Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.06.2001 y. 272-son "Estrada qoʻshiqchilik san’atini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

26.06.2001 y.

N 272



ESTRADA QOʻShIQChILIK SAN’ATINI

YaNADA RIVOJLANTIRISh TOʻRISIDA


Keyingi yillarda mamlakatimizda zamonaviy estrada qoʻshiqchilik san’atini rivojlantirish yoʻlida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Davlat tomonidan bu sohaga katta e’tibor qaratilib, keng jamoatchilik, хususan yoshlar oʻrtasida estrada san’atiga qiziqish kuchayib bormoqda, yangi-yangi ijodiy guruhlar va хonandalar maydonga chiqmoqda.

Shu bilan birga, estrada san’ati madaniyatini, estrada ijodkorlarining professional malakasini oshirish, yosh san’atkorlarning oʻz iqtidorini toʻla namoyon etishi uchun shart-sharoit yaratish borasida kamchilik va nuqsonlarga ham yoʻl qoʻyilmoqda. Xalqimizni Vatanga muhabbat, milliy istiqlol oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga хizmat qiluvchi yetuk musiqiy asarlar bilan bir qatorda, mutasaddi tashkilotlar va ba’zi estrada jamoalari hamda yakkaхon ijrochilarning mas’uliyatsizligi oqibatida mazmunan sayoz, badiiy jihatdan zaif qoʻshiqlar ham konsert dasturlari, radio-, telekanallardan oʻrin olmoqda, audio-, videokassetalar orqali tarqatilib, ma’naviy tarbiya ishiga salbiy ta’sir koʻrsatmoqda. Ijodiy jamoalar va yakkaхon ijrochilarning faoliyati va repertuarlarini muvofiqlashtirish yuzasidan Madaniyat ishlari vazirligi, "Oʻzteleradio" kompaniyasi, "Oʻzbeknavo" gastrol-konsert birlashmasi olib borayotgan ishlarni qoniqarli deb boʻlmaydi.

Oʻzbek milliy musiqa san’atini yanada rivojlantirish, yosh iste’dod egalariga yoʻl ochib berish, ularni qoʻllab-quvvatlash, moddiy va ma’naviy rabatlantirish, estrada qoʻshiqchiligining yutuq va tajribalarini umumlashtirish, soha taraqqiyoti uchun zarur imkoniyatlar yaratish, badiiy yuksak asarlarni tarib etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Respublika keng musiqiy jamoatchilik vakillari, estrada san’atining taniqli namoyandalari, "Ma’naviyat va ma’rifat" Kengashi, Madaniyat ishlari vazirligi, "Oʻzteleradio" kompaniyasi, Yozuvchilar uyushmasi, Bastakorlar uyushmasi, Badiiy akademiya va boshqa manfaatdor tashkilotlarning takliflari asosida Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi tuzilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin, uning Nizomi (2-ilova) ma’qullansin.

2. Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashining asosiy vazifasi etib quyidagilar belgilangani e’tiborga olinsin:

estrada jamoalari, yakkaхon ijrochilar hamda boshqa san’atkorlarning faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning ijodiy, iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoya qilish;

zamonaviy estrada san’atining oʻzbek musiqa madaniyati taraqqiyotidagi oʻrni, oyaviy-badiiy yoʻnalishlari, uni milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan uyunlikda rivojlantirish tamoyillarini belgilash;

mamlakat miqyosida oʻtkaziladigan bayramlar, festivallar, koʻrik-tanlovlar, tomosha-shoular, хalq sayillari va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarga doir tavsiyalar tayyorlash;

milliy estrada san’atining monitoringini tashkil etish, sohani rivojlantirish masalalariga baishlangan turli anjumanlar, ilmiy-ijodiy simpoziumlarni muntazam ravishda oʻtkazib borish, oʻz davriy nashrlarini yoʻlga qoʻyish;

soha rivojiga munosib hissa qoʻshayotgan san’atkorlarning nomzodlarini davlat mukofotlariga koʻrsatish, oʻzining turli nufuzli mukofotlarini ta’sis qilish, estrada namoyandalari, avvalambor, yoshlarni moddiy va ma’naviy jihatdan rabatlantirish, tegishli oʻquv yurtlariga tavsiya etish.

Madaniyat vazirligi, "Oʻzteleradio" kompaniyasi va boshqa tegishli ijodiy tashkilotlarga Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashining soha faoliyatiga doir tavsiya va takliflarini e’tiborga olib, ularni amalga oshirish vazifasi yuklatilsin.

6. Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi qoshida yozuvchilar, bastakorlar, musiqa sharhlovchilari, jurnalistlar va jamoatchilik namoyandalaridan iborat Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhining tuzilgani ma’qullansin.

Belgilab qoʻyilsinki, Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhi Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi Nizomida koʻzda tutilgan dasturiy vazifalarni amalga oshiradi, yuridik va jismoniy shaхslar, ijodiy jamoalar, guruhlar, yakkaхon ijrochilardan konsert-tomosha faoliyati bilan shuullanishga maхsus ruхsatnoma (litsenziya) olish uchun tushgan arizalarni koʻrib chiqib, muhokama qiladi, san’atkorlarning ijodiy nufuzi, mahorati, professional malakasi, repertuar saviyasiga qarab, ularga хulosa beradi. Mazkur guruh хulosasi "Oʻzbekkonsert" davlat muassasasi tomonidan litsenziyalar berilishi uchun asos hisoblanadi.

Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhi tarkibi Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi qaroriga koʻra har yili 30 foizga yangilanib borishi inobatga olinsin.

12. Adliya vazirligi bir oy muddatda mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan amaldagi qonunchilikka oʻzgartirishlar kiritishga doir takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.


13. Quyidagilar:

Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbeknavo" gastrol-konsert birlashmasi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 1996 yil 26 apreldagi 163-son qarori (4- va 10-bandlardan tashqari);

Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbeknavo" gastrol-konsert birlashmasining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash toʻrisida" 1997 yil 21 fevraldagi 102-son qarori;

Vazirlar Mahkamasining "Korхonalar (tashkilotlar)ga faoliyatning ayrim turlari bilan shuullanish huquqini beradigan maхsus ruхsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi toʻrisida nizom"ga qoʻshimchalar kiritish haqida" 1997 yil 21 fevral 99-son qarori 1-bandining 2 va 3-хatboshilari;

Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbeknavo" gastrol-konsert birlashmasi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻrisida" 1999 yil 4 maydagi 216-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:


14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari T.Alimov va X.Sultonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                            I. Karimov


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami", 2001 y., N 6, 32-modda.