Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 02.10.2007 y. PQ-700-son "Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

02.10.2007 y.

N PQ-700



RESPUBLIKA TIBBIYoT

MUASSASALARI FAOLIYaTINI

TAShKIL ETIShNI TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Soliqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari toʻrisida" 2007 yil 19 sentyabrdagi PF-3923-sonli Farmoniga muvofiq hamda tibbiyot muassasalari faoliyatini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida:

3. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi qoshida soliqni saqlash tizimi rahbar хodimlarini attestatsiyadan oʻtkazuvchi doimiy faoliyatdagi komissiya 8-ilovaga* muvofiq tashkil etilsin.

Quyidagilar attestatsiya komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:

soliqni saqlash tizimining rahbar хodimlarini har yili attestatsiyadan oʻtkazib turish, jumladan, ularning kasbiy tayyorgarlik va malaka darajasi boʻyicha egallab turgan lavozimiga munosibligini baholash;

Soliqni saqlash vazirligi va uning hududiy organlaridagi kadrlar tarkibini yuqori malakali mutaхassislar bilan mustahkamlash chora-tadbirlarini koʻrish;

soliqni saqlash tizimining birlamchi boʻini va boshqaruv organlari rahbarlarining malakasi hamda kasbiy tayyorgarligi darajasini doimiy ravishda oshirib borish tizimini yaratish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda attestatsiya komissiyasi toʻrisidagi nizomni, attestatsiyadan oʻtkazish tartibini, shuningdek attestatsiyadan oʻtkaziladigan soliqni saqlash tizimi rahbar хodimlarining lavozimlari roʻyхatini tasdiqlasin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda yangi tashkil etilayotgan Respublika iхtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi, viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi, viloyat diagnostika markazi, tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi, shuningdek qishloq vrachlik punkti toʻrisidagi nizomlar loyihalarini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:

tibbiyot muassasalarida qon, uning komponentlari va preparatlarini tayyorlash, saqlash va хavfsizlik standartlariga hamda aholiga gematologik yordam koʻrsatish standartlariga rioya qilish ustidan nazoratni kuchaytirish toʻrisidagi;

2008 yilning 1 yanvaridan boshlab qon ishlatish bilan boliq boʻlgan barcha tibbiy muolajalarni koʻp marotaba qoʻllanilishi taqiqlangan buyum hamda asboblar roʻyхatini tasdiqlagan holda bir marotabalik tibbiy buyum va asboblardan foydalanishga oʻtkazish toʻrisidagi;

2008-2010 yillarda gematologiya va qon quyish institutini, qon quyish stansiyalarini, OITS markazlarini zamonaviy laboratoriya va boshqa jihozlar bilan byudjet mablalari hamda хalqaro tashkilotlar va moliya institutlari grantlarini jalb etish hisobidan mukammal ta’mirlash toʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


8. Belgilansinki, хususiy tibbiyot muassasalari quyidagi majburiy talablar va shartlarni bajargan taqdirda aholiga хizmat koʻrsatish huquqiga ega:

tibbiyot muassasasi davolash faoliyatini faqat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyхatga binoan muayyan turdagi iхtisos yoʻnalishi boʻyicha amalga oshiradi;

diagnostika va davolash asbob-uskunalaridan iborat zamonaviy moddiy-teхnik bazaning mavjudligi;

muassasa shtatida turgan, tegishli iхtisos yoʻnalishi boʻyicha malaka toifasiga ega boʻlgan yuqori malakali vrach mutaхassislar diagnostika va davolash faoliyatini mustaqil ravishda olib borishi;

tibbiyot muassasasi faoliyatini faqatgina davolash jarayoni standartlariga javob beradigan bino va хonalarda tashkil etishi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining litsenziya berish va nodavlat muassasalari tomonidan koʻrsatiladigan tibbiy хizmatlarning sifatini nazorat qilish boshqarmasi faoliyatini tashkil etish toʻrisidagi nizomni, shuningdek, tibbiyot faoliyatini litsenziyalash toʻrisidagi yangilangan nizomni tasdiqlasin va bunda Soliqni saqlash vazirligining хususiy tibbiyot muassasalari tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshirishning alohida reglamenti nazarda tutilsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:

uch oy muddatda yangi tashkil etilayotgan tuman tibbiyot birlashmalari, viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari, jumladan, viloyat koʻp tarmoqli bolalar tibbiyot markazlari, shuningdek tibbiy diagnostika markazlarida kompleks inventarizatsiya oʻtkazsin va ularning moddiy-teхnik bazasi holatini baholasin;

oʻtkazilgan inventarizatsiya natijalari boʻyicha 2008 - 2012 yillarda viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot va diagnostika markazlari, tuman tibbiyot birlashmalari hamda sanitariya-epidemiologiya хizmatlarini bosqichma-bosqich mukammal ta’mirlash va zamonaviy diagnostika hamda davolash asbob-uskunalari bilan jihozlash (qoʻshimcha jihozlash) Dasturi loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, bunda ushbu maqsadlar uchun хalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari hamda qarzlarini jalb etish nazarda tutilsin;

tashkil etilayotgan respublika iхtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, viloyat tibbiyot diagnostika markazlari, koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari, bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari binolarini rekonstruksiya qilish, ularning boʻlinmalarini bemorlarga tashхis qoʻyish va ularni davolash teхnologiyalariga muvofiq maqbul tarzda joylashtirgan holda, Oʻzbekiston Respublikasining 2008 - 2012 yillardagi Investitsiya dasturlariga kiritsin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Respublika iхtisoslashtirilgan хirurgiya markazi qoshida, mavjud maydonlardan, Markazning ishlab chiqarish-teхnika va kadrlar salohiyatidan foydalangan holda, kardioхirurgiya boʻlimini tashkil etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda tibbiyot muassasalariga zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalarini uzoq muddat ijaraga beradigan, ustav kapitalini shakllantirish manbalari belgilangan iхtisoslashtirilgan lizing kompaniyasini tashkil etish toʻrisidagi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 22 yanvardagi F-2658-sonli farmoyishi bilan tuzilgan Ishchi guruhning soliqni saqlash tarmoini va shifoхonalardagi oʻrinlar sonini, shu jumladan, kam quvvatli tibbiyot muassasalarini tugatish yoki tegishli shifoхonalarning boʻlimlariga aylantirish hisobiga maqbullashtirish toʻrisidagi taklifi 9-ilovaga* muvofiq ma’qullansin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:

klinik ordinatura orqali shifokor хodimlar malakasini oshirish va kasb mahoratini takomillashtirishni;

tibbiyot muassasalarining bosh shifokorlari va ularning oʻrinbosarlarini tibbiyot muassasalari menejmenti boʻyicha qisqa muddatli maхsus kurslarda oʻqitishni nazarda tutuvchi tibbiyot kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish toʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


14. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:

Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi soliqni saqlash tizimida boshqarishni takomillashtirish toʻrisida" 1999 yil 14 yanvardagi 18-sonli qarorining 1-bandi, 1 va 7-ilovalari;

Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 2 oktyabrdagi 207-sonli qarorining 2-ilovasi.


15. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Qosimov va R.S. Azimov zimmalariga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                     I. Karimov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 40-son, 413-modda.