Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 23.10.2007 y. PF-3931-sonli "Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida"gi Farmoni asosida pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisida Yoʻriqnoma (AV tomonidan 06.11.2007 y. 1736-son bilan roʻyхatga olingan MAIMQV 05.11.2007 y. M-43-son va MV 99-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2007 yil 6 noyabrda 1736-son

bilan roʻyхatga olingan

Mehnat va aholini ijtimoiy

muhofaza qilish vazirligi,

Moliya vazirligining

2007 yil 5 noyabrdagi

M-43, 99-sonli qarori bilan

TASDIQLANGAN



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

2007 yil 23 oktyabrdagi PF-3931-sonli “Ish haqi,

pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar

miqdorini oshirish toʻrisida"gi Farmoni asosida

pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻrisida

YOʻRIQNOMA


Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 23 oktyabrdagi PF-3931-sonli "Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻrisida"gi Farmonining 4-bandiga binoan pensiya va ijtimoiy nafaqalarni qayta hisoblash tartibini belgilaydi.


1. Koʻrsatib oʻtilgan Farmonga muvofiq 2007 yilning 16 noyabridan quyidagilarning eng kam miqdorlari belgilanadi:

a) eng kam ish haqi - oyiga 18630 soʻm;

b) yoshga doir pensiyalar - oyiga 36900 soʻm;

v) bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa - oyiga 36900 soʻm;

g) zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa - oyiga 22350 soʻm.


2. Pensiyani hisob-kitob qilish uchun eng kam ish haqining sakkiz baravaridan ortiq boʻlmagan oʻrtacha oylik ish haqi inobatga olinadi (18630 soʻm х 8 = 149040 soʻm).


3. Pensiya qayta hisoblanadigan oʻrtacha oylik ish haqini tenglashtirish uchun, ilovaga muvofiq yillar boʻyicha differensiyalangan yangi tuzatuvchi koeffitsiyentlar oʻrnatiladi.


4. Pensionerning ish haqlari toʻrisida ma’lumotlar boʻlmagan yoki oʻrtacha bir oylik ish haqining tuzatuvchi koeffitsiyent qoʻllanilgandan keyingi yangi miqdori belgilangan eng kam ish haqi miqdori (18630 soʻm)ga yetmasa, pensiyani qayta hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi:

yoshga doir pensiyalar, I va II-guruh nogironlik pensiyalari, shuningdek, chin yetimlarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun tayanch miqdorlar oyiga 36900 soʻm, III-guruh nogironlik va boquvchilaridan birini yoʻqotgan oilalarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun oilaning mehnatga layoqatsiz har bir a’zosi uchun 18450 soʻm miqdorida belgilanadi;

talab etiladiganidan ortiqcha ish staji uchun pensiyalar miqdorini oshirish yangi eng kam ish haqidan kelib chiqib belgilanadi (toʻliq pensiya tayinlashda talab etiladiganidan ortiqcha ish stajining har bir toʻliq yili uchun yoshga doir hamda I va II-guruh nogironlik pensiyalari uchun 1 foiz, III-guruh nogironlik va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun 0,5 foiz).


5. Yangi oʻrtacha oylik ish haqining miqdori 18630 soʻmdan 67090 soʻm 91 tiyingacha (III-guruh nogironlik pensiyasi va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi uchun 61500 soʻm) boʻlgan miqdorni tashkil etgan hollarda pensiyalarni qayta hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi:

yoshga doir pensiyalari, I va II-guruh nogironlik pensiyalari, shuningdek, chin yetimlarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun pensiyaning tayanch miqdori oyiga 36900 soʻm miqdorda, III-guruh nogironlik pensiyalari va boquvchilaridan birini yoʻqotgan oilalarga boquvchisini yuqotganlik pensiyalari uchun oilaning mehnatga layoqatsiz har bir a’zosi uchun 18450 soʻm miqdorida belgilanadi;

talab etiladiganidan ortiqcha ish staji uchun pensiyalar miqdorini oshirish yangi oʻrtacha oylik ish haqidan kelib chiqib belgilanadi (toʻliq pensiya tayinlashda talab etiladiganidan ortiqcha ish stajining har bir toʻliq yili uchun yoshga doir pensiyalar hamda I va II-guruh nogironlik pensiyalari uchun 1 foiz, III-guruh nogironlik va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun 0,5 foiz).


