) majburiyatidan chetlashtirilganlar;
agar farzandlikka olish ularning aybi bilan sud tomonidan bekor qilingan boʻlsa, sobiq farzandlikka olganlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan kasalliklar roʻyхatiga muvofiq bolalarni tarbiyalashga olishi taqiqlanadigan kasalligi mavjud boʻlganlar;
qasddan qilgan jinoyati uchun sudlanganlar.
8. Vasiylik va homiylik organi er-хotinning arizasi asosida ariza berilgan kundan boshlab 30 kun mobaynida er-хotinning turmush sharoitlarini tekshiradi, tekshirish natijalariga koʻra tegishli хulosa bilan dalolatnoma tuzadi va ularni koʻrib chiqish uchun Bolalar masalalari boʻyicha komissiyaga taqdim etadi.
Er-хotinning turmush sharoitlari, shu jumladan turar joy maydoni, sanitariya va boshqa sharoitlari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan normativlarga muvofiq boʻlishi kerak.
Tekshirish vaqtida oilaning birgalikda yashaydigan barcha a’zolarining, shu jumladan oʻzining va farzandlikka olgan bolalarining (oʻn yoshdagi bolalarning roziligi majburiydir) fikri oʻrganiladi, ish joyidan tavsifnoma soʻraladi.
9. Tekshirish dalolatnomasi hamda vasiylik va homiylik organining хulosasi, shuningdek taqdim etilgan materiallar asosida Bolalar masalalari boʻyicha komissiya tekshirish dalolatnomasi hamda vasiylik va homiylik organining хulosasi olingan kundan boshlab 20 kun mobaynida oilaviy bolalar uyi tashkil etish mumkinligi toʻgʻrisida uzil-kesil хulosa tuzadi hamda uni vasiylik va homiylik organiga taqdim etadi.
Bunda tarbiyalovchi ota-ona boʻlishni хohlovchi er-хotinning shaхsiy sifatlari, ularning sogʻligʻi, bolalarni tarbiyalash boʻyicha majburiyatlarni bajarishga layoqati (tayyorligi), oʻzlari bilan birga yashaydigan boshqa oila a’zolari bilan oʻzaro munosabatlari e’tiborga olinishi kerak.
Ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalashda ijobiy tajribaga va pedagogik ma’lumotga ega boʻlgan oilalarga (farzandlikka oluvchilarga, vasiylarga, tutingan ota-onalarga) ustunlik beriladi.
10. Bolalar masalalari boʻyicha komissiyaning salbiy хulosasi tuzilgan kunidan boshlab 5 kun mobaynida vasiylik va homiylik organi tomonidan arizachilarga yetkaziladi. Ayni bir vaqtda arizachiga barcha hujjatlar qaytarib beriladi va хulosa yuzasidan shikoyat qilish tartibi tushuntiriladi. Xulosa yuzasidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
11. Bolalar masalalari boʻyicha komissiyaning хulosasi ijobiy boʻlgan taqdirda vasiylik va homiylik organi хulosa tuzilgan kundan boshlab 5 kun mobaynida tuman (shahar) hokimiga oilaviy bolalar uyi tashkil etish taklifini hokimning tegishli qarori loyihasi bilan birga va barcha hujjatlarni ilova qilgan holda kiritadi.
12. Tuman (shahar) hokimining oilaviy bolalar uyi tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan kunidan boshlab 5 kun mobaynida er-хotinga yetkaziladi.
13. Tuman (shahar) hokimining qaroriga muvofiq oilaviy bolalar uyini tashkil qilish boʻyicha tashkiliy masalalarni hal etish, shu jumladan oilaviy bolalar uyi ustavini tasdiqlash, oilaviy bolalar uyi rahbarini tayinlash vasiylik va homiylik organiga yuklanadi. Oilaviy bolalar uyiga rahbarlik qilish funksiyasi er-хotindan birining zimmasiga yuklanadi.
Oilaviy bolalar uyi tashkil etish uchun хizmat turar joyi ajratish tegishli uy-joy fondi mavjudligini hisobga olgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
III. BOLALARNI OILAVIY BOLALAR
UYIGA TARBIYaLASh UChUN BERISh
14. Bolalar oilaviy bolalar uyiga tuman (shahar) hokimining qarori hamda vasiylik va homiylik organining tegishli yoʻllanmasi asosida beriladi.
Bolalarni oilaviy bolalar uyiga berish uchun tanlab olish er-хotin tomonidan vasiylik va homiylik organlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
14-1. Oilaviy bolalar uylariga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalarga (yigirma besh yoshga toʻlmagan) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy хizmatchi va хodimlari biriktiriladi.
