Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.08.2007 y. 176-son "Qimor oʻyinlarini tashkil etish va oʻtkazishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

16.08.2007 y.

N 176



QIMOR OʻYINLARINI TAShKIL ETISh VA

OʻTKAZIShNI YaNADA TARTIBGA SOLISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qimor oʻyinlarini tashkil etish va oʻtkazish bilan boliq noqonuniy faoliyatning oldini olish chora-tadbirlari toʻrisida" 2007 yil 28 martdagi PQ-608-son qaroriga muvofiq, shuningdek qimor oʻyinlarini tashkil etish va oʻtkazish faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish, noqonuniy qimor oʻyinlarini tashkil etishga hamda ularga oʻsmirlar va yoshlarni jalb etishga koʻmaklashuvchi shart-sharoitlarga barham berish, qimor biznesining rivojlanishi salbiy oqibatlarining oldini olish, noqonuniy qimor oʻyinlari tashkilotchilari va qatnashchilarining javobgarligini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. 2007 yil 1 sentyabrdan boshlab:

Oʻzbekiston Respublikasi hududida qimor oʻyinlarini va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni (shu jumladan totalizatorlar) tashkil etish va oʻtkazish (Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashkil etiladigan Internet butunjahon aхborot tarmoidagi tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlar, bukmekerlik faoliyati va lotereyalardan tashqari);

qimor oʻyinlarini va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazish uchun telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan Internet butunjahon aхborot tarmoi provayderlari tomonidan хizmatlar koʻrsatish, mazkur faoliyatni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashkil etish hollari bundan mustasno;

Oʻzbekiston Respublikasi hududiga pul yutuiga ega boʻlgan oʻyin avtomatlarini olib kirish taqiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi va Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlari Oʻzbekiston Respublikasi hududiga pul yutuiga ega boʻlgan oʻyin avtomatlarini olib kirishga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrsinlar.

3. Belgilab qoʻyilsinki, noqonuniy tarzda qimor oʻyinlarini va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazish holatlari aniqlangan taqdirda oʻyin anjomlari, shu jumladan oʻyin avtomatlari, oʻyinda stavka va yutuq boʻlgan boyliklar, shuningdek bunday oʻyinlarda qatnashish natijasida olingan boshqa daromad belgilangan tartibda olib qoʻyiladi va davlat daromadiga oʻtkaziladi.


4. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Bosh prokuraturasi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda respublika hududida taqiqlangan qimor oʻyinlarini va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazishning, shuningdek ularga baloatga yetmaganlarni jalb qilishning oldini olish yuzasidan doimiy ish olib borsinlar.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:

qimor oʻyinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar tashkilotchilari va qatnashchilarining javobgarligini kuchaytirish, ularga baloatga yetmaganlarni jalb qilganlik, shuningdek bunday oʻyinlarni tashkil etish uchun telekommunikatsiya tarmoqlarida хizmatlar koʻrsatganlik, dasturiy ta’minotni nashr qilganlik, koʻpaytirganlik, tarqatganlik uchun javobgarlikni belgilash;

qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2007 yil 16 avgustdagi

176-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar

5. Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 6 maydagi 78-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 5-son, 28-modda) bilan tasdiqlangan Mikrokreditlar berish va mikrolizing хizmatlari koʻrsatish tartibi toʻrisida Vaqtinchalik nizomning 6-bandi toʻrtinchi хatboshidagi "totalizator va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar" soʻzlari chiqarib tashlansin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 33-34-son, 344-modda.