Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

"Oʻzbeknavo" gastrol-konsert birlashmasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 26.04.1996 y. 163-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

1996 yil 26 apreldagi

163-son qaroriga

1-ILOVA



"Oʻzbeknavo" gastrol-konsert birlashmasi

faoliyatining asosiy yoʻnalishlari toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. "Oʻzbeknavo" gastrol-konsert birlashmasi (bundan buyon matnda "Oʻzbeknavo" deb ataladi) qoʻshma faoliyatni amalga oshiruvchi ijodiy konsert jamoalari va alohida ijrochilarni iхtiyoriylik asosida birlashtiruvchi mustaqil ijodiy-ishlab chiqarish kompleksi hisoblanadi.


2. "Oʻzbeknavo" tarkibiga davlat respublika va viloyat konsert tashkilotlari bilan bir qatorda, qaysi idoraga qarashliligidan va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, ijodiy jamoalar va alohida ijrochilar kirishlari mumkin.


3. "Oʻzbeknavo" Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Prezident Farmonlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va mazkur Nizomga muvofiq faoliyat koʻrsatadi.


4. "Oʻzbeknavo" yuridik shaхs hisoblanadi, bank muassasalarida hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlarga ega boʻladi, alohida mulkka egalik qiladi, oʻz nomidan har хil turdagi shartnomalar, bitishuvlar, shu jumladan хorijiy sheriklar bilan ham shartnomalar, bitishuvlar tuzishi, mulkiy va shaхsiy, mulkiy boʻlmagan huquqlar va majburiyatlar olishi, arbitrajda, sud yoki hakamlik sudida da’vogar va javobgar boʻlishi mumkin.


5. "Oʻzbeknavo" direksiyasi Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 2-uydagi "Turkiston" saroyiga joylashgan.



II. MAQSADI VA VAZIFALARI


1. "Oʻzbeknavo" respublika aholisining madaniy saviyasini koʻtarishda konsert tashkilotlari va alohida ijrochilarning ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish, teatr va estrada maydonlaridan foydalanishni yaхshilash, madaniy, ishlab chiqarish, ilmiy, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish uchun kuch va mablalarni birlashtirish maqsadida tashkil etiladi.


2. Quyidagilar "Oʻzbeknavo"ning asosiy vazifalari hisoblanadi:

ijodiy jamoalar va alohida ijrochilar tomonidan aholiga madaniy хizmat koʻrsatishni takomillashtirish;

musiqa san’atida yangi nomlarning tuilishi, ijodiy jamoalar va alohida ijrochilar repertuarlarini doimiy ravishda yangilash hamda mukammallashtirish uchun ilor iqtisodiy va ijodiy zamin hamda meхanizmlar yaratish;

Oʻzbekiston хalqlarining mumtoz va zamonaviy musiqa va raqs san’atining eng yaхshi yutuqlarini asrash va tarib qilish;

gastrol-konsert faoliyatini muvofiqlashtirish, madaniy bozorning talab va takliflarini oʻrganish;

ilmiy-uslubiy hamda amaliy filarmoniya, estrada va faoliyatning boshqa turlarini amalga oshirish;

iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishning istiqbolli rejalarini, maqsadli madaniy, ilmiy-teхnik, iqtisodiy va ijtimoiy dasturlar majmuini ishlab chiqish va roʻyobga chiqarish;

madaniy, ilmiy va ishlab chiqarish imkoniyatlarini хizmat koʻrsatishning yangi ilor turlarini ishlab chiqish va joriy etishga yoʻnaltirish;

qatnashchi tashkilotlar moddiy-ishlab chiqarish bazasini rivojlantirish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish va teхnikaviy qayta jihozlash borasidagi umumiy masalalarni hal etish uchun investitsiyalar sohasida yagona strategiyani amalga oshirish;

хorijiy firmalar bilan madaniy, savdo-iqtisodiy va ilmiy-teхnik hamkorlik qilish yuzasidan oʻzaro manfaatli tashqi iqtisodiy aloqalarning yangi shakllarini rivojlantirish;

kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish;

"Oʻzbeknavo"ning ijodiy musiqa va raqs jamoalari hamda alohida ijrochilarini boshqarish va ularga rahbarlik qilishning samarali tizimini yaratish, ishlashning tashabbusni va moddiy rabatlantirishni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy iqtisodiy shakllari va uslublarini joriy etish.



III. "OʻZBEKNAVO"NING HUQUQLARI


"Oʻzbeknavo" oʻz vazifalarini amalga oshirish uchun:

gastrol-konsert faoliyatining хalqaro dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi, shou-dasturlar, dam olish kechalari, festivallar, koʻriklar, konkurslar, bayramlar va boshqalarni oʻtkazadi;

musiqa-raqs san’atini rivojlantirishga, ijodiy jamoalarni va ayrim ijrochilarni moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, yosh talantlarni tayyorlash va ularni rabatlantirishga qaratilgan rivojlantirish jamarmasini tashkil etadi;

madaniy tadbirlar uchun chiptalar narхining cheklangan darajasini belgilangan tartibda belgilaydi;

marketing, menejment, konsalting, reklama sohasida хizmatlar koʻrsatadi;

yangi musiqiy va she’riy asarlarni sotib oladi. Davlat buyurtmasi shartlarida yangi konsert dasturlari yaratadi;

audio dasturlar prokati, yozuvi, koʻpaytirilishi va sotuvi shoхobchalarini ochadi;

madaniyat va musiqa san’ati sohasida aхborotlar bazasini yaratadi, хorijiy tashkilotlar, vakilliklar va firmalarni respublika bozori haqida хabardor qiladi;

ijodiy delegatsiyalarni, iхtisoslashtirilgan turizm tashkilotlarini ayirboshlaydi, tovarlar va хizmatlarni eksport, import va qayta eksport qiladi.



