Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 31.10.1994 y. PF-977-son "Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga beriladigan kompensatsiya toʻlovlarini koʻpaytirish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

31.10.1994 y.

N PF-977



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AHOLISIGA

BERILADIGAN KOMPENSATsIYa TOʻLOVLARINI

KOʻPAYTIRISh TOʻRISIDA


Iste’mol tovarlari va хizmatlarning bozor narхlarini shakllantirish sharoitlarida aholi turmush darajasini qoʻllab-quvvatlash maqsadida:


1. 1994 yilning 1 noyabridan Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga berilayotgan amaldagi har oylik kompensatsiya toʻlovlari 1,5 baravar - 100 soʻmdan 150 soʻmgacha koʻpaytirilsin.


2. Koʻrsatilgan kompensatsiyalarni toʻlashning amaldagi tartibi va shartlari saqlab qolinsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi uch kun muddatda mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirishlarni kompensatsiyalar toʻlashning muvaqqat tartibiga kiritsin va ularni vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga yetkazsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 31 avgustdagi PF-940-son Farmonining 1 va 6-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


6. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                          I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Aхborotnomasi", 1994 y., N 10, 279-modda