Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining M-42-son, Moliya vazirligining 97-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 10 iyuldagi PF-3889-sonli "2007 yilning 1 avgustidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida"gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartish kiritish haqida"gi 26.10.2007 y. Qarori (AV tomonidan 29.10.2007 y. 1699-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

29.10.2007 y.

N 1699-1

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY

MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGINING

26.10.2007 y.

N M-42


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

26.10.2007 y.

N 97


QARORI



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

2007 yil 10 iyuldagi PF-3889-sonli "2007 yilning

1 avgustidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va

ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻrisida"gi

Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi

toʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartish kiritish haqida


(2007 yil 8 noyabrdan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 17 sentyabrdagi PF-3921-sonli "Pensionerlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish borasidagi chora-tadbirlar toʻrisida"gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida QAROR QILAMIZ:


1. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2007 yil 19 iyuldagi M-37 va 74 sonli, "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 10 iyuldagi PF-3889-sonli "2007 yilning 1 avgustidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻrisida"gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻrisidagi yoʻriqnoma"ga (2007 yil 23 iyul, roʻyхat raqami 1699 - Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari toʻplami, 2007 yil, 29-30-son, 314-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartish kiritilsin.


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiritilsin.



Mehnat va aholini ijtimoiy

muhofaza qilish vaziri v.b.                                                 A. Xaitov



Moliya vaziri                                                                        R. Azimov





Qarorga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

2007 yil 10 iyuldagi PF-3889-sonli "2007 yilning

1 avgustidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar

va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻrisida"gi

Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi

toʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan

OʻZGARTISh


1. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2. 2007 yilning 1 oktyabridan pensiyani hisob-kitob qilish uchun eng kam ish haqining sakkiz baravaridan ortiq boʻlmagan oʻrtacha oylik ish haqi inobatga olinadi (15525 soʻm х 8 = 124200 soʻm)".


2. 6-bandning ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2007 yilning 1 oktyabridan yangi oʻrtacha oylik ish haqi miqdori eng kam oylik ish haqi miqdorining sakkiz hissasi bilan chegaralanadi (124200 soʻm)".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 44-son, 447-modda.