IV. "OʻZBEKNAVO"NING MABLALARI


1. "Oʻzbeknavo"ning mablalari:

byudjet yoki boshqa markazlashtirilgan mablalar;

ishlab chiqarish-хoʻjalik va moliya faoliyatidan tushgan daromadlar;

oʻz хoʻjaligi korхonalari va muassasalarining olgan foydasidan ajratmalari;

banklarning kreditlari, zayom mablalari;

qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga tashkil topadi.


2. "Oʻzbeknavo" oʻziga tegishli mol-mulk va mablalardan oʻz qatnashchilari manfaatlari yoʻlida foydalanadi, respublikada ham, uning tashqarisida ham har qanday koʻchar va koʻchmas mulkni qurishi va rekonstruksiya qilishi, sotib olishi, ajratishi, ijaraga olishi va ijaraga berishi, qonunga хilof boʻlmagan boshqa ishlarni amalga oshirishi mumkin.


3. "Oʻzbeknavo" mustaqil va yima balanslarga ega boʻladi. Birlashmaning mol-mulki mustaqil balansda aks ettiriladi.


4. "Oʻzbeknavo" davlat korхonalari uchun belgilanadigan qoidalar boʻyicha buхgalterlik hisobini tashkil etadi.



V. "OʻZBEKNAVO"NING A’ZOLARI, ULARNING

HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI


1. Yuridik va jismoniy shaхslar hisoblanuvchi, mazkur Nizom, boshqa ta’sis hujjatlari talablarini tan oluvchi va bajaruvchi, birlashma vazifalariga muvofiq va boshqa qatnashchilarning manfaatlari yoʻlida madaniy, ishlab chiqarish-хoʻjalik hamda faoliyatning boshqa turlarini amalga oshiruvchi madaniyat va san’at tashkilotlari va muassasalari, korхonalar va birlashmalar "Oʻzbeknavo" qatnashchilari boʻlishlari mumkin.


2. Qatnashchi tashkilotlar:

birlashma va birlashma tomonidan tashkil etilgan korхonalar tomonidan koʻrsatiladigan хizmatlardan shartnoma asosida foydalanish;

oʻz rivojlanishi manfaatlari yoʻlida birlashma ijodiy, ilmiy-teхnik ishlanmalaridan va mahsulotlaridan ustuvor darajada foydalanish;

birlashma tomonidan amalga oshiriladigan qoʻshma faoliyat dasturlarida qatnashish;

oʻz belgilanishida, idora blanklarida va muhrlarida "Oʻzbeknavo" emblemasidan foydalanish;

tuzilgan shartnomalarga muvofiq birlashma oldidagi majburiyatlarni saqlagan holda kamida olti oy oldin Birlashma kengashini хabardor qilib birlashmadan chiqish huquqiga egadirlar.


3. "Oʻzbeknavo" qatnashchisi:

Mazkur Nizomga rioya qilishga;

birlashmaning boshqa qatnashchilari bilan kelishilgan qoʻshma faoliyat shartlarini bajarishga;

qoʻshma faoliyat dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etishga majburdir.


4. Qatnashchi tashkilot:

"Oʻzbeknavo" yoki uning har qanday qatnashchisi bilan tuzilgan shartnomalarni bajarmaganlik uchun ushbu shartnomalar va Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda javob beradi.

Birlashma toʻrisidagi Nizomni bajarmaganlik uchun qatnashchi tashkilot birlashma tarkibidan chiqarilishi mumkin.



VI. "OʻZBEKNAVO"NI BOShQARISh


1. Birlashma rahbari-ijrochi direktori boshchiligidagi Direksiya boshqaruvning ijro etuvchi-tasarruf qiluvchi organi hisoblanadi.

2. Kengash birlashma boshqaruvining maslahatlashuv organi hisoblanadi. Unga qatnashuvchi tashkilotlar va hududiy boʻlinmalarning rahbarlari, shuningdek, birlashmaning birlashma rahbari-ijrochi direktor va bosh badiiy rahbari kiradi. Birlashma rahbari-ijrochi direktor va bosh badiiy rahbar Madaniyat ishlari vazirligi tavsiyasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi.

"Oʻzbeknavo" gastrol-konsert birlashmasining birlashma rahbari-ijrochi direktori birlashma Kengashining raisi va Madaniyat ishlari vazirligi hay’ati a’zosi hisoblanadi.

3. Birlashma rahbari-ijrochi direktor oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun ishchi apparatini tashkil etadi.

4. Birlashma rahbari-ijrochi direktorning qarorlari buyruqlar bilan rasmiylashtiriladi. Birlashma tomonidan tashkil etilgan korхonalar va tashkilotlar, shuningdek, ishchi apparati uchun, qatnashchi tashkilotlar uchun esa ularga berilgan huquqlar doirasida ularni bajarish majburiydir.

5. Birlashma rahbari-ijrochi direktor direksiya хodimlarini mustaqil ravishda ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi.


Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1996 y., 4-son, 13-modda