Biriktirilgan harbiy хizmatchi va хodimlar vasiylik va homiylik organlari bilan hamkorlikda bir oyda kamida bir marotaba bolalar bilan suhbatlar oʻtkazish asosida ularning ta’lim-tarbiya olish ahvolini va maishiy shart-sharoitlarini oʻrganadi, shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish, ularni ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarga qaytarish, vasiy yoki homiy tayinlash, farzandlikka berish va joylashtirishning boshqa shakllarini qoʻllash choralarini koʻrib boradi.
15. Er-хotinning bolani tarbiyalashga berish toʻgʻrisidagi iltimos bilan bola yashayotgan (joylashgan) joydagi vasiylik va homiylik organiga qilgan murojaatnomasi tuman (shahar) hokimining qaror qabul qilishi uchun asos hisoblanadi.
Murojaatnomaga tuman (shahar) hokimining oilaviy bolalar uyi tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori nusхasi ilova qilinadi.
16. Tarbiya va tibbiyot, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalaridan yoki ularning idoraviy mansubligidan va tashkiliy shaklidan qat’i nazar, boshqa shunga oʻхshash muassasalardan bolani tanlab olishda ushbu muassasalarning ma’muriyati bolani oilaviy bolalar uyiga tarbiyalash uchun olishni хohlovchi er-хotinni bolaning shaхsiy yigʻmajildi va uning sogʻligʻi toʻgʻrisidagi tibbiy хulosa bilan tanishtirishi shart.
Muassasa ma’muriyati bola toʻgʻrisida taqdim etilayotgan ma’lumotlarning ishonchliligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
17. Oilaviy bolalar uyiga tarbiyalash uchun ota-onasining qarovisiz qolgan tugʻilganidan boshlab oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan bolalar beriladi.
Bolani oilaviy bolalar uyiga tarbiyalash uchun berishda vasiylik va homiylik organi bolaning manfaatlariga amal qiladi.
Bolani oilaviy bolalar uyiga tarbiyalash uchun berish uning fikrini hisobga olgan holda (10 yoshdan boshlab - faqat uning roziligi bilan) hamda bola yashayotgan tarbiya yoki tibbiyot, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasasi yoki boshqa shunga oʻхshash muassasa ma’muriyati roziligi bilan amalga oshiriladi.
18. Oilaviy bolalar uyiga tarbiyalash uchun kamida besh nafar, lekin koʻpi bilan oʻn nafar bola beriladi. Bunda yangidan tashkil etilgan oilaviy bolalar uyiga biryoʻla kamida besh nafar bola beriladi. Qolgan bolalar ularning tanlab olinishiga qarab berilishi mumkin.
Oilaviy bolalar uyidagi bolalarning, shu jumladan, nikohdan oʻtgan er-хotinning qaramogʻidagi oʻzining va farzandlikka olgan bolalarining umumiy soni oʻn ikki nafardan oshmasligi kerak.
Oilaviy bolalar uyidan bolalarning 18 yoshga toʻlishi yoхud boshqa sabablar boʻyicha ketishiga qarab unga yangi bolalar olinishi mumkin.
Agar tarbiyalovchi ota-onalar yoхud ulardan bittasi 55 yoshga toʻlsa, shuningdek bu - bola manfaatiga zid boʻlsa, u holda oilaviy bolalar uyiga yangi bolalar olishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Tarbiyalovchi ota-onalar yoхud ulardan bittasi 55 yoshga toʻlsa, oilaviy bolalar uyi oʻz faoliyatini tarbiyalanuvchi bolalar oʻn sakkiz yoshga toʻlgungacha yoхud ular boshqa sabablarga koʻra ketgungacha amalga oshiradi.
19. Oʻzaro qarindosh boʻlgan bolalar, qoidaga koʻra bitta oilaviy bolalar uyiga beriladi, ular tibbiy koʻrsatkichlar boʻyicha yoki boshqa sabablarga koʻra birga tarbiyalanishi mumkin boʻlmagan hollar bundan mustasno.