6. Pensionerlar boshqa toifalarining pensiyalarini qayta hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi:

yangi oʻrtacha oylik ish haqi miqdori eng kam oylik ish haqi miqdorining sakkiz hissasi bilan chegaralanadi (149040 soʻm);

olingan oʻrtacha oylik ish haqi, ish stajiga boliq ravishda pensiyalarni hisoblash uchun qabul qilingan foizlarga koʻpaytiriladi.


7. Barcha hollarda pensiyalarga ustama eng kam oylik ish haqidan (18630 soʻm) kelib chiqib aniqlanadi.





Yoʻriqnomaga

ILOVA

Pensiyalarni qayta hisoblashda oʻrtacha oylik ish haqini

tenglashtirish uchun qoʻllaniladigan tuzatuvchi

KOEFFITsIYeNTLAR

Davrlar

Koeff.

Davrlar

Koeff.

1971 yilga qadar

776,7870

1994 yil 1 yanvardan

0,9630

1971 yil

757,0230

1994 yil 1 martdan

0,5776

1972 yil

738,2190

1994 yil 1 iyundan

0,3856

1973 yil

714,6060

1994 yil 1 iyuldan

381,6886

1974 yil

666,6690

1994 yil 1 avgustdan

312,8970

1975 yil

652,0396

1994 yil 1 sentyabrdan

272,0190

1976 yil

638,0490

1994 yil 1 noyabrdan

211,0590

1977 yil

620,3400

1995 yil 1 yanvardan

211,0590

1978 yil

599,4826

1995 yil 1 martdan

106,8436

1979 yil

587,6760

1995 yil 1 sentyabrdan

82,2676

1980 yil

572,5966

1996 yil 1 yanvardan

82,2676

1981 yil

561,8160

1996 yil 1 apreldan

61,1550

1982 yil

561,7516

1996 yil 1 sentyabrdan

42,6750

1983 yil

551,4196

1997 yil 1 yanvardan

42,6750

1984 yil

551,3566

1997 yil 1 iyuldan

29,7120

1985 yil

544,6816

1998 yil 1 yanvardan

29,7120

1986 yil

538,1370

1998 yil 1 iyuldan

21,6270

1987 yil

525,4306

1999 yil 1 yanvardan

17,7120

1988 yil

490,8420

1999 yil 1 avgustdan

13,7970

1989 yil

460,4250

2000 yil 1 avgustdan

8,9850

1990 yil

415,5060

2001 yil 1 avgustdan

6,4186

1991 yil

286,7146

2002 yil 1 apreldan

5,5816

1992 yil 1 yanvardan

84,7710

2002 yil 1 avgustdan

4,8526

1992 yil 1 iyuldan

39,6570

2003 yil 1 maydan

4,0440

1992 yil 1 oktyabrdan

19,0606

2004 yil 1 avgustdan

3,1110

1993 yil 1 yanvardan

14,0550

2005 yil 1 maydan

2,5920

1993 yil 1 apreldan

10,0770

2005 yil 1 oktyabrdan

2,1600

1993 yil 1 iyundan

4,3006

2006 yil 1 iyuldan

1,8000

1993 yil 1 iyuldan

2,7616

2006 yil 1 noyabrdan

1,5000

1993 yil 1 sentyabrdan

2,1180

2007 yil 1 avgustdan

1,2000

1993 yil 1 noyabrdan

1,2856

2007 yil 1 noyabrdan

1,1000

2007 yil 1 dekabrdan

1,0000


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 45-son, 455-modda.