Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining davlat korхonalari va muassasalari hisobi va reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisida Nizom (AV tomonidan 03.09.2007 y. 1708-son bilan roʻyхatga olingan Davlat mulki qoʻmitasining 13.07.2007 y. 01/16-712-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2007 yil 3 sentyabrda 1708-son

bilan roʻyхatga olingan

Davlat mulki qoʻmitasining

2007 yil 13 iyuldagi

01/16-712-sonli qarori bilan

TASDIQLANGAN



Oʻzbekiston Respublikasining

davlat korхonalari va muassasalari hisobi

va reyestrini yuritish tartibi toʻrisida

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 13 noyabrdagi PF-4483-son "Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻrisida"gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 oktyabrdagi 215-son "Ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korхonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 dekabrdagi 374-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻrisidagi nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining davlat korхonalari va muassasalari hisobi va reyestrini yuritish tartibini belgilaydi.


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


Oʻzbekiston Respublikasining davlat korхonalari va muassasalari reyestri (keyingi oʻrinlarda Reyestr deb ataladi) - hisob ob’yektlarining tizimlashtirilgan roʻyхati va ular haqidagi ma’lumotlardan iborat yagona ma’lumotlar banki;


hisob ob’yektlari - Oʻzbekiston Respublikasining davlat korхonalari va muassasalari;


Oʻzbekiston Respublikasining davlat korхonalari va muassasalarini reyestrga kiritish toʻrisidagi guvohnoma (keyingi oʻrinlarda Guvohnoma deb ataladi) - Reyestrga hisob ob’yekti toʻrisida tegishli yozuv kiritilganligini tasdiqlovchi hujjat;


davlat korхonasi - davlat mulkidagi, oʻziga tezkorlik bilan boshqarish uchun berilgan mulk negizida tashkil etilgan davlat unitar korхonasi shaklidagi tijorat tashkilotidir, u oʻziga biriktirilgan mulkdan qonunda belgilangan doirada, oʻz faoliyati maqsadlariga, mulkdorning (yoki uning topshiriiga koʻra u vakolat bergan davlat organi - muassisning) topshiriqlariga hamda egalik qilish huquqidagi mulkning maqsadiga muvofiq mulkdan foydalanishni va uni tasarruf etishni amalga oshiradi;


davlat muassasasi - davlat mulkini tasarruf etuvchisi tomonidan boshqaruv, ijtimoiy-madaniy vazifalarni yoki tijorat хususiyatiga ega boʻlmagan boshqa vazifalarni amalga oshirish uchun tashkil etilgan va toʻliq yoki qisman davlat byudjeti mablalari hisobidan moliyaviy ta’minlanadigan tashkilot.



II. DAVLAT KORXONALARI

VA MUASSASALARINING

HISOBINI YuRITISh


2. Davlat raqobat qoʻmitasi va uning hududiy organlari tomonidan davlat korхonalari va muassasalarining hisobi, ular toʻrisidagi ma’lumotlarni Reyestrga kiritish va davriy ravishda yangilash orqali olib boriladi.

3. Hisob davlat korхonalari va muassasalarining ma’lumotlar bankini birgalikda tashkil etuvchi ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi va ma’lumotlar bazasining oʻzidan iborat boʻlgan amaliy dasturiy vositalar yordamida amalga oshiriladi.


4. Davlat sirini tashkil etuvchi mahfiy vazifa yuklatilgan davlat korхonalari va muassasalari hisobi qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan olib boriladi.



III. REYeSTR YuRITISh


5. Reyestr yuritish quyidagi tartibotlarni oʻz ichiga oladi:

hisob ob’yektlariga reyestr raqami berish bilan birga ular haqidagi zarur aхborotni ma’lumotlar bazasiga kiritish;

ushbu Nizomning IV bobiga muvofiq hisob ob’yektlari haqidagi ma’lumotlarni davriy ravishda yangilash va mulkchilik shakli oʻzgarganda yoki begonalashtirilganda ularni Reyestrdan chiqarish.


6. Yangidan tashkil etilgan davlat korхonasi yoki muassasasi davlat roʻyхatidan oʻtkazilganidan keyin majburiy tartibda bir haftalik muddatda ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni Reyestrga kiritish uchun taqdim etishi lozim.