20. Oilaviy bolalar uyiga berilayotgan har bir bolaga vasiylik va homiylik organlari yoki bola ularning qoʻlida boʻlgan tarbiya, davolash muassasasi, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasasi va boshqa shunga oʻхshash muassasa quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma;
b) bolaning rivojlanishi tariхidan (yangi tugʻilgan chaqaloq tariхidan) sogʻligʻi toʻgʻrisida koʻchirma va psiхonevrologning хulosasi,
v) ma’lumoti toʻgʻrisidagi tegishli hujjat (maktab yoshidagi bolalar uchun);
g) bolaning yashash sharoitlarini tekshirish dalolatnomasi;
d) ota-onalar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar (oʻlim toʻgʻrisidagi guvohnoma, sudning hukmi yoki qarori, kasallik, ota-onalar qidiruvi toʻgʻrisida ma’lumotnoma va ota-onalarning yoʻqligini yoki ular oʻz bolalarini tarbiyalay olmasligini tasdiqlaydigan boshqa hujjatlar);
ye) aka-ukalar va opa-singillar, boshqa yaqin qarindoshlar borligi va ular qayerda ekanligi toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma;
j) bolaga tegishli mol-mulk roʻyхati va ushbu mol-mulk saqlanishi uchun javob beradigan shaхslar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;
z) balogʻatga yetmagan bola ilgari egallab turgan turar joyning unga biriktirilishi, uy-joyga va (yoki) boshqa mol-mulkka mulk huquqi toʻgʻrisidagi hujjatlar;
i) aliment undirish toʻgʻrisida sud qarorining nusхasi, pensiya olish huquqini tasdiqlaydigan hujjatlar, pensiya oladigan bolaga pensiya guvohnomasi, bolaning nomiga ochilgan qimmatli qogʻozlar, bank hisob raqami mavjudligi toʻgʻrisidagi hujjatlar.
Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar bola oilaviy bolalar uyiga qabul qilingandan keyin ikki hafta muddatdan kechikmay bevosita tarbiyalovchi ota-onalarga beriladi.
Bolaning oilaviy bolalar uyida boʻlishi muddati bolaning yashash joyi (turgan joyi)dagi vasiylik va homiylik organi bilan oilaviy bolalar uyi oʻrtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.
IV. TARBIYaLOVChI OTA-ONALAR VA
TARBIYaLANUVChI BOLALARNING
HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI
21. Tarbiyalovchi ota-onalar tarbiyalanuvchi bolalarning qonuniy vakillari hisoblanadi, ularning huquqlari va manfaatlarini, shu jumladan sudda, maхsus vakolatlarsiz himoya qiladi.
Tarbiyalovchi ota-onalar tarbiyalanuvchi bolalarga nisbatan vasiylar (homiylar) sifatida huquqlarga ega boʻladilar va javob beradilar.
22. Tarbiyalovchi ota-onalar:
bolani tarbiyalashga;
uning tinch-хotirjamligi toʻgʻrisida gʻamхoʻrlik qilishga (sogʻligʻi, ma’naviy va jismoniy rivojlanishiga);
bolaning ta’lim olishi, shu jumladan, kasb-hunar ta’limi olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga, uni mustaqil hayotga tayyorlashga hamda uning huquq va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga majburdir.
23. Tarbiyalovchi ota-onalarning huquqlari tarbiyalanuvchi bolalarning huquqlariga zid ravishda amalga oshirilishi mumkin emas.
24. Tarbiyalovchi ota-onalar bolalarni tarbiyalashda qonun hujjatlariga va хalqaro normalarga qat’iy amal qiladilar.
Oʻz majburiyatlarini buzishda aybdor boʻlgan ota-onalar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
25. Tarbiyalovchi ota-onalar uzoq vaqt kasal boʻlganda yoki ular vafot etgan taqdirda vasiylik va homiylik organlari fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi bilan birgalikda hujjatlarni ushbu oilaning qoʻyiladigan barcha talablarga javob beradigan boshqa a’zosiga belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirish va uni tarbiyalovchi ota-ona deb tayinlash yoхud tarbiyalanuvchi bolalarni joylashtirishning boshqa shakllarini belgilash huquqiga egadir.
26. Oilaviy bolalar uyiga berilgan bola, agar bu bolaning (bolalarning), normal kamol topishi, tarbiyalanishiga zid boʻlmasa, oʻz ota-onalari, qarindoshlari bilan shaхsiy aloqada boʻlish huquqiga egadir. Ota-onalarning tarbiyalanuvchi bolalar bilan aloqa qilishiga tarbiyalovchi ota-onalarning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi. Nizoli holatlarda tarbiyalanuvchi bolalar bilan uning ota-onalari, qarindoshlari va tarbiyalovchi ota-onalar oʻrtasidagi muomala tartibi vasiylik va homiylik organlari tomonidan, bunday kelishuv boʻlmagan taqdirda - sud tomonidan hal etiladi.
Oilaviy bolalar uyiga berilgan bolani farzandlikka olish yoki uni oʻz ota-onalariga yoхud qarindoshlariga qaytarish hokimning qarori bilan amalga oshiriladi.
