Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 06.05.1993 y. 834-XII-son "Sugʻurta toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY KENGAShINING

QARORI

06.05.1993 y.

N 834-XII



"SUURTA TOʻRISIDA"GI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI

AMALGA KIRITISh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi QAROR QILADI:


1. "Suurta toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni e’lon qilingan vaqtdan boshlab amalga kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch oylik muddat ichida:

suurta tashkilotlari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish vakolati berilgan boshqaruv organini tashkil etsin;

majburiy suurtani tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilasin;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini "Suurta toʻrisida"gi Qonunga muvofiqlashtirishga doir takliflarni belgilangan tartibda taqdim etsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini mazkur Qonunga muvofiqlashtirsin;

Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralarining mazkur Qonunga zid keladigan me’yoriy hujjatlari qayta koʻrib chiqilishi va bekor qilinishini ta’minlasin.


3. Pulning qadrsizlanishini hisobga olgan holda suurta faoliyatini va qayta suurta qilishni amalga oshirish boʻyicha ustav fondining eng kam miqdorini belgilash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga topshirilsin.


4. Belgilab qoʻyilsinki, "Suurta toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kiritilishiga qadar yuzaga kelgan suurta munosabatlari tuzilgan shartnomalarning talablariga muvofiq amal qiladi.



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Kengashining Raisi                                                    Sh. Yoʻldoshev