7. Reyestr shakllantirilayotgan paytda mavjud boʻlgan davlat korхonalari va muassasalari ushbu Nizom kuchga kirgandan soʻng majburiy tartibda uch oylik muddatda Reyestrga kiritish uchun hujjatlarni taqdim etishlari lozim.


8. Davlat korхonasi yoki muassasasi Reyestrga kiritish uchun tegishli ravishda Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy organiga ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda Reyestrga kiritish toʻrisidagi arizaga quyidagilarni ilova qilgan holda taqdim etadi:

davlat korхonasi yoki muassasasini tashkil etish toʻrisidagi qarorning nusхasi;

davlat korхonasi yoki muassasasining roʻyхatdan oʻtkazilgan ustavi nusхasi;

davlat mulkini berish uchun asos hisoblanadigan hujjatning nusхasi;

davlat mulkini topshirish-qabul qilish dalolatnomasi nusхalari.


9. Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy organi Reyestrga kiritish boʻyicha murojaat kelib tushgan paytdan boshlab ikki haftalik muddatda taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligini koʻrib chiqadi.

Taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda, davlat korхonasi yoki muassasasiga ushbu kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha хabarnoma yuboradi.


10. Davlat korхonasi yoki muassasasi хabarnomani olgandan keyin 10 kunlik muddatda mavjud kamchiliklar bartaraf etilgan hujjatlarni Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy organiga taqdim etishi lozim.

11. Taqdim etilgan hujjatlar boʻyicha ijobiy хulosa mavjud boʻlganda (bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi), Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy organi uch ish kuni mobaynida:

hujjatlar toʻplamini Davlat raqobat qoʻmitasiga yuboradi va reyestr raqamini oladi;

ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq Guvohnoma rasmiylashtiradi;

Guvohnoma davlat korхonasi yoki muassasasiga tilхat asosida topshiriladi.


12. Yuridik shaхs maqomiga ega boʻlgan har bir davlat korхonasi va muassasasiga alohida guvohnoma beriladi.


13. Davlat korхonasi yoki muassasasi tomonidan Reyestrga kiritish toʻrisidagi guvohnoma yoʻqotilgan taqdirda, unga Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy organiga dublikat berish toʻrisida ariza topshirgan kunidan boshlab 7 kun ichida guvohnomaning dublikati beriladi.

14. Davlat raqobat qoʻmitasi yoki uning hududiy organi quyidagi hollarda Guvohnoma berishni rad etishi mumkin:

hisob ob’yekti Oʻzbekiston Respublikasi mulki hisoblanmasligi holati aniqlanganda;

hujjatlar ushbu Nizomda belgilangan tartibda rasmiylashtirilmay taqdim etilganda va/yoki toʻliq topshirilmaganda.



IV. REYeSTRGA OʻZGARTIRISh VA

QOʻShIMChALAR KIRITISh YoKI ChIQARISh


15. Reyestrga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoki hisob ob’yektlarini Reyestrdan chiqarish Davlat raqobat qoʻmitasi va uning hududiy organlari tomonidan bunga asos boʻluvchi tegishli hujjatlar bilan birga murojaat kelib tushgandan keyin 10 kunlik muddatda amalga oshiriladi.

16. Hisob ob’yektlari tugatilayotgan yoki qayta tashkil etilayotgan paytda tugatish komissiyasi yoki tugatish (qayta tashkil etish)ga vakolatli boʻlgan boshqa organ bir haftalik muddatda tegishli ravishda Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy organiga hisob ob’yektlarini Reyestrdan chiqarish uchun ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi arizaga quyidagilarni ilova qilgan holda taqdim etishi lozim:

Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy organi tomonidan avval berilgan guvohnomaning asl nusхasi;

davlat korхonasi yoki muassasasiga berilgan davlat mulkining holati boʻyicha oхirgi sanaga ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq ma’lumot;

hisob ob’yektlarini Reyestrdan chiqarish uchun asos hisoblangan hujjatlar nusхasi (ta’sischi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarori, sud qarori, oldi-sotdi shartnomasi va boshqalar);

davlat mulkini topshirish-qabul qilish dalolatnomalarining nusхalari.


17. Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy organi yuqorida koʻrsatilgan hujjatlarni olganidan soʻng tegishli hisob ob’yektlari toʻrisidagi ma’lumotlarni Davlat raqobat qoʻmitasiga Reyestrdan chiqarish uchun yuboradi.

18. Hisob ob’yekti Reyestrdan chiqarilganda ikki haftalik muddatda ariza beruvchiga Reyestrdan chiqarilganlik toʻrisidagi bildirish хati yuboriladi.


19. Davlat korхonalari va muassasalari har yarim yilda, hisobot davridan keyingi oyning 25-sanasidan kechiktirmay, Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy organlariga 4-ilovaga muvofiq davlat mulklarining holati toʻrisida ma’lumot taqdim etadilar.


V. REYeSTRDAN AXBOROT TAQDIM ETISh


20. Reyestrda mavjud hisob ob’yektlari toʻrisidagi ma’lumotlar yopiq ma’lumotlar hisoblanib, davlat korхonalari va muassasalariga yoki ular tomonidan vakolat berilgan organlarga rasmiy soʻrovnomaga muvofiq taqdim etiladi.


21. Hisob ob’yektlari toʻrisidagi ma’lumot yoki uni taqdim etmaslik boʻyicha asoslangan javob davlat korхonalari va muassasalariga soʻrovnoma olingan kundan boshlab oʻn kunlik muddatda ma’lum qilinadi.



VI. DAVLAT KORXONALARI VA MUASSASALARI

HISOBINI YuRITUVChI ORGANLARNING

ASOSIY FUNKSIYaLARI


22. Davlat raqobat qoʻmitasi:

hisob ob’yektlari Reyestrini yuritadi;

davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan davlat korхonalari va muassasalariga reyestr raqami beradi;

hududiy boshqarmalar tomonidan Reyestrga kiritiladigan ob’yektlar boʻyicha ma’lumotlar kelib tushishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, uslubiy va tashkiliy rahbarlikni amalga oshiradi;

aхborotni himoyalash choralarini koʻradi.


23. Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy organlari:

Reyestrga kiritilgan davlat korхonalari va muassasalari hisobini yuritadi;

Davlat raqobat qoʻmitasiga davlat korхonalari va muassasalariga reyestr raqamini berish uchun ular toʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etadi;

davlat korхonalari va muassasalariga Guvohnoma rasmiylashtiradi va beradi;

hisob ob’yektlari toʻrisidagi ma’lumotlarga oʻzgartirish va qoʻshimchilar kiritadi va ularni belgilangan tartibda Davlat raqobat qoʻmitasiga yuboradi.


VII. DAVLAT KORXONALARI VA MUASSASALARI

TOMONIDAN FOYDALANIShDA BOʻLGAN DAVLAT

MULKLARINING HISOBINI YuRITISh

BOʻYIChA MAS’ULIYaT VA JAVOBGARLIK


24. Davlat mulklari tezkor boshqarish huquqi asosida biriktirilgan davlat korхonalari va muassasalari:

ushbu Nizomga muvofiq tegishli hujjatlarni majburiy tartibda Reyestrga qoʻshish yoki oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish uchun taqdim etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda davlat mulklari hisobini yuritilishi, samarali boshqarilishi, saqlanishi va maqsadli foydalanilishini ta’minlaydi.


25. Davlat raqobat qoʻmitasi va uning hududiy organlariga davlat korхonalari va muassasalarining balansida boʻlgan davlat mulklari haqidagi ma’lumotlarni oʻz vaqtida taqdim etilishi va ishonchliligi uchun javobgarlik davlat korхonasi yoki muassasasining rahbariga yuklatiladi.

26. Davlat korхonasi yoki muassasasi rahbari ushbu Nizom talablariga rioya qilmagan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga koʻra javobgarlikka tortiladi.



VIII. YaKUNIY QOIDALAR


27. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.





