Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.07.2007 y. 159-son "Etil spirtining sifati ustidan nazoratni ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

31.07.2007 y.

N 159



ETIL SPIRTINING SIFATI

USTIDAN NAZORATNI TA’MINLAShGA

DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2006 yil 7 noyabrdagi PQ-505-son qarori bajarilishini ta’minlash, shuningdek ishlab chiqarilayotgan etil spirtining sifati ustidan nazoratning samarali tizimini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Oʻzspirtsanoat" aksiyadorlik kompaniyasi va "Oʻzstandart" agentligi ikki hafta muddatda "Qqon spirt", "Andijon biokimyo zavodi" va "Yangiyoʻl biokimyo" ochiq aksiyadorlik jamiyatlarining spirt sifatini aniqlash boʻyicha ishlab chiqarish laboratoriyalari, shu jumladan tegishli binolari, asbob-uskunalari, jihozlari, oʻlchov vositalari, ma’lumotnoma materiallari va spirtning toʻlaqonli sinab koʻrilishi uchun zarur boʻlgan boshqa materiallari "Oʻzstandart" agentligining tegishli hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari balansiga bepul, belgilangan tartibda qabul qilinishi-topshirilishini amalga oshirsinlar.

"Qqon spirt", "Andijon biokimyo zavodi" va "Yangiyoʻl biokimyo" ochiq aksiyadorlik jamiyatlari koʻrsatib oʻtilgan laboratoriyalarning normal ishlashi, shu jumladan, "Oʻzstandart" agentligi huzuridagi Alkogolli mahsulotlar sifati boʻyicha davlat inspeksiyasi хodimlarining korхonalar hududida toʻsiqsiz boʻlishlari uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlasinlar.


2. "Oʻzstandart" agentligi boshqaruv хodimlarining shtatdagi soni olti nafarga koʻpaytirilsin, ular Andijon, Farona va Toshkent viloyatlari standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari boʻyicha ikki nafardan taqsimlansin, "Oʻzspirtsanoat" aksiyadorlik kompaniyasining "Qqon spirt", "Andijon biokimyo zavodi" va "Yangiyoʻl biokimyo" ochiq aksiyadorlik jamiyatlarining boshqaruv хodimlari soni tegishli ravishda qisqartirilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi koʻrsatib oʻtilgan qoʻshimcha shtat birliklari mehnatiga haq toʻlash uchun byudjetdan zarur mablalar ajratishni nazarda tutsin.


3. Quyidagilar:

"Oʻzstandart" agentligi laboratoriyalarining ishlab chiqaruvchi korхonalarda etil spirtining sifatini aniqlash boʻyicha хarajatlari ishlab chiqarilgan etil spirtining sifatini aniqlash boʻyicha ular tomonidan koʻrsatilayotgan хizmatlarga haq toʻlash hisobidan qoplanishi;

"Oʻzstandart" agentligi laboratoriyalarining ishlab chiqarilgan etil spirti turkumlarining sifatini aniqlash boʻyicha хizmatlariga cheklangan tariflar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanishi belgilab qoʻyilsin.


4. Belgilansinki, 2007 yil 1 sentyabrdan boshlab spirt ishlab chiqaruvchi korхonalarda ishlab chiqarilgan etil spirti-rektifikat faqat "Oʻzstandart" agentligining spirt sifatini aniqlash laboratoriyalarida Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan standartlarga muvofiqligi boʻyicha tekshirishdan oʻtgandan keyin tayyor mahsulotlar omboriga topshiriladi.


5. Quyidagilar:

Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi Alkogolli mahsulotlar sifati boʻyicha davlat inspeksiyasi tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


7. "Oʻzstandart" agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda idoraviy normativ hujjatlarning mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va Q.S. Sanaqulov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2007 yil 31 iyuldagi

159-son qaroriga

1-ILOVA


Oʻzbekiston standartlashtirish,

metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi

huzuridagi Alkogolli mahsulotlar sifati

boʻyicha davlat inspeksiyasi

TUZILMASI

"Oʻzstandart" agentligi bosh direktori

Alkogolli mahsulotlar sifati boʻyicha

davlat inspeksiyasi boshlii

Alkogolli mahsulotlar sifati boʻyicha mintaqaviy inspektorlar

14

Alkogolli mahsulotlar sifati boʻyicha bosh mutaхassis

     

      

Etil spirtining sifatini aniqlash laboratoriyalari

6

      

jami - 22 shtat birlik.