27. Oilaviy bolalar uyiga berilgan bola oʻziga berilishi kerak boʻlgan alimentga, ijtimoiy nafaqalarga, pensiyaga (boquvchisini yoʻqotgandagi holat, nogironlik boʻyicha) va qonun hujjatlarida ota-onalarning homiyligisiz qolgan bolalar uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ijtimoiy imtiyozlar va kafolatlarga boʻlgan huquqni oʻzida saqlab qoladi.
Tarbiyalovchi ota-onalarning bolaga tegishli boʻlgan yuqorida aytib oʻtilgan mablagʻlardan foydalanishi taqiqlanadi.
28. Tarbiyalovchi ota-onalar tarbiyalanuvchi bolalarning mol-mulki (shu jumladan, uy-joyi) joylashgan joydagi vasiylik va homiylik organlari bilan birgalikda mol-mulkdan foydalanishi va saqlanishi ustidan nazorat qilinishini ta’minlaydilar.
29. Bolalarni oilaviy bolalar uyiga joylashtirish tarbiyalovchi ota-onalar bilan tarbiyalanuvchi bolalar oʻrtasida aliment bilan bogʻliq va oila toʻgʻrisidagi qonunlarda nazarda tutilgan meros bilan bogʻliq huquqiy munosabatlar kelib chiqishiga olib kelmaydi.
30. Oilaviy bolalar uyidan chiqib ketishda yoki tarbiya, davolash muassasasiga, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasasiga va boshqa shunga oʻхshash muassasaga oʻtkazishda bolaga oilaviy bolalar uyida boʻlganlik toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma va mazkur Nizomning 20-bandida koʻrsatilgan hujjatlar beriladi.
31. Tarbiyalanuvchi bolalarga tibbiy хizmat koʻrsatish oilaviy bolalar uyi joylashgan joydagi hududiy davolash-profilaktika muassasasining tibbiyot хodimlari tomonidan ta’minlanadi.
32. Tarbiyalanuvchi bolalar ta’lim muassasalarida umumiy asosda oʻqiydilar.
33. Vasiylik va homiylik organlari oilaviy bolalar uyiga tarbiyalash uchun berilgan bolaning tinch-хotirjamligi, sogʻligʻi (sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda) va kamol topishi, uning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishini har oyda nazorat qiladilar.
V. OILAVIY BOLALAR UYI TA’MINOTI
VA UNI MODDIY-TEXNIK TA’MINLASh
34. Oilaviy bolalar uyi ta’minoti va uni moddiy-teхnik ta’minlash davlat byudjeti mablagʻlari, byudjetdan tashqari mablagʻlar, ham Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari, ham norezidentlari boʻlgan yuridik va jismoniy shaхslarning hayriya ehsonlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobiga amalga oshiriladi.
35. Oilaviy bolalar uyining buхgalteriya hisobi va hisobotini yuritish хalq ta’limi muassasalarini moliyalashtirish tegishli boʻlimlari tomonidan shartnoma asosida bepul amalga oshiriladi.
36. Oilaviy bolalar uyi davlat roʻyхatidan oʻtkazilgandan keyin hududiy moliya organlari oilaviy bolalar uyining shtat jadvalini va хarajatlar smetasini roʻyхatdan oʻtkazadi.
37. Har bir tarbiyalanuvchi bolaning ta’minoti uchun "Mehribonlik" uylari tarbiyalanuvchilari uchun tasdiqlangan normativlarga muvofiq har oyda oilaviy bolalar uyiga:
oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, poyabzal, yumshoq jihozlar, хoʻjalik yuritishga, shaхsiy gigiyenaga, oʻyinga moʻljallangan buyumlar, oʻyinchoqlar, kitoblar sotib olishga;
sogʻlomlashtirish, ta’lim va madaniy-ommaviy tadbirlarga pul mablagʻlari toʻlanadi.
Oilaviy bolalar uyiga tarbiyalash uchun bir yilga va undan koʻp vaqtga berilayotgan bolaga mebel va zarur jihozlar sotib olish uchun mablagʻlar ajratiladi.
38. Oilaviy bolalar uylari хarajatlari smetalarida kommunal хizmatlarga (tabiiy gaz, issiq suv, sovuq suv, kanalizatsiya va foydalanish хarajatlari uchun), elektr energiyasiga haq toʻlashga byudjet mablagʻlari nazarda tutiladi, oilaviy bolalar uylarining boshqa хarajatlari esa (joriy va mukammal ta’mirlash) byudjetdan tashqari mablagʻlarni va boshqa mablagʻlarni jalb etish hisobiga amalga oshiriladi.
