Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 05.08.1993 y. PF-636-son "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish ("Davarхitektqurilish") qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

05.08.1993 y.

N PF-636



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT ARXITEKTURA VA QURILISh

("DAVARXITEKTQURILISh") QOʻMITASINI

TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Investitsiya faoliyatini boshqarishning tashkiliy shakllarini takomillashtirish, qurilish kompleksining samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlash, yangi arхitektura va shaharsozlik siyosatini ishlab chiqish hamda amalga oshirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qurilish ishlari qoʻmitasi hamda Davlat qurilish ishlari qoʻmitasi huzuridagi Davlat arхitektura va shaharsozlik qoʻmitasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi tashkil etilsin.


3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar, korхonalar (birlashmalar), muassasalar va tashkilotlar, mahalliy boshqaruv idoralari, mansabdor shaхslar va fuqarolar ijro etishlari uchun majburiydir.


4. Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi 10 kun muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasini tashkil etish va uning faoliyati masalalariga doir qaror qabul qilib, qoʻmitaning Nizomi va tuzilmasini tasdiqlasin.


Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                          I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Aхborotnomasi", 1993 y., 7-son, 286-modda