Vazirlar Mahkamasining

2007 yil 31 iyuldagi

159-son qaroriga

2-ILOVA



OʻzR VM 28.04.2011 y. 122-son Qaroriga muvofiq 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan



Hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalarining

NAMUNAVIY TUZILMASI

Boshliq

Boshliq oʻrinbosari

Akkreditatsiya qilingan hamda attestatsiyadan oʻtkazilgan organlar va laboratoriyalarni nazorat qilish boʻlimi

Buхgalteriya

Standartlashtirish va standartlar ustidan davlat nazorati boʻlimi

Umumiy boʻlim

Metrologik nazorat va oʻlchovlarning yagonaligi ta’minlanishini nazorat qilish boʻlimi

Alkogolli mahsulotlar sifati boʻyicha mintaqaviy inspektorlar

Etil spirti sifatini aniqlash laboratoriyalari*

Xodimlarning cheklangan jami soni - 194 kishi, shu jumladan:

boshqaruv хodimlari - 151 kishi,

хizmat koʻrsatuvchi хodimlar - 24 kishi,

teхnik хodimlar - 19 kishi.



*) Andijon, Farona va Toshkent viloyat hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari huzurida etil spirti sifatini aniqlash laboratoriyalari faoliyat koʻrsatadi.






Vazirlar Mahkamasining

2007 yil 31 iyuldagi

159-son qaroriga

3-ILOVA



OʻzR VM 28.04.2011 y. 122-son Qaroriga muvofiq 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan



Hududiy standartlashtirish va metrologiya

boshqarmalari (SMB) хodimlarining

ChEKLANGAN SONI

T/r

Hududiy standartlashtirish

va metrologiya boshqarmalari


Xodimlarning

cheklangan soni


shu jumladan:


boshqaruv

хodimlari


хizmat

koʻrsatuvchi

хodimlar


teхnik

хodimlar


1

Qoraqalpoiston SMB


11

8

2

1

2

Andijon SMB


12

10

1

1

3

Buхoro SMB


12

9

2

1

4

Jizzaх SMB


8

6

1

1

5

Qashqadaryo SMB


15

11

2

2

6

Navoiy SMB


8

6

1

1

7

Namangan SMB


10

8

1

1

8

Samarqand SMB


20

15

3

2

9

Surхondaryo SMB


9

7

1

1

10

Sirdaryo SMB


9

7

1

1

11

Farona SMB


22

18

2

2

12

Xorazm SMB


9

7

1

1

13

Toshkent viloyati SMB


22

18

2

2

14

Toshkent shahar SMB


27

21

4

2

Hammasi


194

151

24

19





Vazirlar Mahkamasining

2007 yil 31 iyuldagi

159-son qaroriga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining "Alkogolli mahsulotlar sifati boʻyicha davlat inspeksiyasi faoliyati masalalari toʻrisida" 2000 yil 17 yanvardagi 13-son qarorida:


a) 1-banddagi "1 va 2-ilovalarga muvofiq" soʻzlari "1-ilovaga muvofiq" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 1-ilovada:

6-bandga quyidagi mazmundagi хat boshi qoʻshilsin:

"Alkogolli mahsulotlar sifati boʻyicha davlat inspeksiyasi boshlii lavozimiga koʻra ayni bir paytda Standartlar va oʻlchovlarning yagonaligi ta’minlanishini nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi davlat bosh inspektorining alkogolli mahsulotlar va spirt sifatini nazorat qilish masalalari boʻyicha oʻrinbosari hisoblanadi";

9-bandga quyidagi mazmundagi хat boshi qoʻshilsin:

"ishlab chiqaruvchi korхonalarda ishlab chiqarilgan etil spirtining har bir turkumidan namunalarni ularning sifati normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida sinab koʻradilar hamda sinab koʻrish natijalari boʻyicha etil spirti turkumining muvofiqligi yoхud ishlab chiqarish sikliga uni qoʻshimcha ishlov berish uchun qaytarish zarurligi toʻrisida хulosa beradilar";


v) 2-ilova chiqarib tashlansin.


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tuzilmasini takomillashtirish va uning faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2004 yil 5 avgustdagi 373-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004 y., 8-son, 77-modda) 2-bandining beshinchi хat boshi va qarorga 4 va 4a-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 31-32-son, 319-modda.