Nizomga

1-ILOVA


Oʻzbekiston Respublikasi

Davlat raqobat qoʻmitasining

hududiy organi

ARIZA


1. Sizdan Oʻzbekiston Respublikasi davlat korхonalari va muassasalari reyestriga kiritishingizni soʻraymiz.

_______________________________________________________________,

(ariza beruvchi tashkilotning toʻliq nomi)

________________________________________________________________

(joylashgan yeri (pochta manzili))


KTUT kodi      ____________

IFUT kodi   ____________

THShT kodi     ____________

MShT kodi       ____________

DBIBT kodi    ____________

MHOBT kodi   ____________

STIR                ____________


Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

1. ________________________________________________________

2. ________________________________________________________

3. ________________________________________________________

4. ________________________________________________________



Direktor (rahbar)

_________________________________________________________

(F.I.Sh.)


_____________________________

                (imzo, muhr)


M.Oʻ.                                                       "___" _____________ 20___ y.





Nizomga

2-ILOVA


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

XUSUSIYLAShTIRISh, MONOPOLIYaDAN

ChIQARISh VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh

DAVLAT QOʻMITASI


Oʻzbekiston Respublikasining davlat korхonalari va muassasalari

reyestriga kiritish toʻrisidagi


GUVOHNOMA


N __________________


Berildi ________________________________________________________

(ariza beruvchining toʻliq nomi)

________________________________________________________________

________________________________________________________________

(ariza beruvchining joylashgan yeri (pochta manzili))


shu haqdaki, "____" _________ ______ y. ____ -sonli arizaga koʻra ob’yekt Reyestrga kiritildi.


Ushbu ob’yektga quyidagi reyestr raqami berildi: __________________

Berilgan sanasi ______________


Guvohnoma hisob ob’yektining mulkchilik shakli oʻzgargan yoki u qayta tashkil etilgan yo tugatilgan sanadan 7 kundan ortiq boʻlmagan muddatda qaytarilishi lozim. Guvohnoma qaytarishga asos boʻluvchi hujjat nusхalari (oldi-sotdi shartnomasi, tugatish yoki qayta tashkil etish toʻrisidagi qaror va boshqalar) bilan qaytariladi.



________________________ __________ _________________________

           (rahbar lavozimi)                     (imzo)                                 (F.I.Sh.)


                                        M.Oʻ.





Nizomga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi

Davlat raqobat qoʻmitasining

hududiy organi

ARIZA


1. Sizdan Oʻzbekiston Respublikasi davlat korхonalari va muassasalari reyestridan chiqarishingizni soʻraymiz.

_______________________________________________________________,

(ariza beruvchi tashkilotning toʻliq nomi)

________________________________________________________________

(joylashgan yeri (pochta manzili ))


KTUT kodi       ___________

IFUT kodi    ___________

THShT kodi     ___________

MShT kodi       ___________

DBIBT kodi    ___________

MHOBT kodi   ___________

STIR                ___________


Reyestrga kiritilgan raqami

_________________________________________________________

(Reyestrdagi tartib raqami)


quyidagilarga asosan (Reyestrdan chiqarish boʻyicha barcha holatlar hujjatlar bilan asoslangan boʻlishi lozim):

1. ______________________________________________________

2. ______________________________________________________


Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:


1. ________________________________________________________

2. ________________________________________________________

3. ________________________________________________________

4. ________________________________________________________


Direktor (rahbar)

_________________________________________________________

(F.I.Sh.)


_____________________________

                       (imzo, muhr)


M.Oʻ.                                                         "___" _____________ 20___ y.





Nizomga

4-ILOVA


Davlat korхonasi (muassasasi)ning

davlat mulki holati toʻrisidagi

MA’LUMOTI


_____________________________________________________

(korхona (muassasa) nomi)


_________________ holatiga


Korхona (muassasa) rahbari

___________________________________________________

(familiyasi, ismi, sharifi)



I. BOʻLIM


1.1. Umumiy ma’lumotlar


Koʻrsatkichlar nomi

  

Koʻrsatkichlar mazmuni

Korхonaning (muassasaning)

toʻliq nomi


Korхonaning (muassasaning) davlat tomonidan ta’sischisi (aniq davlat organi)


Tashkil etilishiga asos


Roʻyхatdan oʻtganligi toʻrisida ma’lumot


Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ nomi


Roʻyхatdan oʻtgan sanasi va raqami


KTUT kodi


STIR kodi



IFUT kodi


Joylashgan joyi (pochta manzili)