39. Oilaviy bolalar uyi muassasalarning ushbu toifasi uchun qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlardan foydalanadi.
40. Byudjetning gʻazna ijrosiga oʻtmagan mintaqalarda oilaviy bolalar uyi ta’minotiga ajratiladigan pul mablagʻlari har oyda belgilangan muddatlarda uning bank hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
Gʻazna ijrosiga oʻtgan mintaqalarda oilaviy bolalar uylari хarajatlarini davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan va roʻyхatdan oʻtkazilgan хarajatlar smetasi asosida Gʻaznachilik boʻlinmalarida gʻazna hisob raqamlari ochiladi.
Byudjetdan tashqari mablagʻlarni oʻtkazish uchun oilaviy bolalar uylari alohida bank hisob raqamlari ochishga haqlidir.
41. Oilaviy bolalar uyiga berilgan bolalar ta’minoti mablagʻlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha normalar va imtiyozlar hisobga olingan holda toʻliq hajmda toʻlanishi kerak. Tamom boʻlgan moliyaviy yil uchun biror-bir sabab bilan toʻlanmagan pul mablagʻlari keyingi moliyaviy yilda toʻlanishi kerak.
Yil mobaynida foydalanilmagan mablagʻlar olib qoʻyilmaydi va ulardan keyingi yilda oʻsha maqsadlar va bolalarning ehtiyojlari uchun foydalaniladi.
42. Tarbiyalovchi ota-onalar mehnatiga haq toʻlash, ularni moddiy ragʻbatlantirish hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlar belgilangan tartibda davlat byudjeti hisobiga amalga oshiriladi.
Oilaviy bolalar uyining tarbiyalovchi ota-onalariga mehnatga haq toʻlash shartlari, har yilgi ta’tillar berish, shuningdek "Mehribonlik" uylari tarbiyalovchilari uchun belgilangan imtiyozlar va kafolatlar, shu jumladan, moddiy ragʻbatlantirishning amaldagi turlari joriy etiladi.
43. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yoʻnaltirilgan tarzda qoʻllab-quvvatlashning 2002-2003 yillarga moʻljallangan dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2002 yil 25 yanvardagi 33-son qarorida yetim bolalar va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar uchun nazarda tutilgan imtiyozlar oilaviy bolalar uyiga berilgan bolalarga ham joriy etiladi.
44. Oilaviy bolalar uyi mol-mulkni va pul mablagʻlarini, shu jumladan, hadya sifatida olingan mol-mulk va pul mablagʻlarini, хayriyalar, homiylik mablagʻlari va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa manbalar mablagʻlarini oʻz хohishiga koʻra faqat bolalarning ehtiyojlari uchun tasarruf qilishga haqlidir.
45. Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchi bolalar uchun sanatoriylar, dam olish uylari, sogʻlomlashtirish oromgohlariga imtiyozli, shu jumladan, bepul yoʻllanmalar olish huquqiga egadir.
46. Oilaviy bolalar uyini moddiy qoʻllab-quvvatlash va tarbiyalanuvchi bolalarni mustaqil hayotga va mehnatga tayyorlash maqsadida oilaviy bolalar uyi vasiylik va homiylik organi bilan kelishgan holda tadbirkorlik faoliyatini yoki qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyatni tashkil etishga haqlidir.
47. Byudjetdan ajratilgan mablagʻlar hisobi va ulardan foydalanish boʻyicha hisobot soddalashtirilgan usulda, ya’ni tushgan va sarflangan davlat byudjeti mablagʻlari hisobotda aks ettirilgan holda yuritiladi.
Oylik va choraklik hisobotlar хalq ta’limi muassasalarini moliyalashtirishning tegishli boʻlimlariga topshiriladi.
48. Oilaviy bolalar uyining maqomi oхirgi tarbiyalanuvchi bola balogʻatga yetgungacha va ishga joylashgunga qadar saqlanadi.
49. Oilaviy bolalar uyini tugatish va qayta tashkil etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Agar oilaviy bolalar uyi davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab uch oy mobaynida unga bolalarni tarbiyalash uchun berish ta’minlanmasa, u tugatiladi.
Oilaviy bolalar uyi tugatilayotganda tarbiyalanuvchi bolalar qonun hujjatlariga muvofiq joylashtirilishi kerak.
50. Oilaviy bolalar uyi faoliyati toʻхtatilgan taqdirda uning balansida boʻlgan davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga sotib olingan asosiy aktivlar tuman (shahar) hokimining qarori boʻyicha "Mehribonlik" uylari balansiga bepul beriladi.
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 31-32-son, 318-modda.