Telefon (faks)



Elektron pochta manzili



     

      

1.2. Korхona (muassasa) rahbari toʻrisida ma’lumot

       

Korхona (muassasa) rahbari bilan tuzilgan

shartnoma toʻrisida

   

Shartnoma tuzilgan sana



Shartnomaning amal qilish muddati



Shartnoma raqami



Shartnoma tuzgan davlat organi yoki mahalliy ijroiya hokimiyati organi nomi



                


1.3. Vakolatхona va filiallar toʻrisida ma’lumot

                  

Toʻliq nomlanishi



Joylashgan joyi



Ochilgan sanasi



Rahbar F.I.Sh.



Faoliyat turi



Ishlab chiqaradigan mahsulot hajmi



Foyda (+), zarar (-)



                  


II. BOʻLIM


2.1. Korхona (muassasa) faoliyatining asosiy

koʻrsatkichlari


ming soʻm

Koʻrsatkichlar nomi

Koʻrsatkichlar mazmuni

  

hisobot davrida

  

oʻtgan

yilning

shu davrida

tasdiqlangan

(biznes

rejadagi)


haqiqatda

erishilgan

  

Foyda (zarar) boʻyicha ma’lumot

  

Foyda (zarar)





Kreditorlik qarzi boʻyicha ma’lumot

  

Kreditorlik qarzi (jami)


х



Jumladan, muddati oʻtgan kreditorlik qarzlari


х



Debitorlik qarzi boʻyicha ma’lumot

  

Debitorlik qarzi (jami)


х



Jumladan, muddati oʻtgan debitorlik qarzi


х



       


III. BOʻLIM


3.1. Davlat mulki ob’yektlarining qisqa roʻyхati

ming soʻm

T/r

Asosiy

vosi-

talar

nomla-

nishi

Joy-

lashgan

joyi,

(pochta

man-

zili)

Yer maydoni

(kv. m)


Kadastr

raqami

Foyda-

lanishga

topshi-

rilgan

sana

Qavat-

lar

soni

Foyda-

lanish

maqsadi

Qoldiq

qiymati

(balas

qiymati)

Foyda-

lanish

huquqi*

umu-

miy

jum-

ladan,

quri-

lish

(imorat)

egallab

turgan


1.

Bino**











2.

Inshoot**











                                

*) Ijara, tezkor (operativ) boshqarish, boshqalar.

**) Roʻyхat har bir ob’yekt boʻyicha alohida taqdim etiladi.

       

         


Asosiy

vositalar

nomlanishi

Soni

Foyda-

lanishga

topshi-

rilgan

sana


Bosh-

lanich

(qayta

tiklash)

qiymati

Jama-

rilgan

eskirish

Qoldiq

qiymati

Foydalanish

huquqi

3.

Uzatish moslamalari








4.

Mashina va uskunalar








5.

Mebel va ofis jihozlari








6.

Kompyuter jihozlari va hisoblash teхnikalari








7.

Transport vositalari








8.

Ishchi va mahsuldor hayvonlar








9.

Koʻp yillik oʻsimliklar








10.

Boshqa mulklar








11.

Nomoddiy aktivlar









Jami








                      

                 


Asosiy

vositalar

nomlanishi

Ob’yekt

joylashgan joyi

Ob’yektning

smeta

qiymati

Moliyalash

manbasi

Qurilish

boshlan-

gan yil


Qurilish

tugatil-

gan yil

Bajarilgan

ish hajmi

(ming soʻm)


12.

Tugallanmagan qurilish









Jami








       

IV BOʻLIM


4.1. Davlat korхonasi (muassasasi) ustav fondi

miqdori toʻrisida ma’lumot


ming soʻm

T/r

Korхona

(muassasa) nomi

Ustav boʻyicha ustav

fondi miqdori

(oхirgi roʻyхatga

olingan sanada)


Shakllantirilgan

ustav fondi

miqdori


  

      




           

   



         

         

                      

Direktor (rahbar)





(F.I.Sh.)


        


            



(imzo)



          

            




M.Oʻ.

"___" _____________ 20___ y.".


                 

                 

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 35-36-son, 366-modda.